8-MAVZU: DORIVOR DARAXT VA BUTALARDA URUG’
XOSILDORLIGINI XISOBGA OLISH USULLARI
REJA:
1.
Daraxtlar hosildorligi.
2.
Daraxt va butalarning hosildorligiga tashqi muhit ta’siri.
3.
Daraxtzorlarning meva hosil berishi.
51
Daraxtlar hosildorligi. Daraxt turlarining hosil berishi ularning biologik
xususiyatiga va tashqi sharoit muhitiga bog’liq. Biologik omillarga daraxt yoshi
va genogip kiradi.
Daraxt va butalar belgilangan rivojlanish bosqichiga etganda har xil
muddatda meva hosil beradi. Reproduktiv xususiyati ya’ni takror hosil berib
borish qobiliyati balog’atga etgan bosqichdan, qachonki o’simlik ko’proq
konstantlashgan va o’sish joy sharoitining o’zgaruvchanligiga kamroq
beriluvchan bo’lganda boshlanadi. Ma’lumki o’simlik faqat yoshligida o’zining
tuzilishida o’zgarish qobiliyatiga ega. Bu xolatda ular yangi muxitga
moslashadi, u urug’ini unib chiqqan kunidan boshlanadi va balag’atga etganda
yo’qaladi.
Daraxt va butalarning meva hosilga kirishi nafaqat ularning yoshiga
bog’liq, balki xayotning ko’p boshqa sharoitlariga, avvalom bor oziqlanish
sharoitiga bog’liqdir.Erkin holatda o’sayotgan va o’rmon chetida daraxtlarning
keng tarqalgan ildizi va shox shabbalari yaxshi tuproq ozuqa, yorug’likga
(fotosintezi) ega. Bunday daraxtlar o’rmonda o’sgan daraxtlar va butalarga
nisbatan erta meva hosiliga kiradi (1-chi jadval).
1 chi jadval.
Daraxtlarning meva hosil berishining boshlanish muddatlari, yosh.
Daraxt turi
Erkin
o’sayotgan
daraxtlarda
Madaniy
o’rmonlardagi
daraxtlarda
Eman
10-15
20-30
Qarag’ay
7-10
20-30
Oq qayin
10-15
20-25
Qoraqaraag’ay
15-20
30-50
Bargli shumtol
10-75
20-30
Oq akas
5-7
10-15
Tilagoch
25-35
60-80
Daraxt va butallarning meva xosil berishi genetik faktorlar va ushbu
individiumning antogenezi bilan aniqlanadi .Ko’pchilik daraxt turlarida hosilga
kirgan katta yoshdagi daraxtlar xar yili xam gulkurtak (generativ) hosil
qilmaydi, shuning uchun xam ba’zi bir daraxt turlari xar yili yaxshi xosil beradi,
boshqalari 1-2 yil o’tib, bozi hollarda bir necha yillab urug’ hosil qilmaydi.
Ayrim daraxt turlari har yili meva xosili beradi, lekin bir maromda emas: bir yili
ko’p ikkinchi yillar kamroq hosil beradi .Mo’l hosil beradigan yillar- urugli yil
deb ataladi. Ko’pchilik daraxt turlarida urug’li yil har xil muddatlar oraliqlarida
52
hosil bo’ladi.Daraxtlarning urug’li yiliga kirishidagi belgilangan katiy muddat
yo’q.Bu ob-havo sharoitiga va ko’p boshqa omillarda bog’lik. Ko’pchilik daraxt
turlarida mevali kurtak joriy yil vegitastiya dovrida hosil bo’ladi, .kelgusi yili
gullaydi va urug’ shakllanadi.urug’ning shakllanishi bir yildan ko’proq
muddatni o’z ichiga oladi.Serhosil urug’li yillarning oraliq muddatlarida yaxshi
o’rta va sust xosilli yillari bo’ladi.
Jadval 2
Ayrim daraxt turlarining hosildorligi
O’zbekiston tabiiy va suniy pistozorlarda yaxshi va o’rtacha xosil 1-2-3
yillarda takroriy kutiladi. Lekin, hosildorligining kattalik jixatidan farqi
axamiyatlidir Pista serxosilligi 40 yillarida uch marotaba takrorlanishi mumkin
.Oddiy shumtol ko’pchilik hollarda ikkinchi yiliga serxosil meva beradi .Tol,.
terak, qorag’och, oq akastiya,.zarang xar yili serxosil meva beradi.Erkin xolda
o’saetgan va siyrak daraxtzorlardagi daraxtlar har yili yaxshi gullaydi va bir
tekis hosil beradi. Qalin va shox shabbalari tutashgan daraxt zorlarda bu
ko’rsatkich juda past.Masalan: .shox - shabbalari tutashgap kalin Samarkand
viloyatining Saraykurgon o’rmon xo’jaligidagi pistazorlar deyarli hosil
bermaydi.
Meva hosil berish davriyligi -bu serhosil meva shakllanishida plastik
moddalar zapasining katta mikdori sarflanishi bilan boglik bo’lgan biologik
xususiyatlaridandir.
Daraxt va butalarning meva xosil berishiga tashki muxit sharoiti katta
tasir ko’rsatadi. Bular iqlim va ekologik sharoitlardir. Meva hosil berishgi tasir
etuvchi kompleks omillar erug’lik,harorat, namlik, xavo, tuproq unumdorligi
dir.Bu omillardan meva hosilga xavo xarorati ko’prok tasiri etadi. Uzbekiston
iklim kursatkichlari buyicha turli-tumanligi bilan xarakterlanadi. Maydoni 451.2
ming km2. Togli mintakalar 14.7 %, chul tekisliklari 74.8%. tog oldi tekisliklar
10.5% ni tashkil etadi.Toglarda 100 m balandlikga kutarilishi bilan havoning
o’rtacha yillik harorati 0. 5-0.6 % ga pasayadi. 1000 m. balandlikda 9-11
o
S.
2000 m -4.8) o S. 3000 m -O dan 2 .5« S gacha.4000m.-5 dan -7
o
S gacha.Havo
xaroratining bunday o’zgarishi. Xam maksimumi.xam minimumi.cho’l
tekisliklarida xam kuzatiladi. Havo haroratining bunday o’zgarish xususiyati
daraxtlarning mevahosil berishiga tasir ko’rsatadi .Nisbatan sovuk va nisbatan
dengiz sathidan baland joylashgan erlardagi daraxtlarning xosil va urugining
sifati tobiiy oreoldan daraxtlarning xosil va urugin nisbatan past bo’ladi. Bunday
daraxtlar xosilga kirishi kech bo’ladi. To’lik pishib etishmaslik va puch
53
uruglarning katta miqdori shimoliy mintaqalarda ko’prok uchraydi. Tog’larda
ular tarqalishining yuqori chegarasida kuzatiladi.O’zbekiston toglarida
3.archasining yuqori chegarasi 2300m.p.archasiniki 2700 m..t.archasiniki esa
dengiz sotxi dan 3200 m..Pistazorlarning dengiz satxidan turli balandliklardagi
xosildorligi.hakidagi malumotlar 3 chi jadvalda keltirilgan
3 jadval
Pistazorlar xosildorligining dengiz satxidan baladligiga boglikligi Uzbekiston
Respublikasi Bobotog o’rmon xujaligi
Urmon bulimi
Dengiz
satxidan
balandligi m
Xosildorlik uchun tuzatish koeffistient
1ga maydonga
1 daraxtga
1954
1965
1954
1965
Fayzava
700 -1100
1.0
1.0
1.0
1.0
Xazrat bobo
1100 -1300
0.6
0.5
0.7
0.7
Chagan
1200 -1400
0.5
0,5
0,6
0,7
Duxanin
1300 -1600
0,3
0,4
0,5
0,6
Dengiz saxidan 700 -1100 m. balandikdagi xosildorlik 1.0 ga teng kilib
kabul kilinadi.Jadvaldan boshka balandliklardagi pistazorlarning xosildorligini
past va 0.3 da 0.7- birlik qismigacha tashkil etishini ko’rish mumkin.
Daraxtning o’sish sharoiti qanchalik yaxshi bo’lsa,ular qanchalik
daraxtlarning ekologik talablariga to’g’ri kelsa ,shunchalik xosildorlik yuqori
bo’ladi.
Daraxtlarining gullashi va mevasining pishib etilishi davrida ob-xavo
sharoiti mevaning miqdoriga ta’sir etishi mumkin. Kech bahorgi sovuqlar meva
(urug’) shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Sovuqlar gulni va
shakllangan meva tug’unaklarini shikastlashi mumkin. Sovuqlardan asosan
o’rik, bodom, eman, oq kayin, shumtol, olma va boshqa shular kabi erta bahorda
gullaydigan daraxtlar shikastlanadi.
O’zbekistonning janubiy mintaqasiga xos bo’lgan quruq va issiq
(garmsel) shamollar hosildorlikga katta talofat ko’rsatadi.
Daraxtlarning serhosilligiga va hosil sifatiga changlanish sharoiti ham
katta ta’sir ko’rsatadi.
Daraxtzorlarning meva hosil berishi.Daraxtlarning meva hosil berishiga
ta’sir etuvchi omillar, daraxtlarning hosildorligini aniqlovchi omillar kabidir.
Bulardan tashqari daraxtzorlarning meva hosil berishi ularning tarkibiga,
yoshiga, to’liqligiga va turli o’sish sinfidagi daraxtlar miqdoriga ham bog’liq.
54
Daraxtzorlarning yoshi ortib borishi bilan hosili avval ortib boradi, keyinchalik
esa pasayadi. Bu daraxtlarning yoshi ortib borishi hisobiga sodir bo’ladi.
Eng yaxshi hosildorlik to’liqligi 0,6-0,7 bo’lgan daraxtlarda kuzatiladi.
O’zbekiston o’rmonlari Evropa o’rmonlardan keskin farqlanadi va o’ziga
hos hususiyatga ega. Undan siyrak va qisman yuqori to’liqlikga ega o’rmonlar
shakllanadi. Daraxtzorlarni tashkil etuvchi daraxt turlari, ularning vazifalari ham
turlichadir. Asosan yorug’sevar o’simliklardir. Bu erda daraxtzorlar qalinligi
termini qo’llanishda to’g’ri keladi, ya’ni birlik maydondagi daraxtlarning
miqdori, ularning joylashishi, daraxtzorlarning qalinligi pasayishi bilan,
daraxtlar miqdori kamayadi, birlik maydondan avvalgi har bir daraxtning hosili
ortishi hisobiga hosildorligi ortib boradi. Ma’lum bir me’yorga etgandan keyin
daraxtlar miqdorining kamligi birlamchi ahamiyatga ega bo’ladi va miqdoriy
kamligi hisobiga hosildorlik pasayadi. Bu xususiyatni urug’li plantastiyalar
barpo etganda yoki tabiiy daraxtzorlarda ularni ajratganda e’tiborga olish zarur.
Meva hosil berish shoh-shabbalarining yorug’lik darajasi bilan uzviy
bog’liklikda bo’ladi. Shuning uchun ko’p yarusli o’rmonlarda o’sishi bo’yicha
ustunlik qiluvchi daraxtlarning shoxi serxosil mevali bo’ladi. Eng past yarusi esa
yuqori yaruslarning soyasida bo’lganligi sababli kam hosil beradi. Alohida
yakka holda o’sayotgan daraxtlar va o’rmon cheti daraxtlari serhosil meva
beradi. Eng ko’p miqdordagi yorug’ni (daraxtzorlardagi umumiy hosilning
80%gacha). Kraft bo’yicha I va II o’sish sinfidagi daraxtlar beradi.
Yuqori o’sish sinfiga ega bo’lgan daraxtlar mevasi va urug’i yirik va
ularni sifati yaxshi bo’ladi. Yuqorigi yarusdagi daraxtlarning yuqori meva hosil
berish quvvatiga ega ekanligi ularning o’sish sharoiti yaxshiligi bilan asoslanadi.
Har bir o’sish sinfi atrofida meva hosil berish darajasi bo’yicha
daraxtlarning individual o’zgaruvchanligi kuzatiladi. Hosildorlik zararli
hashorat, zambrug’, boshqa zararkunandalar tomonidan gulkurtak, gul, qubba va
mevalarni shikastlashlariga ham bog’liqdir.
Savollar:
1.
Urug’li yil deb nimaga aytiladi?
2.
Hosildorlikka ta’sir etuvchi omillarni ayting?
3.
Daraxtlar va daraxtzorlardagi hosildorlikning farqini ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |