4.4. Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi
huquq va majburiyatlari
Hududlardagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishda mahalliy
davlat hokimiyati organlari alohida o‗rin egallaydi. 1993-yil 2-sentyabrda qabul
qilingan ―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi № 913-XII-son O‗zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq, ―Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga
bo‗ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan
tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari‖
1
hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun
umumiy bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini,
joylarda qonunlar, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar,
yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini,
O‗zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan
fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari o‗rtasidagi aloqalarni, aholini
viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta‘minlaydi. Xalq deputatlari
viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda
1
―Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida‖gi (02.09.93.) 913-XII-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 1-modda.
43
o‗zini-o‗zi boshqarishni rivojlantirishga ko‗maklashish asosida o‗zini-o‗zi
boshqarish organlarining faoliyatini yo‗naltirib turadilar.
Mahalliy byudjetlarni shakllantirish hamda hududlar ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini ta‘minlashda mahalliy byudjetlardan foydalanish jarayonlari
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi Byudjet
Kodeksi, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasining
asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari
to‗g‗risida‖gi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‗ra, mahalliy hokimiyat
organlari ixtiyoriga ―mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy
soliqlar, yig‗imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‗armalarni hosil qilish‖
1
vakolati berilgan. Shu bilan mahalliy hokimiyat organlarining byudjet sohasidagi
faoliyatining konstitutsiyaviy asosi o‗rnatilgan. Joylardagi mahalliy vakillik
hokimiyati va ijro hokimiyati organlarining bu sohadagi vazifalari, vakolatlari
turlicha bo‗lib, ular avvalo ―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi Qonunda
belgilangan.
O‗zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning chuqurlashuvi mahalliy
hokimiyat organlarining ularga tegishli hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi
rolini yanada oshirib, moliya-byudjet sohasidagi huquqlarini kengaytirish va
ularning moliyaviy bazasini mustahkamlashni talab qiladi. Mahalliy byudjetlarning
salmog‗i oshishi ustun ravishda xarajatlarning oshib borishi bilan bog‗liq, ya‘ni
markaziy hokimiyat hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani
saqlash, ishchi kuchini qayta tayyorlash bilan bog‗liq vakolatlarni joylarga berib
bormoqda. Mahalliy byudjetlardan davlat takror ishlab chiqarish jarayoniga ta‘sir
etishda keng foydalanmoqda, mahalliy boshqaruv organlari hududiy darajada
davlatning maqsadga muvofiq vazifalarini tobora ko‗proq bajarmoqda.
O‗zbekiston Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi
Qonunining 7-moddasiga muvofiq, ―Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar
Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini
ma‘muriy-hududiy tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat,
tuman va shaharda mavjud bo‗lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat
qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar
Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi mutloq O‗zbekiston Respublikasi
mulkida bo‗lgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy
obyektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona
foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida
nazoratni amalga oshiradilar. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi,
viloyat, tuman, shahar hokimi o‗zlari idora qilayotgan hududdagi mulkchilikning
turli shakliga asoslangan korxonalar uchun O‗zbekiston Respublikasining
qonunlarida nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va xo‗jalik faoliyatini erkin yuritishga
to‗siqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli emaslar‖.
1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda
.
44
Yuqoridagi Qonunning 8-moddasiga muvofiq esa ―Xalq deputatlari viloyat,
tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o‗ziga berilgan yoki
qonunlarga muvofiq o‗zi sotib olgan obyektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini
to‗liq amalga oshiradi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-
mulki,
mahalliy
byudjetlarning
mablag‗lari
va
byudjetdan
tashqari
jamg‗armalarning mablag‗lari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman,
shahar ahamiyatiga ega bo‗lgan muhandislik infratuzilmasi obyektlari va boshqa
obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta‘limi, sog‗liqni saqlash, ijtimoiy
ta‘minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablag‗lari
hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil
etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar
Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan qimmatli qog‗ozlar va moliya
aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki bo‗lishi mumkin‖
1
.
Mahalliy byudjetlar orqali xalq ta‘limi, sog‗liqni saqlash, madaniyat va sport
muasassalari, mahalliy hokimiyat boshqaruv organlari, kam ta‘minlangan oilalarga
nafaqalar berish xarajatlari moliyalashtirib boriladi.
―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi Qonunning 8
1
-moddasida
2
Xalq
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi byudjetdan tashqari jamg‗armalar
tashkil etishi mumkinligi belgilab qo‗yilgan, ularga quyidagilar kiritiladi:
-
fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan byudjet
tashkilotlari mustasno) ixtiyoriy badallari va xayriyalari;
-
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa byudjetdan tashqari mablag‗lar.
Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari
jamg‗armalarining mablag‗lari shaxsiy g‗azna hisobvaraqlarida turadi, olib
qo‗yilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga ko‗ra
sarflanadi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, amaldagi ―Mahalliy davlat hokimiyati
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni 1993-yil 2-sentyabrda qabul
qilingan bo‗lib, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida yuzaga keladigan
dolzarb muammolarni hal qilishda ijobiy rol o‗ynadi. Shu bilan birga, ushbu qonun
qabul qilingandan davrdan beri markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari
faoliyatining ham normativ-huquqiy, ham tashkiliy-amaliy jihatlari tubdan
o‗zgartirildi va qayta tashkil etildi. Shu sababli ushbu qonunga bir qator
o‗zgartirishlar va qo‗shimchalar kiritish va uni takomillashtirish zarurati yuzaga
keldi. Yangi qonun loyihasining asosiy maqsadi mahalliy davlat hokimiyati
organlari vakolatlarini O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa
qonunlariga mos ravishda muvofiqlashtirishdan iborat. Umuman olganda, qonun
loyihasida quyidagi yo‗nalishlarda o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritilishi ko‗zda
tutilgan:
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari va vakolatlari;
1
―Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida‖gi Qonunning 8-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29
avgustdagi O‘RQ-439-sonli
Qonuni
tahririda - O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)
2
8
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonliQonunigaasosan kiritilgan (O‘R
QHT, 2013 y., 52-son, 686-modda)
45
Toshkent shahri va viloyat hokimlarining aholi tomonidan saylanishi tizimi;
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini
kengaytirish;
Hokimlarning aholi oldida hisobdorligi va hokimlarning faoliyatini
baholash;
Xalq deputatlari tomonidan hokim, prokuror, sud raislari, ichki ishlar
organlari rahbarlarining hisobotlarining eshitilishi;
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining iqtisodiy asoslari,
jumladan,hududning
rivojlanish
strategiyasi,
mahalliy
byudjet,
fiskal
nomarkazlashtirish mexanizmlarini joriy etish;
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa davlat organlari
(O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Vazirlar Mahkamasi, davlat
boshqaruvi organlari, o‗zini-o‗zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari) bilan o‗zaro
munosabatlari.
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 4-bob, 27-
moddasi bilan Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesining, xalq
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining,
28-moddasi bilan Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar
va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining, 30-moddasi bilan esa
hududiy moliya organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari belgilab qo‗yilgan.
Kodeksning tegishli moddasiga ko‗ra, Qoraqalpog‗iston Respublikasi
Jo‗qorg‗i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va
shaharlar Kengashlari
1
:
-
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar,
tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‗rib chiqadi va
qabul qiladi;
-
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi
to‗g‗risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining
taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko‗rib chiqadi va tasdiqlaydi;
-
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning stavkalarini qonun
hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.
Byudjet
Kodeksining
tegishli
bob
va
moddalarida
hududiymoliyaorganlariningbyudjetsohasidagivakolatlari (30-modda), mahalliy
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet tizimi
bo‗g‗inlari o‗rtasida taqsimlash tartiblari belgilab berilgan.
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda byudjet amaliyotidagi o‗zgarishlar,
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining qabul qilinishi, ―Mahalliy davlat
1
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 27-modda. O‘RQHT, 2014 y., 36-son, 452-modda
46
hokimiyati to‗g‗risida‖gi 913-XII-sonli Qonunga qator o‗zgartirishlar kiritilishi,
har moliyaviy yil uchun O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozlari va davlat
byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖gi Qarorlarida davlat byudjetining shakllanishi va
ijro etilishi bo‗yicha norma va tartib-taomillarning o‗zgarishi bilan davlat byudjeti
va byudjet munosabatlarini tashkil etishninghuquqiyasoslari takomillashib
bormoqda. Bu holatlar davlat byudjeti amal qilishini yangi sifat pog‗onasiga
ko‗tardi va byudjet resurslarining chegaralanganligi sharoitida butun mamlakatni
va uning alohida hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda davlat byudjetidan
samarali foydalanish, barcha darajadagi byudjetlar daromadlarining barqarorligini
va xarajatlarining oqilona ijrosini ta‘minlash masalalariga yangicha talablarni
qo‗ymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |