6
Ko‘chatlarning sifati asosan ular bo‘yi, tanasining qalinligi, ildizining holati,
ildiz tizimi va tanasining nisbati kabi belgilari bilan aniqlanadi. Ma’lum
o‘lchamli, hamma qismlari yaxshi rivojlangan, optimal nisbatda massaga ega
bo‘lgan ko‘chatlar yuqori sifatli ko‘chat hisoblanadi. Bunday ko‘chatlar
ekilgandan so‘ng
yaxshi tutadi, ularda barglar va ildiz tizimi o‘simlik
rivojlanishida bir-birlarini o‘zaro stimullash jarayonlari sodir bo‘ladi, fotosintez
jarayonining intensivligi ildiz tizimining o‘sishini yaxshilaydi. Bunday sifatli
ko‘chatlarni yaratish uchun ko‘chatzorlarda optimal sharoit yaratib berilishi
zarur. Optimal sharoitdan og‘ish ko‘chatlarning sifati pasayishiga olib keladi,
natijada sifatsiz ko‘chatlardan barpo etilgan o‘rmonlarning
tutishi va ayniqsa
birinchi yillari o‘sib rivojlanishi sust kechadi. Ko‘chat yetishtirish agrotexnikasi
daraxt turlarining biologiyasiga, vegetatsiya davri davomida o‘simlikning
vegetativ organlarining yillik o‘sishi va shakllanishi qonuniyatlariga, quruq
moddani to‘plash dinamikasi va mineral ozuqa elementlarini o‘zlashtirish ritmi,
yosh o‘simlikning o‘sishi uchun optimal rejimning
aniq ekologik holatga
mosligi, oziq modda talabi, zaruriy o‘g‘itlarni berish me’yori va muddatiga -
asoslangan bo‘ladi.
Urug‘-ko‘chat yetishtirish texnologiyasi
Daraxt va butalarning urug‘ko‘chatlari ko‘chatzorning urug‘ ekish bo‘limida
yetishtiriladi. Urug‘ko‘chat yetishtirish agrotexnikasi tuproqqa asosiy va
ekishdan
oldin ishlov berish, urug‘ni ekishga tayyorlash, ekish va unib
chiqqunga qadar parvarishlash, nihollarni parvarishlash, urug‘ko‘chatlarni qazib
olish va saqlash kabi asosiy ishlarni o‘z ichiga oladi.
Tuproqqa asosiy va ekishdan oldin ishlov berish qora, ertagi, sideratli va
bandli shudgorlash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Asosiy ishlov berishda
yerni haydash chuqurligi 20-30 sm bo‘ladi. Sug‘oriladigan ko‘chatzorlarda
maydonni tayyorlash uchastkani tekislash, sug‘orish tarmoqlarini tuzish, drenaj
o‘tqazish (zarurat bo‘lganda) kabi ishlarni o‘z ichiga oladi.
Kuzgi shudgor tizimida ishlangan dala erta ko‘klamda yer yetilishi bilan
boronalanib, tuproqning nami ko‘tarilib ketishining oldi olinadi. Bunday
boronalash sho‘rning yer betiga chiqib qolishini kamaytiradi.
Urug‘, danak ekishda tuproq yetarli shira nam bo‘lishi bilan birga yaxshigina
zichlashgan bo‘lishi ham lozim.
Tuprog‘i juda zichlashgan qotib ketgan kuzgi shudgor ko‘klamda
kultivatorda 18 sm chuqurlikda yumshatilishi bilan birga boronalanib, mola
bosilishi lozim. Bunda kultivator o‘rniga ag‘dargichi (otvali) olib qo‘yilgan plug
ishlatilishi mumkin.
7
Yangidan ishga
solinayotgan uchastkalarni, shuningdek, qish va erta
ko‘klamda haydash mumkin. Buning uchun fevral oxiri va mart boshida yer
boronalanadi; yerning haydalma qatlami obi-tobiga
kelishi bilan chimqirqarli
plugda (bunga borona tirkab) 27-30 sm chuqurlikda haydaladi va ketma-ket
mola bostiriladi.
Urug‘ va nihollar kuzda ekiladigan bo‘lsa, ekishga bir yarim - ikki oy
qolganda yer birinchi marta haydaladi,
lekin borona bosilmaydi; ekishga ikki-
uch hafta qolganda esa ikkinchi marta haydash bilan birga ikki yo‘la
boronalanadi. Bu haydashlar o‘z vaqtida o‘tkazilsa tuproq normal zichlashib
oladi, natijada unga ekilgan urug‘, o‘tkazilgan nihollar yaxshi o‘sadi.
Kuzda shudgorlangan yer bedapoyadan bo‘shagan bo‘lsa, uni ko‘klamda
qayta haydashning yoki chizelda yumshatishning hojati bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: