4. O’zbekiston respublikasida yalpi ichki maxsulot xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar



Download 31,99 Kb.
bet1/3
Sana10.02.2023
Hajmi31,99 Kb.
#909877
  1   2   3
Bog'liq
ELYOR makro


REJA:


KIRISH.
1. YALPI ICHKI MAHSULOT TUSHUNCHASI VA UNI HISOBLASHNING ASOSIY,SHARTLARI.
2. YALPI ICHKI MAHSULOTNI HISOBLASH USULLARI YAIMNI ISHLAB CHIQARISH,USULIDA,ANIQLASH.
3. MILLIY HISOBCHILIK TIZIMIDAGI BOSHQA KO‘RSATKICHLAR VA ULAR O‘RTASIDAGI NISBAT.

4.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YALPI ICHKI MAXSULOT
5.XULOSA.
6.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


1.Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari.

Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.


Hukumat statistik raqamlardan rivojlanish darajasini monitoring qilish va iqtisodiy siyosatni shakllantirish maqsadida foydalanadi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardan farqli tarzda bu ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o‘tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini,aniqlash,imkonini,beradi.
Bu,ko‘rsatkichlarga,quyidagila,kiradi:

  • Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste’mol (C), Jamg‘arish (S) ko‘rsatkichlarining hajmi va o‘sish sur’atlari;


  • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi:


  • mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o‘sish suratlari;


  • resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);


  • davlat budjeti taqchilligi, deflator, iste’mol baholar indekisi, inflatsiyaning o‘sish sur’atlari;


  • ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;


  • aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.


Davlat budjeti taqchilligi va inflatsiya sur’ati kabi ko‘rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‘llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, C, S ko‘rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda,foydalaniladi.


Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi (MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o‘tagani holda uning standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o‘rganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o‘tilgan barcha ko‘rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondoshuvga,yo‘l,qo‘yilishi,mumkin.
Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala agregat ko‘rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular o‘zaro farq qilishadi.
Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qo‘llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich sifatida tan olindi.
Ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda YaIMga ishlab chiqarilishida qo‘llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat’iy nazar, mamlakatning jug‘rofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yig‘indisi deb ta’rif berib kelingan.
1993- yilda qabul qilingan (2008- yilda yangi tahrir) BMT MHTning yangi talqiniga ko‘ra Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasiga,aniqliklar,kiritildi.
Yangicha,talqiniga,ko‘ra:
Yalpi ichki mahsulot – mamlakat hududida ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig‘indisidan iborat.
YaIM ning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa , o‘sha mamlakat rezidenti deb qaraladi. «Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’i nazar, mazkur mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bo‘lgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan, yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar (korxonalar, uy xo‘jaliklari) rezident hisoblanishadi».
Elchixonalar va harbiy bazalar o‘zlari tegishli bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy makoni bo‘lib qolaveradilar. Aynan shu jihat YaIMni hisoblashda iqtisodiy va jug‘rofiy hudud o‘rtasidagi farq deb qaraladi. YaIM uch xil usul bilan hioblanadi:
1),ishlab,chiqarish,usuli;
2)xarajatla,usuli;
3)daromadlam,usuli.
Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda o‘zaro teng bo‘lishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YaIM ko‘rsatkichni hisoblashda o‘ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi. Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning asosiy shartlari quyidagilar:
-yakuniy tovarlar va xizmatlar bahosi ifodalanadi;
-bozor,baholarida,hisoblanadi;-faqat joriy yilda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar bahosini o’z ichiga oladi;
-sof moliyaviy bitimlar bahosini o’z ichiga olmaydi.
2. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari YaIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash.

Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi. YaIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bo‘lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi. Ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Ko‘pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini o‘taydi. Shu sababli YaIMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan ko‘p marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati xisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi.


Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki ayirboshlash silidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamg‘arish yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YaIMga qo‘shilmaydi.

Download 31,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish