7-MAVZU: KO’P YILLIK DORIVOR O’SIMLIKLARDA URUG’
XOSILDORLIGINI XISOBGA OLISH USULLARI
REJA:
1.
Urug’ hosilining prognozi. (taxminiy baholash)
2.
Model daraxti usulida meva (urug’) hosilini hisobga olish.
3.
To’kilgan meva (urug’) va sinov shoxchalar bo’yicha hosilni hisoblash.
O’rmon barpo etish ishlarini bajarish va urug’ (meva) hosilini yig’ib terib
olish, shaxsiy talablarni qondirish imkoniyatini aniqlash va boshqa xo’jaliklar
uchun tayyorlash rejasini bajarish, keyingi yillar uchun ham urug’ zonasini
tashkil etish bo’yicha tayyorgarlik tadbirlarni muvaffaqiyatli bajarish maqsadida
urug’ hosilini prognozi va hisobga olishga asosiy rol ajratiladi. Bu ishlar sinov
maydonlarida o’tkaziladi. Buning uchun o’rmon urug’lari ob’ektlarining har bir
kategoriyalarida - doimiy o’rmon o’rug’lari uchastkalari (DO’UU)da, o’rmon
47
o’rug’lari plantastiyalarda, vaqtinchali o’rmon urug’lari uchastkalarida
(VO’UU)
va
boshqalarda
sinov
maydonchalari
belgilanadi.
Sinov
maydonchalari kuzatilayotgan turning meva hosilini to’liq xarakterlaydigan
bo’lishi zarur.
Fenologik kuzatishda yoppasiga meva hosil berish fazasiga kirish muddati
belgilanadi va hosilni kamaytirish yoki ko’paytirish sababi aniqlanadi.
Yoppasiga meva hosilga kirish fazasi sinov maydonchasidagi belgilangan
tur daraxt va butalardan 50% idan ko’p qismi hosilga kirgan vaqtdan
hisoblanadi. Fenologik kuzatish davrida meva hosil berishning quyidagi
yoppasiga kirish fazalarining sanalari qayd qilinadi: gullashi yoki
mikrosporofillardan quruq havoda engil silkitilganda gulchangi uchadi,
gulkosasi rivojlangan turlarida esa guli tushadi; meva tugunaklari paydo bo’lishi
- gul va gulkosalar o’rnida meva shaklana boshlashi, ignabarglilarda
qubbalarining o’sishi boshlanishi va ularning yaxshil rangga kirishi (qarag’ayda
bu faza gullagandan keyin bir yil muddatda kuzatiladi); mevalarning qubba,
urug’ pishib etilishi - qachonki ular meva kattaliklari tegishli o’lchamlarga va
rangi pishib etilgan meva xususiyati rangiga kirganda hisobga olinadi.
Kutiladigan urug’ hosilini hisobga olish ko’rish mumkin bo’lgan joylarda
ko’z yoki binoklda o’tkaziladi. Bunda gullari tugunaklari va pishib etilgan
mevalari bo’yicha hosildorlik aniqlanadi ya’ni hosildorlikni aniqlash yalpi
gullash davrida (I faza), yalpi tugunaklar hosil bo’lish davrida (II faza), qubba,
meva va urug’larning pishib etilishining boshlanishi davrida (INI faza). Bu
holatlarda sinov maydonlarida meva hosil berishni kuzda chamalab daraxtlar va
butalarning turlari bo’yicha gullash va meva hosil berishi ballari aniqlanadi.
DO’UU va o’rmon urug’lari plantastiyalari uchun hosildorlikni aniqlashda
A.A.Korchagin shkalasidan boshqa barcha o’rmon urug’lari ob’ektlarida esa
A.G.Kapper shkalasidan foydalaniladi.
DO’UU va o’rmon urug’lari plantastiyalarida meva hosil berishni kuzda
chamalab baholash 0,25 ga maydonga ega bo’lgan doimiy sinov maydonlarida
15-20 model daraxti bo’yicha meva hosilning turli darajasida o’tkaziladi.
Buning uchun A.A.Korchagin shkalasidan foydalaniladi.
O’rmon barpo etish ishlarini bajarish va urug’ (meva) hosilini yig’ib terib
olish, shaxsiy talablarni qondirish imkoniyatini aniqlash va boshqa xo’jaliklar
uchun tayyorlash rejasini bajarish, keyingi yillar uchun ham urug’ zonasini
tashkil etish bo’yicha tayyorgarlik tadbirlarni muvaffaqiyatli bajarish maqsadida
urug’ hosilini prognozi va hisobga olishga asosiy rol ajratiladi. Bu ishlar sinov
maydonlarida o’tkaziladi. Buning uchun o’rmon o’rug’lari ob’ektlarining har bir
48
kategoriyalarida - doimiy o’rmon o’rug’lari uchastkalari (DO’UU)da, o’rmon
o’rug’lari plantastiyalarda, vaqtinchali o’rmon urug’lari uchastkalarida
(VO’UU)
va
boshqalarda
sinov
maydonchalari
belgilanadi.
Sinov
maydonchalari kuzatilayotgan turning meva hosilini to’liq xarakterlaydigan
bo’lishi zarur.
Fenologik kuzatishda yoppasiga meva hosil berish fazasiga kirish muddati
belgilanadi va hosilni kamaytirish yoki ko’paytirish sababi aniqlanadi.
Yoppasiga meva hosilga kirish fazasi sinov maydonchasidagi belgilangan
tur daraxt va butalardan 50% idan ko’p qismi hosilga kirgan vaqtdan
hisoblanadi. Fenologik kuzatish davrida meva hosil berishning quyidagi
yoppasiga kirish fazalarining sanalari qayd qilinadi: gullashi yoki
mikrosporofillardan quruq havoda engil silkitilganda gulchangi uchadi,
gulkosasi rivojlangan turlarida esa guli tushadi; meva tugunaklari paydo bo’lishi
- gul va gulkosalar o’rnida meva shaklana boshlashi, ignabarglilarda
kubbalarining o’sishi boshlanishi va ularning yaxshi rangga kirishi (qarag’ayda
bu faza gullagandan keyin bir yil muddatda kuzatiladi); mevalarning qubba,
urug’ pishib etilishi - qachonki ular meva kattaliklari tegishli o’lchamlarga va
rangi pishib etilgan meva xususiyati rangiga kirganda hisobga olinadi.
Kutiladigan urug’ hosilini hisobga olish ko’rish mumkin bo’lgan joylarda
ko’z yoki binoklda o’tkaziladi. Bunda gullari tugunaklari va pishib etilgan
mevalari bo’yicha hosildorlik aniqlanadi ya’ni hosildorlikni aniqlash yalpi
gullash davrida (I faza), yalpi tugunaklar hosil bo’lish davrida (II faza), qubba,
meva va urug’larning pishib etilishining boshlanishi davrida (INI faza). Bu
holatlarda sinov maydonlarida meva hosil berishni kuzda chamalab daraxtlar va
butalarning turlari bo’yicha gullash va meva hosil berishi ballari aniqlanadi.
DO’UU va o’rmon urug’lari plantastiyalari uchun hosildorlikni aniqlashda
A.A.Korchagin shkalasidan boshqa barcha o’rmon urug’lari ob’ektlarida esa
A.G.Kapper shkalasidan foydalaniladi.
DO’UU va o’rmon urug’lari plantastiyalarida meva hosil berishni kuzda
chamalab baholash 0,25 ga maydonga ega bo’lgan doimiy sinov maydonlarida
15-20 model daraxti bo’yicha meva hosilning turli darajasida o’tkaziladi.
Buning uchun A.A.Korchagin shkalasidan foydalaniladi.
O’rmon
urug’lari
ob’ektlarining
(DO’UU,
o’rmon
urug’lari
plantastiyalari, VO’UU) har bir kategoriyalari uchun kuzatilayotga tur bo’yicha
xo’jalikda, bo’limida gullash yoki meva hosilning o’rtacha arifmetik balli
aniqlanadi.
49
A.A.Korchagin va V.G.Kapper shkalalari bo’yicha hosilni kuzda
chamalab baholash urug’ hosilini miqdoriy hisobini aniqlash imkonini
bermaydi. Shuning uchun hosilni INI fazasida shunday baxolash bilan birga
urug’ni yig’ib -terib olib og’irligi, kilogramda aniqlanadi. Bu maqsadda model
daraxt usulidan (A.F.Pravdin bo’yicha) va o’rmon urug’lari uchastkalarida va
plantastiyalarda kutilayotgan urug’ hosilini aniqlash usulidan foydalaniladi.
Model daraxtlar usuli. Bu usul o’rmon urug’lari ob’ektlarida (VO’UU),
yosh daraxtzorlarda, o’rta yoshli va etilayotgan tabiiy va sun’iy daraxtzorlarda
meva hosilni hisobga olish uchun qo’llaniladi. Sinov maydonida 0,1-0,25 ga
kattalikdagi maydonchani ajratiladi va unda kuzatilayotgan turdan meva hosili
bor daraxtlarni hisoblanadi. Shulardan ko’krak diametri va hosili o’rta bo’lgan
(sinov maydonchasidagi o’rta hosil balliga teng) 5ta model daraxt tanlab olinadi.
Har model daraxtda binokl yordamida yoki tanasiga chiqib barcha kubba
(mevasi) hisoblanadi, ularning har bir model daraxt uchun o’rtacha miqdori
topiladi, uni belgilangan hisoblash maydonchasidagi hosilli daraxtlar miqdoriga
ko’paytiriladi va bu miqdor barcha sinov maydonchasiga, 1 ga maydonga,
o’rmon o’rug’lari ob’ektining barcha maydoniga hisoblanadi. Vaqtinchali
O’UUda va kesishga ajratilgan o’rmonlarda qubba (meva) kesilgan model
daraxtlarda hisoblanadi.
Qubbaning ( mevaning) o’rtacha og’irligi va urug’ning chiqishi haqidagi
ko’p yillik mashg’ulotlardan foydalanib 1ga maydondan va o’rmon urug’lari
ob’ektlarining barcha maydonidan kutilayotgan urug’ hosilni kilogrammda
hisoblanadi. Ko’p yillik mashg’ulotlardan foydalanilgan holatda bir qubbaning
o’rtacha og’irligi va urug’ining chiqishi qubba (mevaning) pishib etilish davrida
yig’ib terib olingan 1 kg og’irlikdagi namunasini maxsus qayta ishlanib taxlil
qilingan natijasi bo’yicha aniqlanadi.
Yoppasiga hisoblash usuli, o’rtacha ko’rsatgichga ega bo’lgan uchastka
qismida 0,1-0,25 ga kattalikda sinov maydoni ajratiladi, u erda barcha daraxtlar
kesiladi va ulardagi mevalar (qubbalar) yig’ib, terib olinadi. Mevasida
(qubbasidan) urug’lari ajratib olinib ularning og’irligi aniqlanadi. Sinov
maydonidagi hosilni bilgan holatda, 1 ga maydondagi urug’ hosildorligi
aniqlanadi.
Model daraxtlar usuli, 0,1-0,25 ga kattalikdagi sinov maydonlarida
daraxtlarni o’sish sinfi bo’yicha ajratib yoppasiga hisobga olish (alohida hosil
borlar va hosili yo’qlar) o’tkaziladi, har bir sinfi bo’yicha 10%dan kam
bo’lmagan model daraxtlar kesiladi, ularda qubbalarni, mevalarni yoppasiga
hisobga olinadi va ularning bir daraxtga to’g’ri keladigan miqdori aniqlanadi.
50
Har bir o’sish sinfidagi bir daraxtning o’rtacha urug’ hosilini bilgan holda sinov
maydonidagi hosilli daraxtlarning barchasining va 1 ga maydondagi urug’ hosili
hisoblanadi.
To’kilgan meva yoki urug’ bo’yicha hosilni hisoblash usuli. Pishib etilgan
fazasida to’kilgan meva yoki urug’ni yig’ib terib olinadi. Urug’ini shamol
yordamida uchirib keladigan urug’i engil daraxtlarda urug’ o’lchagich usuli
qo’llaniladi. Buning uchun sinov maydonlarida urug’lar to’kilishidan oldin bir
tekis urug’ tutgichlar o’rnatiladi, ular 0,25 m
2
tutish yuzasiga ega bo’lgan to’rt
burchak yoki aylana kesimidan metall varonkalar.
Tushgan urug’larni har 3-5 kundan keyin hisobga olinadi. Aniq natija
olish uchun 0,25 ga kattalikdagi sinov maydonida 50 dan kam bo’lmagan urug’
o’lchagichlar o’rnatilishi tavsiya etiladi.
Yirik urug’lar uchun (eman, yong’oq, kashtan, buk) sinov maydonlarida
25m
2
kattalikdagi hisobga olish maydonlari tuziladi, ular urug’lar pishib etilib
to’kilishidan oldin tozalanadi.Biroq urug’ o’lchagichlar va hisobga olish
maydonchalari yordamida qisqa muddatda urug’ hosilini to’liq aniqlab
bo’lmaydi, shunga qaramasdan daraxtlar kesiladigan uzoq vaqt muddatda aniq
hosil miqdorini aniqlash imkoniyatini beradi.
Sinov shoxchalar usuli. Bu 1 m uzunlikdagi shoxga to’g’ri keladigan gul,
kubba yoki meva miqdorini aniqlash imkonini beradi. Yaxshi rivojlangan 10-20
ta daraxtlar tanasining turli qismidan bir necha shoxlar kesiladi. Ularda barcha
qubba yoki meva hisoblanadi, 1 m shoxga to’g’ri keladigan qubba va mevaning
o’rtacha miqdori aniqlanadi. Meva hosilni ushbu usulda haqqoniy baholash
uchun hosildorlik shkalasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Savollar:
1.
Urug’lar hosilini aniqlash usullarini ayting?
2.
Kapper shkalasi bo’yicha urug’ hosilini aniqlash usulini tushuntiring?
3.
Karchagin shkalasi bo’yicha urug’ hosilini aniqlash usulini tushuntiring?
4.
Urug’ hosilini prognozi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |