Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
103
ikki chog‘lik odam o‘tirishardi. Faqat Grishan ko‘rinmasdi. Bular orasida O’zi yo‘q edi. 
— Bolalar, nima qildi? Nega bundoq bo‘lib qoldi?— beixtiyor og‘zidan chiqib ketdi Avdiyning. 
Choparlar miq etishmadi. Ular hatto qimirlashgani ham yo‘q. Xumorilar panjara orqasida bir-
birlariga zich tiqilishib o‘tirishar, basharalari juda o‘zgarib ketgan, tumtaygan, qovoqlari soliq edi. 
— Tanidingmi oshnalaringni?— g‘alati irshaydi jahldor leytenant. 
— Albatta!— dedi Avdiy.— Bular hammasi bizning bolalar. 
— E, hali shundoqmi!— hayron qoldi leytenant Avdiyga diqqat bilan razm solib.— Nima, bu 
oshnalaringmi?— so‘radi u choparlardan. 
Hech kim javob bermadi. Hamma ko‘zini yerdan uzmay jim o‘tirardi. 
— Hey, sizlardan so‘rayapman!— jahli chiqdi leytenantning.— Javob bermaysizlarmi? Mayli, 
ko‘ramiz hali. Tovaga tushgan qisqichbaqaday sakrataman hali. Hammangga uch yuz o‘n yettinchini 
berganda, meni eslab qolasanlar. Inson qadami yetmagan joylarga borib o‘tira-sanlar. Yoshmiz 
deysanlar-da. Yoshligingga qarab o‘tirmaymiz. Ilgari sud bo‘lmagansanlar-da, a. Bu hisobga o‘tmaydi. 
Ha, ha, bu hisobga o‘tmaydi. Ashyo bilan qo‘lga tushdinglar!— u polda sochilib yotgan Avdiyga 
tanish, nasha bilan to‘ldirilgan yukxaltalar va jomadonlarni ko‘rsatdi. Ularning ayrimlari ochilgan, 
ayrimlari yirtilgan, u yer-bu yerda nasha sochilib yotar, xonani yovvoyi giyohning og‘ir hidi tutgandi. 
Stol ustida telefon yonida og‘u solingan gugurt qutilari va shisha idishchalar turardi.— Ko‘rsatib 
qo‘yaman javob bermaslikni! Xafa bo‘lishdi bular tag‘in! Ashyo bilan qo‘lga tushdinglar-ku!— deb 
takrorladi leytenant tajangligi ortib, jahl ustida uning ovozi jaranglab chiqa boshladi.— Mana, dalil! 
Mana, ashyoviy dalillar! Mana, senlarga afyun!— u nasha to‘la yuk xaltalarni tepib ko‘rsatdi.— 
Shaykalaringdan bitta ablah qochib qutuldi-da. Lekin u ham hali shu yerga— panjaraga kelib o‘tiradi, 
yaramaslar! Turlaring! Tur, kimga aytyapman! Yalpayib o‘tirib olganini qarang! Tikka bu yoqqa qarab 
turlaring! Ko‘zingni olma! Kimga aytyapman ko‘zingni olma deb! Senlarga o‘xshagan yaramaslar 
meni vagonning tagidan otishdi. Mendan rahm-shafqat kutmalaring endi! Ablahlar, mishiqilar, 
qurollanib olishibdi! Yana nimalarni istaydilar! Hayotim boricha sizlar bilan olishaman. Men qanday 
olishishni bilaman. Hamma poezdlarda, hamma yo‘llarda sizlarni quturgan itday tutib olaman! Mendan 
hech qayoqqa qochib qutulolmaysanlar!— ko‘pirib-toshib qichqirardi u.— Senlardan so‘rayapman kim 
manavi juldurvoqi? Muxbirmish! Kim bu ro‘dapo!— Leytenant Avdiyning qo‘lidan tutib, panjara 
oldiga sudrab bordi.— Aytlaring yaxshilikcha! Oshnalaringmi? 
Bir zum hammalari jim qolishdi. Avdiy choparlarning badqovoq basharalariga razm solarkan, hech 
o‘z ko‘zlariga ishongisi kelmasdi. Shularmi kechagina cho‘lda poezd to‘xtatgan? Shularmi so‘rib-
so‘rib nasha chekib, kayf surgan? Shularmi uni o‘lguday urib, vagondan uloqtirgan? Shularmi chapdast 
bolalar? Mana endi kamarsiz shim kiyib, yalang oyoq bo‘lib (zaruratga olib chiqqanda qochib 
ketmasinlar deb, shunday qilsalar ehtimol), sho‘rlariga sho‘rva to‘kilib, panjara ichida nochor tumtayib 
o‘tiribdilar. 
— Oxirgi marotaba so‘rayapman senlardan,— g‘azabidan bo‘g‘ilib dedi leytenant.— Men tutib 
kelgan manavi taviya oshnalaringmi, yo‘kmi? 
— Yo‘q, oshnamiz emas,— g‘o‘dinglab hamma uchun javob qildi Petruxa, Avdiyga istar-istamas 
qarab qo‘yarkan. 
— Nega unday deysan, Pyotr?— hayratga tushdi Avdiy panjara tomon sudralib yaqinlasharkan.— 
Nima, meni esdan chiqardinglarmi?— ta’na qilganday so‘radi u panjara ortidagilardan.— Sizlarga 
jonim achiydi,— deb ko‘shib qo‘ydi u.— Qanday qilib bunday bo‘ldi? 
— Ta’ziya bildiradigan joy emas bu yer sizga,— siltab tashladi uni leytenant.— Men endi har 
bittangdan alohida-alohida so‘rayman,— po‘pisa qildi u choparlarga.— Kim yolg‘on aytsa,— bu bari 
bir ma’lum bo‘ladi,— unga yana bir modda qo‘shiladi. Qani, sen ayt,— dedi u Maxachga qarata. 
— Bizdanmas,— deb javob berdi u tupuk sochilgan lablarini qiyshaytirib. 
— Endi sen ayt,— buyurdi leytenant Lyonkaga. 
— Bizdanmas,— dedi Lyonka va og‘ir xo‘rsindi. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish