34
o’tmaslangan cho’qqili maolum burchak ostida pona shakliga ega bo’ladi (10-
rasm).
O’simtaning o’lchamlari
va shakli kesish sharoitiga
bog’liq bo’ladi. U maolum
geometrik
o’lchamlarga
ega bo’lgan
hajmda hosil
bo’lishi,
shaklini
o’zgartirishi va butunlay
yo’qolib ketishi mumkin.
O’simta aksariyat hollarda
keskich,
freza
va
parmalarda hosil bo’lishi mumkin.
Rus olimi YA.G.Usachev birinchi bo’lib o’simta hosil bo’lish jarayonini
fizik nuqtai nazardanchuqur tekshirib quyidagi xulosaga keldi: o’simta-
deformatsiyalangan metall turg’unligidir. Olimlarning keyingi izlanishlari bu
xulosani tasdiqlab berdi.
O’simta yuqori bosim va harorat hamda katta ishqalanish kuchlari ta’sirida
hosil bo’ladi. O’simtaning tarkibi ishlov berilayotgan
material va qirindi
tarkibidan keskin farq qiladi.
O’simtaning
qattiqligi ishlov berilayotgan materialning dastlabki
qattiqligidan 2-3 marta katta bo’ladi, bu o’simtaga shu metalni kesish imkonini
beradi. O’simta hosil bo’lishi bilan oldingi yuzaning shakli o’zgaradi, xaqiqiy
oldingi burchak kattalashadi, bu ishlov berishda plastik
deformatsiya darajasini
kamayishiga yordam beradi, issiqlik hosil bo’lishini pasaytiradi. Kesish kuchi va
quvvati kamayadi, qirindining o’simta bo’yicha sirpanishi natijasida ishqalanish
kuchlari kamayadi.
YUqori qattiqligiga qaramasdan, o’simta tanasi vaqti-vaqti bilan to’laligicha
yoki qisman emiraladi va uni hosil bo’lish jarayoni takrorlanadi. O’simtaning
zarrachalari ishlov berilgan yuza bilan birikib ketadi. O’simtaning
davriy hosil
10-rasm. O’simta hosil bo’lish chizmasi
35
bo’lish va emirilishi qirindi hosil bo’lish jarayonining barqororligiga ta’sir
o’tkazadi. O’simtaning kattaligi va uning smirilish chastotasi kesish maromiga
bog’liq bo’ladi. O’simta po’latlarga ishlov berishida 0,1 dan 1,5 m/sek gacha
bo’lgan tezliklar oraliida kuzatiladi.
O’simta 0,4 - 0,5 m/sek tezlikda maksimal kattalikka erishadi. Kichik
tezliklar oldingi yuzada harorat va ishqalanish kuchlari katta bo’lmasa o’simta
hosil bo’lmaydi. Xuddi shuningdek katta tezliklarda ham o’simta hosil bo’lmaydi,
chunki harorat yuqori bo’lib, ishqalanish kuchi kamayadi va metall juda plastik
bo’lib qoladi.
O’simta ishlov berilgan yuzada notekisliklarni hosil bo’lishiga ta’sir etadi,
o’simtaning emirilgan qismlari yuza adir-budirligini oshiradi. SHuning uchun toza
ishlov berishda o’simtaning hosil bo’lishi - o’rinsiz xodisadir.
Ikkinchi tomondan o’simta oldingi yuzani va kesuvchi qirrani emirilishini
ximoya qiladi, bu kesuvchi asbobninig ishlash vaqtini oshiradi. SHuning uchun
qora
ishlov berishda, ishlov berilgan yuza tozaligi ahamiyatga ega bo’lmasa,
o’simtani hosil bo’lishi o’rinli hisoblanadi.
O’simta to’xtab-to’xtab kesishda, hosil bo’lishga ulgurmaydi,shuningdek, mo’rt
metallarni, masalan kul rang cho’yanni kesishda elementli va siniq qirindi hosil
bo’lganda ham paydo bo’ladi. O’simtani hosil bo’lishni bartaraf etish mumkin:
buning uchun kesuvchi asbobni puxta charxlab, oldingi
burchakni kattalashtirish
kerak.
O’simtani bartaraf etish uchun haroratni va ishqalanish kuchlarini
pasaytiruvchi sovutish-moylash suyuqliklarini qullash zarur. Kesish zonasini
su’niy yo’l bilan sovutilsa ham bo’ladi.
YUmshoq va o’rta qattiqlikdagi konstruksion po’latlarni, juda kichik qalinlikda (
a=0,004-0,060 mm ) V=0,15-5 m/sek tezlik va t=0,1-1mm chuqurliklar kesib
ishlansa turg’un o’simta hosil bo’ladi. Uning barqororligi quyidagicha
tushuntiriladi: kesish kuchi juda ham kichik bo’ladi shuning uchun oldingi yuzadan
o’simtani surib yuborishga etmaydi: Bunda o’simta
aniq ifodalangan arrasimon
shaklga ega bo’lib, kesish tezligiga bog’liq holda o’simtaning oldingi burchagi
36
=22
0
dan
=37
0
gacha bo’lgan chegarada o’zgaradi. O’simtaning orqa burchagi
esa nolga teng bo’ladi.
O’simta cho’qqisining yumaloqlanish radiusi kesuvchi asbobning kesuvchi
qirrasining yumaloqlanish radiusi bilan o’lchovdoshdir /
x
=8-15 mkm /. Kesish
jarayonida o’simtaning yumaloqlanish radiusini o’zgarmasligiga erishilsa, o’simta
kesuvchi pona singari kesuvchi asboblarga nisbatan eng yaxshi kesish
xususiyatlariga ega ekanligini taokidlash mumkin.
Bu kesilayotgan qatlamning
juda kichik qalinlikda kesish uchun sharoit yaratadi. Bu holda ishlov berilgan
yuzaning adir budirligi R
a
=2,5...1,25MKM bo’ladi, odatda yarim toza va toza
yo’nalishida hosil bo’ladi.
Po’latlarni kichik tezlikda kesib ishlashda o’simta har doim ham yo’q
bo’lmaydi. O’simta kesilayotgan qatlamning kichik qalinligida ( a<0,15 mm )
juda kichik bo’lgan kesish tezligida (V=0,015 m/cek) hosil bo’lishi mumkin.
SHuningdek, kulrang cho’yanni kesishda ham o’simta hosil bo’lishi kuzatiladi
11
.
Do'stlaringiz bilan baham: