2. Germaniya tasniflash tizimi
Germaniya tasniflash tizimiga
ko‘ra, mehmonxona korxonalari besh
toifaga ajratiladi. Bu tizimni Yevropa tizimi bilan uyg‘unlashtirish
maqsadida bu yerda har bir toifa ma’lum yulduzlar miqdoriga mos kelishi
nazarda tutiladi:
•
turistik toifa – 1 yulduz;
•
standart toifa – 2 yulduz;
•
komfortli toifa – 3 yulduz;
•
birinchi toifa – 4 yulduz;
•
lyuks – 5 yulduz.
Boshqa tasniflash tizimlari ham o‘zining «yulduzlar» tizimiga
muvofiqligini belgilashga harakat qiladi. Masalan,
Gresiyada A toifa
mehmonxonalar to‘rt
yulduzli darajaga, V toifa mehmonxonalar uch
yulduzli darajaga, S toifa mehmonxonalar ikki yulduzli darajaga, D toifa
mehmonxonalar bir yulduzli darajaga mos keladi. Italiyada birinchi toifa
mehmonxonalar shartli ravishda to‘rt yulduzli darajaga, ikkinchi toifa
mehmonxonalar uch yulduzli darajaga, uchinchi toifa mehmonxonalar ikki
yulduzli darajaga mos keladi.
Germaniya tasniflash tizimi 22 ta majburiy hamda korxonalar
toifasiga bog‘liq bo‘lmagan mezonlar bo‘yicha talablarni belgilaydi:
•
qabul qilish xizmatining ishi;
•
nonushtalar servisi;
•
ichimliklar servisi;
•
ovqatlanish servisi;
•
nomerda telefonning mavjudligi;
•
nomerlarning 75% minimal maydonga egaligi (vanna va hojatxona
maydonini ham qo‘shganda);
•
sanitariya qulayligi (vanna va hojatxonalarning umumiy jihozlanishiga
nisbatan foiz hisobida);
•
vanna va
hojatxonalarning jihozlanishi;
•
«suite»-nomerlar (apartamentli nomerlar)ning mavjudligi;
•
nomerlarning mebel va boshqa anjomlar bilan jihozlanishi;
•
nomerda radio va televizorlarning mavjudligi;
•
mehmonlar uchun sovg‘alarning mavjudligi;
47
•
kir yuvish va dazmollash xizmatining mavjudligi;
•
seyflarning mavjudligi;
•
xollar miqdori va holati;
•
naqd pulsiz hisob-kitoblar qilish imkoniyatining mavjudligi;
•
telefaksning mavjudligi;
•
mehmonxona barlari miqdori va ularning ish rejimi;
•
restoranlar miqdori va
ularning ish rejimi;
•
konferensiya va banketlar o‘tkazish imkoniyati;
•
qo‘shimcha (fakultativ) xizmatlar miqdori.
So‘nggi holat bhyicha qo‘shimcha xizmatlarning quyidagi miqdori
belgilangan:
•
«lyuks» mehmonxonalar uchun - 270;
•
birinchi toifa mehmonxonalar uchun – 120;
•
komfortli toifa mehmonxonalar uchun – 70;
•
standart toifa mehmonxonalar uchun – 25;
•
turistik toifa mehmonxonalar uchun – 0.
Germaniya tasniflash tizimining o‘ziga xos jihati shundan iboratki,
unda pansionlar,
karvonsaroylar, «garni» otellar singari mehmonxona
korxonalari uchun ham toifalar nazarda tutilgan. Bunday turdagi
mehmonxona korxonalariga tegishli toifalarni belgilashda «restoran»,
«ovqatlanish servisi» kabi majburiy talablar nazarda tutilmaydi,
qo‘shimcha talablarning zarur miqdori esa ancha kam:
-
birinchi toifa uchun – 90;
-
komfortli toifa uchun – 50;
-
standart toifa uchun – 15.
Bundan tashqari, mazkur korxonalarga ko‘pi bilan birinchi toifa (4
yulduz) berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: