Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

BYUDJET KODEKSI
Umumiy qism 
Maxsus qism 
Byudjet to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarida qo‘llaniladigan yangi 
tushunchalar belgilangan 1-bob 
Byudjet tizimining yangi prinsiplari 
kiritilgan 2-bob 
Yangi byudjet tasnifi tushunchasi, 
tarkibi va asosiy prinsiplari 
belgilangan 3-bob 
Byudjet jarayoni ishtirokchilarining 
vakolatlari 
konsolidatsiyalashtirilgan va 
belgilangan 4-bob 
Davlat maqsadli jamg‘armalarini 
shakllantirish va ulardan 
foydalanishning byudjet jarayoni 
bilan umumiy kelishilgan normalari 
belgilangan 6-bob 
Konsolidatsiyalashtirilgan 
byudjetning maqsadlari va tarkibi 
belgilangan 7-bob 
O‘rta muddatli byudjetlashtirishni joriy etish 
uchun asos yaratilgan va byudjetdan mablag‘ 
ajratishning natijalar bilan bog‘liqligini 
ta‘minlaydigan dasturiy byudjetdashtirish 
vositalari joriy etilgan 16-bob 
Favqulodda byudjet tushunchasi joriy etilgan 
va uni shakllantirish shartlari belgilangan
17-bob 
Byudjet tashkilotlarining xarajatlari smetalari 
va byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar 
xarajatlarining yig‘ma smetalarini tuzish va 
ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi joriy 
etilgan 18-bob 
―Byudjet tizimi to‘g‘risida‖ va ―Davlat 
byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida‖gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan 
tartibga solingan byudjetlarni ijro etish 
normalari va tartiblari konsolidatsiya-
lashtirilgan va kelishilgan. Quyi byudjetlar 
daromadlari prognozining ortiqcha bajarilgan 
summasini yuqori turuvchi byudjetga 
markazlashtirishga yo‘l qo‘ymaslik 
to‘g‘risidagi norma joriy etilgan 19-bob 
Turli darajalardagi byudjetlarning 
xarajatlari idoraviy bo‘ysunish 
mezoni asosida chegaralangan 13-
bob 
Byudjet transfertlarining barcha turlari, shu 
jumladan, o‘zaro hisob-kitoblar aks ettirilgan 
20-bob 
Byudjet hisobi standartlarini joiy etishga asos yaratildi 24-bob 
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishning davriyligi va 
muddatlari belgilangan 27-bob 
Byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hollari tasniflangan 28-BOB 
O‘zgartirishlar kiritish tartiblari soddalashtirilgan va ularning miqdorlari aniqlangan
21-bob 
Davlat byudjeti va DMJlar ijrosi Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangandan keyin, bu bo‘yicha 
axborotni Moliya vazirligining rasimy saytida joylashtirish haqida norma kiritilgan 25-bob 


38 
Ushbu Kodeks O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini 
shakllantirish, tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat 
tomonidan mablag‗ jalb qilish va byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlari ijrosini 
nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 2013 yil 26 dekabrda qabul 
qilingan bo‗lib, 9 ta bo‗lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat. Ushbu Kodeks: 
-
O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish 
asoslarini;
-
O‗zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va uning 
tuzilmasini;
-
davlat byudjetini tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
-
davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalari daromadlarini 
shakllantirish va ularning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
-
davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‗rtasidagi o‗zaro 
munosabatlarni;
-
davlat byudjeti mablag‗lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida 
hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi. 
Kodeksda byudjet tizimi va byudjet tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar tarkibi, 
davlat byudjetining daromad va xarajatlari tarkibi, respublika va mahalliy 
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet bo‗g‗inlari 
o‗rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet jarayonini tashkil qilish tartiblari; byudjet 
taqchilligini moliyalashtirish manbalari, davlat maqsadli jamg‗armalari, ularni 
tashkil qilish va ular mablag‗laridan foydalanish tartibi kabilar belgilab berilgan. 
Yangi Byudjet Kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan 
kelib chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo‗lgan 
ziddiyatlarni bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet 
jarayonini tashkil etishdagi me‘yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni 
ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi. 
Byudjet Kodeksining alohida boblarida byudjet tizimi, uning tamoyillari, 
byudjet tizimini boshqarish organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari, byudjet 
tizimi tarkibiga kiruvchi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari kabilar belgilab 
berilgan. 
Umuman olganda Byudjet kodeksi 50 ga yaqin qonun hujjatlari va qonun 
osti hujjatlarini o‗z ichiga oladi. Moliya-byudjet tizimida mazkur huquqiy 
hujjatning qabul qilinishi bilan O‗zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar 
Hamdo‗stligi davlatlari orasida o‗z Byudjet kodeksiga ega bo‗lgan davlatlar safiga 
qo‗shildi (4.1-jadval). 
Xalqaro tajribada Byudjet kodeksi – ma‘lum bir mamlakat byudjet 
tizimining asoslarini, uning tuzilishi, umumiy prinsiplarini, turli darajadagi 
byudjetlar va ularning vakolatlarini, byudjet jarayoni asoslari va byudjetlararo 
munosabatlarni, byudjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralarini 
belgilovchi 
qonun 
hujjati 
hisoblanadi. 
O‗zbekistonda mazkur Kodeks 
mamlakatimizning mustaqillik davridagi qonunchilik faoliyatida qabul qilingan 
o‗n oltinchi kodeks bo‗lib, u ko‗pqirrali moliyaviy munosabatlarni tartibga 


39 
solishga xizmat qiluvchi Bojxona va Soliq kodekslaridan keyin qabul qilingan 
byudjet-moliya sohasiga taalluqli bo‗lgan uchinchi kodeksdir. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish