3.1-sxema. Jahon turistik tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan joylashtirish vositalari tasnifi
Mehmonxona korxonalarining shinamlik darajasiga ko‘ra tasnifini
ko‘rib chiqishda xalqaro amaliyotda yuzaga kelgan tasniflarni hamda
ularni amalga oshirish tartibini bevosita belgilovchi
hujjatlarni ishlab
chiqishga nisbatan yondashuvlarni alohida qayd etib o‘tish kerak.
Birinchi yondashuvda bunday hujjatlarni ishlab chiqish, amalga tatbiq
etish va nazorat qilish bilan davlat organlari shug‘ullanadi, ya’ni
mehmonxona korxonalari shinamlik darajasining, balki, boshqa
joylashtirish vositalarining, shuningdek ovqatlanish korxonalarining davlat
tomonidan belgilangan rasmiy tasnifi mavjud. Xususan,
bunday
yondashuvga misollar Fransiya va Rossiyada kuzatiladi. Fransiya milliy
tasnifi Hunarmandchilik va turizm ishlari bhyicha savdo vazirligining
1966 yil 13 iyuldagi 66
/
371 son qarori bilan amalga kiritilgan. Rossiya
Federatsiyasida mehmonxonalarni tasniflash RF – GOST R 50645-94
«Turistik-ekskursiya xizmatlari khrsatish. Mehmonxonalar tasnifi» davlat
standartiga asosan amalga oshiriladi.
Ikkinchi yondashuvda hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va
nazorat qilish bilan kasaba uyushmalari va birlashmalari shug‘ullanadi.
Masalan, Germaniyada bu jarayonlarni Mehmonxona va restoran
xo‘jaliklari birlashmasi (EHOGA), Shveysariyada –
Shveysariya
mehmonxona sohiblari uyushmasi amalga oshiradi.
Jahon amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir mamlakat
doirasida bir nechta tasniflash tizimlari amal qiladi. Masalan,
Buyuk
Britaniyada «tojlar» tizimi bilan bir qatorda, Britaniya turistik agentliklar
uyushmasi –
«Britich Travel Authority»
(BTA) tomonidan taklif qilingan
tasniflash tizimi qo‘llaniladi:
45
Mehmon uylari
Ijtimoiy turizm
korxonalari
Boshqa joylashtirish
vositalari
Bastay
Manzilgohlar,
kulbalar
Alpotellar
Boshqalar
Boshqa muassasalar
-
byudjet mehmonxonalari – shaharning markaziy qismida joylashgan
va qulayliklar minimumiga ega mehmonxonalar;
-
turistik toifadagi mehmonxonalar – tarkibida restoran va bar bo‘lishi
shart;
-
o‘rtacha toifadagi mehmonxonalar – xizmat khrsatish saviyasi ancha
yuqori bo‘lgan mehmonxonalar;
-
birinchi toifa mehmonxonalar – shinamlik
darajasi juda yuqori
bo‘lgan, a’lo darajada xizmat ko‘rsatiladigan mehmonxonalar;
-
oliy toifa mehmonxonalar – yashash va xizmat ko‘rsatish ekstra
darajada bo‘lgan mehmonxonalar.
Buyuk Britaniyada amal qiluvchi «tojlar» tizimini «yulduzlar» tizimi
bilan uyg‘unlashtirish uchun «tojlar»ning umumiy miqdoridan bitta
«yulduz»ni ayirish kerak (masalan, to‘rt «tojli» daraja uch «yulduzli»
darajaga teng).
Yuqorida ko‘rib chiqilgan Britaniya agentliklari uyushmasi tomonidan
taklif qilingan mehmonxonalarni tasniflash
tizimi ham shunday
muvofiqlikni nazarda tutadi:
-
byudjet mehmonxonalari – 1 yulduz;
-
turistik toifa mehmonxonalari – 2 yulduz;
-
o‘rtacha toifa mehmonxonalar – 3 yulduz;
-
birinchi toifa mehmonxonalar – 4 yulduz;
-
oliy toifa mehmonxonalar – 5 yulduz.
Do'stlaringiz bilan baham: