Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номли



Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/161
Sana21.06.2022
Hajmi3,35 Mb.
#689619
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   161
Bog'liq
MILLIY KONFRENSIYA 202

Билингв болалар билан ўтказиладиган тадқиқотнинг 
умумий мақсадини шакллантириш, унинг ташкилий ва эмпирик методларини 
танлаш.

Модел 
яратиш. 
Тадқиқ 
этилувчи 
хусусиятлар 
комплекси 
аниқлаштирилади, натижанинг тахминий образи яратилади, фараз 
шакллантирилади.

Методика танлаш. 
Методикалар аниқлаштирилади, экспериментларда 
қўллаш учун адекват шароитлар яратилади.

Амалиёт. 
Тадқиқот ишини бевосита амалга ошириш, эмпирик 
маълумотларни йиғиш.

Интерпретация. 
Олинган натижаларни қайта ишлаш, уларни конкрет 
илмий-назарий концепциялар асосида тушунтириш, амалиётда қўллаш учун 
тавсиялар ишлаб чиқиш.
Албатта, тил ўрганишнинг бола ривожланишига таъсирини ўрганиш 
масалалари методик жиҳатдан тўлалигича тадқиқ этилмаган. Лекин шуни тўла 
ишонч билан айтиш мумкинки, чет тилини ўрганиш бола шахсининг 
шаклланиши учун салбий таъсир кўрсатмайди. Ўтказилган экспериментал 
тадқиқотлар натижаларига таянган ҳолда тил ўрганиш бола ривожланишига 
ижобий таъсир этишини айтишимиз мумкин. 
 
AUTIZM SINDROMLI BOLALAR BILAN OTA-ONALAR 
MUNOSABATLARINING XUSUSIYATLARI 
D.G.Nurmatova.,
SamDU magistranti
Zamonaviy tadqiqotlardagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda bolalar autizmi 
sindromiga xos klinik-psixologik belgilarni qo’yidagicha keltirish mumkin: 
• 
muloqotning buzilishi; 
• 
ijtimoiy va hissiy munosabatlarning buzilishi; 
• 
tasavvurning buzilishi; 
• 
xulq-atvorning buzilishi; 
• 
nutqning buzilishi; 
• kognitiv jarayonlarning buzilishi. 
Muloqotga kirishish va ijtimoiylashuv bilan bog’liq qiyinchiliklar, hissiy 
aloqalarni o’rnata olish qobiliyatiga ega emaslik, nutq rivojlanishidagi buzilishlar 
autizmning asosiy belgilari sifatida tushuntiriladi, biroq shu narsani ham ta’kidlash 
joizki, autizmga psixikaning har bir sohasi - aqliy va hissiy, ya’ni idrok, motorika, 
diqqat, xotira, nutq kabi sohalarning anomal rivojlanishi xosdir.1 
Odatda, ota-onalar bola hayotining ikkinchi yilida uning xulk-atvori va 
umumiy ruhiy rivojlanishidagi ma’lum bir orqada qolish yoki buzilishlarni ko’rib, 
tashvishga tushadilar. Chunki ko’p hollarda bola hayotining birinchi yilida rivojlanish 
bir maromda kechishi kuzatiladi. Hatto bola nutqining erta rivojlanishi, geometrik 
shakllar, ranglarni anik ajrata olish qobiliyatini namoyon etishi mumkin. 2,5-3 
yoshida esa nutq rivojlanishi orqada qola boshlaydi, alohida so’zlarni aytishi 
mumkin, lekin nutqning grammatik qurilishi yuzaga kelmaydi, shuningdek, mavjud 


147 
nutq asta-sekin yo’qolib boradi. Shu holatda bolaga murojaat etilganida, u javob 
qaytarmaydi, o’zaro munosabatlarga qiyinchilik bilan kirishadi, taqlid qilmaydi, uni 
bajarayotgan bir xil harakatlardan ajratish, yangi harakatlarga e’tiborini jalb etish o’ta 
qiyinchilik tug’diradi. U o’z tengdoshlaridan keskinlik bilan farq qila boshlaydi, 
muloqotga intilmaydi, bola bilan aloqa o’rnatishga qaratilgan harakat 
muvaffakiyatsizlik bilan tugaydi. Boshqa holatlarda ruhiy rivojlanishdan, eng avvalo, 
motorik harakatlar va nutq rivojlanishining orqada qolishini bola hayotining birinchi 
yilidayoq kuzatish mumkin. Bola kam harakatli, tovush chiqarmaydi yoki juda kam 
tovush chiqarishi, yaqinlarini u bilan o’zaro munosabatda bo’lishini, muloqotga 
chiqishini talab qilmaydi.
Ba’zida bu kattalar tomonidan bolaning o’ziga xos xususiyati sifatida qabul 
qilinishi mumkin (flegmatik, ehtiyotkor, sust harakatli). Qator holatlarda bu kabi 
xususiyatlar o’ta yorqin namoyon bo’ladi-ki, ota-onalar tashvishga tushadilar va 
mutaxassisga murojaat etadilar. Olib borilgan kuzatishlar, tadqiqotlar shuni 
ko’rsatadi-ki autizm sindromi bo’lgan bolalar rivojlanishida o’ziga xos bo’lgan 
xususiyatlarni ajratish mumkin.2 Bu, avvalo, bolada erta affektiv rivojlanishning 
yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Ilk yoshda autizmi bo’lgan bola o’z xatti-
harakatida yorqin noqulayliklarni namoyon etadi. Buni, avvalo, uning sensor 
stimularga nisbatan yuqori darajadagi sezgirligida ko’rish mumkin. Bu holatlarni 
kundalik maishiy turmush jarayonidagi odatiy tezlikka ega bo’lgan shovqinlarni 
ko’tara olmasligida kuzatish mumkin. Masalan, kofe maydalagich, pilesos, telefon 
kabi texnik jihozlarning shovqinini, taktil aloqalar (silash, massaj) ni yoqtirmasligi, 
ovqat, suv, bo’yoq tana terisiga tushganida jirkanish, yorqin rangdagi o’yinchoqlarni 
yoqtirmasligi mumkin. Bu kabi yoqimsiz taassurotlar bolada nafaqat yengillik bilan 
yuzaga keladi, balki xotirasida ham uzoq muddat saqlanib qoladi. Sensor stimulga 
nisbatan reaksiyasi bilan bir vaqtda boshqa xususiyat ham bola hayotining birinchi 
oylarida namoyon bo’ladi.
Atrof-muhitni yetarli darajada faol bo’lmagan holda o’rganish va turli sensor 
aloqalarni o’rnatishdagi cheklanganlik bilan birga yorqin ko’rinishdagi narsalarni 
egallab olish, maftun bo’lish, taktil, ko’rish, eshitish, vestibulyar ta’surotlarni 
uyg’otuvchi stimullarga maftun bo’lish holati kuzatiladi. Bola bu kabi stimullarni 
qayta va qayta olishga intiladi. Bitta taassurot olish uzoq muddatga cho’ziladi, keyin 
esa boshqasiga, ya’ni shu kabi barqaror va uzoq muddatli xarakatga o’tadi. Masalan, 
yarim yil davomida barmoqlari bilan o’ynashi, mashina g’ildiragini aylantirishi va 
ovoz chiqaruvchi o’yinchog’ining ovozini qayta va qayta eshitishi mumkin.
Bola o’zida taassurot uyg’otgan obyektdan ajrala olmaydi. Aytish joizki, 
normal rivojlanishdagi bola ham ritmik holda qaytariluvchi taassurotlarga alohida 
e’tiborini qaratadi. Bir yoshgacha bo’lganbola xatti-harakatida bu kabi“doimiy 
aylanuvchi reaksiya ” ustun bo’ladi, bola berilib bir xil harakatlarni juda ko’p 
martalab takrorlaydi. Bu harakatlar ma’lum bir sensor effektlarni idrok etigishga 
qaratilgandir. Masalan, qoshiq bilan stolni taqillatadi, sakraydi, tovush chiqarib 
nimanidir aytishga harakat qiladi va h.k. Biroz yaxshi affektiv rivojlanishdagi bola 
o’z faoliyatiga kattalarni bajonidil kiritadi. Kattalar unga yordam bersa, uning hatti-
harakatini emotsional qullab-quvvatlasa, bola xursandchilik va maroq bilan 


148 
predmetlarni manipulyatsiya qilishni davom ettiradi. Bola karavotida sakrashdan 
ko’ra onasi yoki otasining tizzasida sakrashni afzal ko’radi. Kattalarning oldida 
bajonidil o’z qobilyatlarini namoyish etishga va shu bilan kattalarning e’tiborini 
o’ziga jalb etishga ular tomonidan o’zi haqidagi maqtovlarni, qo’llab-quvvatlovchi 
so’zlarni eshitishga harakat qiladi. Kattalarning “voy, barakalla”, “qani-qani, yana bir 
marta sakra”, “chapak chalamiz” kabi so’zlari bolani yanada faollashtiradi. Autik 
tipdagi bola hatti-harakatidagi asosiy farq shundaki, u yaqin kishilarini o’zi o’ta 
mashg’ul bo’lgan faoliyatga umuman kiritmaydi.
U qanchalik o’z faoliyati bilan mashg’ul bo’lsa, kattalarni unga yordam berish 
yoki boshqa takliflariga shunchalik kuchli qarshilik ko’rsatadi. Ba’zan kattalarning 
uning faoliyatiga aralashmasdan, sust holda uning yonida o’tirishlariga qarshilik 
ko’rsatmasligi mumkin. Ota-ona bolaning bu kabi hatti-harakatini ko’rib, unga 
xalaqit bermaslik kerak, deb o’ylashlari mumkin. Kattalarning bola bilan o’zaro 
munosabatga kirish uchun qilgan sa’y-harakatlariga bola tomonidan emotsional javob 
olmasliklari tufayli, bolani o’z holiga tashlab qo’ya qoladilar.
Normal emotsional rivojlanishi bo’lgan bolada sensor stimulyatsiya orqali 
kattalar bilan aloqa o’rnatish faollashadi va mustahkamlanadi,autik bolaning sensor 
autostimulyasiyasi esa uni qamrab oladi va yakinlari bilan o’zaro aloqada bo’lishdan 
ajratib qo’yadi, ya’ni atrof-muhit bilan aloqaga kirishishini murakkablashtiradi va 
muloqot ko’nikmalari rivojlanishini orkada koldiradi. Yaqin kishilar bilan o’zaro 
aloqada bo’lish, eng avvalo, onasi bilan yaqin aloqani o’rnatish instinktiv darajada 
bola rivojlanishida namoyon bo’ladi. 
Ona qo’liga o’rganish - ona va bola munosabatlarining ilk poydevori 
hisoblanadi. Bola o’z onasi qo’lida o’zini tinch, bexavotir sezadi va himoyalanganlik 
hissini tuyadi. Autizm sindromi bo’lgan bolalar tabiiy, qulay pozani egallashga 
qiynaladilar. Bola go’yoki qo’lda “yoyilib ketayotgandek” yoki aksincha haddan 
ziyod zo’riqishni, qotib qolish, bo’ysunmaslik holatini ko’rsatadi. Ona qo’lida o’zini 
bu kabi tutgan bolaning onasida ham bolani ushlab turishga harakat qilshida zo’riqish 
yuqori darajada bo’lish tufayli ba’zan onaning butun tanasi og’riq his qiladi. Bola 
hatti-harakatidagi yana bir boshqa moslashuv shakli ona nigohini qayd etishdir. 
Ma’lumki, normal rivojlanishdagi bolada odam yuziga qiziqish erta uyg’onadi, 
instinktiv jihatdan bu eng kuchli ko’zg’atuvchi hisoblanadi. Bola hayotining birinchi 
oyidayoq bola ko’p vaqt onasi bilan ko’z orqali aloqani ushlab tura oladi. Nigoh 
orqali kommunikatsiya keyingi kommunikativ harakat shakllarining rivojlanishiga 
asos bo’ladi. Autik bola rivojlanishida ko’z orqali aloqa o’rnatish va uni 
davomiyligini ushlab turishning qiyinligini erta aniqlash mumkin. Kattalarning 
xotiralash bo’yicha bola boshqalarga qarashi, nigohini qayd etishi mumkin, lekin 
o’ziga xos “nimadir orqali” qaragandek, go’yoki yonidan, tartibli qayd etishi tufayli, 
uning nigohini ilg’ab olish qiyin. Ba’zida jadal, o’tkir nigohni ushlash mumkin. 
Tajriba tadqiqotlari ko’rsatishicha, katta yoshli autik bolalar uchun odam yuzi 
ularni jalb etuvchi obyekt hisoblanadi, biroq ular bu obyektda o’z nigohlarini uzoq 
muddat qayd eta olmaydilar, yuzni qisqa muddat ichida qayd etish va nigohni olib 
qochish ketma-ketligi kuzatiladi. Shuningdek, bola qo’lchasini katta kishiga qarab 
cho’zishi bolaning moslashuv reaksiyalaridan biri, ya’ni katta kishi bilan taktil 


149 
bog’lanishga intilishini ko’rsatuvchi poza hisoblanadi. Ko’pchilik autik bolalarda bu 
poza yorqin holda ko’rinmaydi, ya’ni u onaning qo’lida bo’lishga intilmaydi yoki 
onaning qo’lida o’zini noqulay holatda ekanligini ko’rsatadi. Muvaffaqiyatli affektiv 
rivojlanishning ko’rinishi bu o’z vaqtida kulgi yoki jilmayishning yuzaga kelishi va 
uni o’z yaqinlariga yo’naltira olishidir. Umuman, autik bolalarda bu o’z vaqtida 
yuzaga keladi, jilmayish o’z yaqinlariga boshqa bolalarga, shuningdek, predmetlar 
(chiroq, musiqa, oyisining ko’ylagidagi chiroyli naqshlar) ga qaratilishi mumkin.
Qisman ilk yoshdagi autik bolalarda “jilmayishdan zararlanish” fenomeni (bir 
kishining jilmayishiga boshqa kishining javob reaksiyasi sifatida jilmayish) 
kuzatilmagan. Ushbu fenomen normal rivojlanshga bola hayotining uchinchi oyidagi 
“jonlanish kompleksi”da paydo bo’ladi va rivojlanadi.1 Boladagi ilk kommunikativ 
harakatning yo’nalishi nafaqat katta kishini ko’rganida quvonishi (harakati 
faollashadi, katta kishgming yuzini qayd etish davomiyligi uzayadi, o’z tilida 
guvirlaydi), balki faol ravishda muloqotni davom ettirishni talab etishi, katta kishini 
ko’rganida quvonishi yoki yetarli darajada e’tibor qaratmaganida xafa bo’lishida 
yaqqol namoyon bo’ladi.
Autizmi bo’lgan bola bevosita muloqotdan tez charchaydi. U bilan muloqot 
qilishga harakat kilayotgan katta kishidan cheklanadi. Bolani parvarish qilayotgan 
kishi doimo bolani atrof-muhit bilan jismoniy va hissiy o’zaro aloqaga kirishuvini 
doimo boshqarib borishi tufayli bola ilk yoshidayoq katta kishining yuzini yaxshi 
farqlay oladi. Bu qobiliyat bola hayotining 5-6 oyida qayd etiladi. Bolada affektiv 
rivojlanishning orqada qolishi tufayli o’z yaqinlarining yuz ifodasini farqlay 
olmasligi, boshqa kishining hissiy holatini noto’g’ri idrok etishi va javob qaytarishi 
kuzatiladi. Masalan, katta kishiga kulganida yig’lashi yoki aksincha boshqa kishi 
yig’laganida kulishi mumkin. Bu holat hissiyotlar mezonlaridagi sifat belgisiga emas 
bazi (ijobiy yoki salbiy) rivojlanish bosqichida yuzaga kelishni normal holat, deb 
hisoblash mumkin bo’lgan qo’zg’atuvchining jadalligiga yo’nalganligi tufayli yuzaga 
kelishi ehtimoldir. Shuning uchun katta yoshli va ilk yoshdagi autik bola ham yaqin 
odamlarining qattiq kulgisidan cho’chib ketishi mumkin.

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish