qiladi. Har bir markada nafaqat shinamlik darajasi, balki mehmonxonaning
vazifasi, jyolashgan yeri va boshqa ayrim mezonlar ham hisobga olinishi
mumkin.
Masalan, Yevropadagi yirik «Accor» mehmonxonalar tarmog‘i
(Fransiya) har xil xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarning bir nechta
markasini taklif etadi:
-
Sofitel;
-
Novotel;
-
Mercury – u shinamlik va narx-navo darajasiga ko‘ra yana 3 guruhga
bo‘linadi:
-
Relais
/
Inn – standart nomerlar, sifatli xizmatlar taklif etadi;
-
Hotell
/
Mercury – nisbatan yuqori saviyada xizmat ko‘rsatiladi,
shinamlik darajasi ham yuqori;
-
Grand
/
Hotell – mehmonxona juda qulay yerda joylashgan, shinamlik
darajasi juda yuqori bo‘ladi, kun bhyi xizmat ko‘rsatiladi;
-
Ibis;
-
Etap;
-
Formule 1.
Bozor kon’yunkturasidan
kelib chiqib, «Accor» mehmonxonalar
tarmog‘i, turizm bozorining ma’lum segmentlariga xizmat ko‘rsatish
maqsadida, qaysi markaga egaligidan qat’i nazar, bir qancha mehmonxona
korxonalarini birlashtiradi. Masalan, «Novotel» va «Mercury» markasiga
ega bo‘lgan ayrim
mehmonxonalar kongressmenlar, ko‘rgazmalar va
boshqa shunga o‘xshash anjumanlar va tadbirlarni qabul qilish va ularga
xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan «Atria» guruhiga kiradi.
Mehmonxonalarning boshqa bir guruhi o‘z nomida «Goralia» belgisiga
ega bo‘ladi – bu «kurort mehmonxonasi» degan ma’noni anglatadi.
AQShdagi «Holiday Inn» yirik mehmonxonalar tarmog‘i markalarni
belgilashda mehmonxona korxonasi
qayerda joylashganini, mijozlar bu
yerda qancha vaqt bo‘lishini va ayrim boshqa mezonlarni hisobga oladi va
quyidagi markalarni nazarda tutadi:
-
Garden Cort – iqtisodiy
toifadagi mehmonxonalar;
-
Holiday Inn express – kvartira tipidagi mehmonxonalar (apart-otellar);
-
Holiday Inn sun sprii resorts – katta daromadli shaxslar uchun
mo‘ljallangan kurort mehmonxonalari;
-
Holiday Inn select – ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan
mehmonxonalar;
49
-
Holiday Inn hotels end – nomerlar fondining 10%
ni uzoq vaqt
yashaydigan ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan apartamentlar
tashkil etuvchi mehmonxonalar.
Ayrim hollarda mehmonxonalar markalarining nomlari
foydalanuvchiga tegishli axborot bermaydi. Shu bois turoperatorlar har bir
markani Yevropa tizimidagi yulduzlar miqdoriga mos ravishda belgilay
boshladilar. «Accor» mehmonxonalar tarmog‘i bilan bog‘liq holda:
Sofitel – 5 yulduz; Novotel – 4 yulduz; Mercury – 3 yulduz; Ibis – 2
yulduz; Formule 1 – yulduzsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: