Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


-jadval  MDH davlatlarida Byudjet kodeksining mavjudligi to„g„risida ma‟lumot



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

4.1-jadval 
MDH davlatlarida Byudjet kodeksining mavjudligi to„g„risida ma‟lumot 
№ MDHdavlatlari 
Byudjet kodeksining mavjudlik holati 
1. 
Armaniston 
mavjud emas 
2. 
Belorussiya 
mavjud, 16.07.2008 yilda qabul qilingan 
3. 
Moldaviya 
mavjud emas 
4. 
Ozarbayjon 
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda 
5. 
Rossiya 
mavjud, 31.07.1998 yilda qabul qilingan 
6. 
Tojikiston 
mavjud emas 
7. 
Turkmaniston 
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda 
8. 
Ukraina 
mavjud, 21.06.2001 yilda qabul qilingan 
9. 
Qozog‗iston 
mavjud, 04.12.2008 yilda qabul qilingan 
10. Qirg‗iziston 
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda 
11. O‗zbekiston 
mavjud, 26.12.2013 yilda qabul qilingan 
Yuqorida sanab o‗tilgan barcha o‗zgartirishlar va yangiliklar ilg‗or xalqaro 
tajribani o‗rganish asosida joriy etilgan bo‗lib, ularda mamlakatimiz byudjet 
tizimining samaradorligi hamda ochiq-oydinligini yanada oshirish ko‗zda tutilgan. 
4.3. Soliq kodeksi, uning davlat byudjetini shakllantirishdagi ahamiyati 
Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy jarayonlar, tadbirkorlar va 
ishbilarmonlarga biznesni yuritish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish 
borasidagi engilliklar, kichik biznes subyektlariga berilayotgan preferensiyalar 
soliq mexanizmlarini ham yanada takomillashtirishni hamda yangi tahrirdagi Soliq 
kodeksini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. 
2007-yilgacha amalda bo‗lgan Soliq kodeksi 135 moddadan iborat bo‗lib, 
soliq munosabatlarini tartibga solishda u bilan birga ko‗pgina yo‗riqnoma, nizom 
va tartiblar ham qo‗llanilar edi. Soliq qonunchiligiga tez-tez o‗zgartirishlar 
kiritilishi va soliq normalarining boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga 
solinishi muayyan noaniqlik, tushunmovchilik va soliq normalarining har xil talqin 
qilinishiga olib kelardi, bu aksariyat hollarda soliq to‗lovchilarning haqli 
e‘tirozlariga sabab bo‗lardi. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XII yalpi majlisida soliq 
siyosati va tizimini yanada isloh qilish hamda erkinlashtirish maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi ma‘qullanib, 
Prezident tomonidan imzolanganidan so‗ng, 2008-yil 1-yanvardan e‘tiboran 
kuchga kirdi. Kodeksda ko‗zda tutilgan me‘yor va qoidalar, avvalo, soliq tizimi va 
soliq munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va 


40 
mutanosib rivojlantirishda soliqlarning rag‗batlantiruvchi rolini kuchaytirishga 
qaratilgan. 
―O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 
O‗zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga binoan, ikki yil davomida 
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va 
samaradorligini muntazam monitoring va tahlil qilib borish, zarur bo‗lgan hollarda 
esa uni yanada takomillashtirish uchun takliflar kiritish belgilandi. Shu maqsadda 
Vazirlar Mahkamasi huzurida idoralararo maxsus guruh va uning doimiy ishchi 
organi tuzildi. Ikki yil mobaynida ushbu ishchi organga Soliq kodeksini 
takomillashtirish bo‗yicha mingdan ortiq takliflar kelib tushdi. Ular asosan 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq 
qo‗mitasi tomonidan o‗tkazilgan seminarlarda, davra suhbatlarida xo‗jalik 
yurituvchi subyektlar, tadbirkorlar, tijorat banklari, xalqaro moliya tashkilotlari va 
ekspertlar tomonidan berilgan takliflar bo‗lib, 2008-yildayoq ana shu takliflar 
asosida Soliq kodeksining 79 ta moddasiga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritilgan 
edi. 
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va 
samaradorligini muntazam ravishda monitoring va tahlil qilib borish bo‗yicha 
belgilangan muddatning ikkinchi yilida, ya‘ni 2009-yil mobaynida kelib tushgan 
takliflar asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan ―O‗zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksiga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi hamda ―Soliq 
to‗g‗risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‗zbekiston 
Respublikasining ayrim qonunlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖gi 
O‗zbekiston Respublikasining qonunlar loyihalari Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasiga kiritilgan. Quyi palata tomonidan qabul qilingan mazkur qonunlar 
Senatning yigirmanchi yalpi majlisida ma‘qullandi hamda Prezident tomonidan 
imzolanib, 2010-yil 1-yanvardan hayotga tatbiq etila boshlandi
1

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi
2
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni 
belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O‗zbekiston Respublikasi davlat 
byudjetiga va davlat maqsadli jamg‗armalariga to‗lash bilan bog‗liq 
munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‗liq 
munosabatlarni tartibga soladi. Kodeks 64 ta bob, 392 moddadan iborat bo‗lib, u 
soliq 
masalalarini 
tartibga 
soluvchi 
barcha 
me‘yor 
va 
qoidalarni 
mujassamlashtirgan va to‗g‗ridan-to‗g‗ri amal qiluvchi hujjatga aylandi. Jumladan, 
yangi Kodeksda iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan Prezident farmonlari va 
qarorlarida bayon etilgan normalar to‗liq ifodasini topgan. 
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirish 
va manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyatga katta. Unga muvofiq, soliqqa 
tortish masalalarida baxsli holatlar yuzaga kelganda, masala soliq to‗lovchi 
foydasiga hal etiladi. Soliq kodeksiga (avvalgi tahrirdagi kodeksda mavjud 
bo‗lmagan) soliq to‗lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi kiritildi, ya‘ni soliq 

1
―Xalq so‘zi‖ gazetasi 2010 yil 15 yanvar

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish