Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

, №10 (4925)
 
2
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 1-son, 1-modda 


41 
to‗g‗risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo‗lmaydigan barcha qarama-
qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‗lovchi foydasiga talqin etiladi va bu Soliq 
kodeksining tamoyillarida alohida belgilab qo‗yildi. 
Soliq kodeksining 6-11-moddalariga muvofiq, soliq to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlari soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining 
yagonaligi, soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va, yuqorida 
ta‘kidlanganidek, soliq to‗lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga 
asoslanadi. Soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining qoidalari Kodeksda belgilangan 
ushbu prinsiplarga zid bo‗lishi mumkin emas. 
Bundan tashqari, Soliq kodeksining soliq ma‘murchiligi masalalariga 
bag‗ishlangan umumiy qismi avvalgisiga nisbatan tubdan o‗zgartirildi va 
kengaytirildi. Mazkur qismda fuqarolarga sodda va tushunarli bo‗lishi uchun 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar tushunchalariga, shuningdek, yuridik shaxs, 
jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor kabi tushunchalarga alohida ta‘riflar 
berildi. Endilikda barcha soliq to‗lovchilar soliqlarni qaysi maqsadda 
to‗layotganliklari to‗g‗risida to‗liq va kengroq tasavvurga ega bo‗ladilar, bu esa, 
o‗z navbatida, soliq madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 
Shuningdek, Soliq kodeksida soliq nazoratining shakllari ham belgilanib, 
ularning mazmun-mohiyati alohida moddalarda aniq-ravshan tarzda yoritildi. 
Chunonchi, unda soliq tekshiruvlari tushunchasi va ularning shakllari, soliq 
tekshiruvlarining turlari, ishtirokchilari, tekshiruvni o‗tkazish uchun asos 
bo‗ladigan holatlar, muddatlar, uning davriyligi hamda soliq tekshiruvlarini 
o‗tkazish tartibi to‗g‗risida tushunchalar ochib berildi. 
―Soliq nazorati‖ bobida, jumladan, kameral nazorat, xronometraj masalalari 
yoritilgan. Ularni o‗tkazish tartibi, muddatlari, davriyligi hamda ularni o‗tkazish 
uchun zarur bo‗lgan hujjatlar ko‗rsatib o‗tilgan. 
Soliq kodeksi soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me‘yor va 
qoidalarni 
mujassamlashtirgan, 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
amal 
qiluvchi 
hujjatga 
aylantirilganligi bois, uning amalga kiritilishi munosabati bilan o‗z ahamiyatini 
yo‗qotgan bir qator qonun hujjatlari butunlay bekor qilindi. ―Muddatida 
to‗lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni undirib olish to‗g‗risida‖gi, 
―Davlat boji to‗g‗risida‖gi, ―Patta to‗lovi to‗g‗risida‖gi qonunlar shular 
jumlasidandir. 
Lekin keyingi yillarda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-
iyuldagi ―Soliq ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlarning yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 
farmoni talablarini amalga oshirish borasida ko‗rilayotgan chora-tadbirlarga 
qaramasdan, respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning 
qo‗shimcha zaxiralarini aniqlash, soliq ma‘muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xorij mamlakatlarining soliq 
qonunchiligi va ma‘muriyatchiligi sohasidagi sinalgan ilg‗or yutuqlarini 
implementatsiya qilish ishlari qoniqarsizligicha qolmoqda. Bu kamchiliklarni 
bartaraf etish maqsadida 2018-yil 13-fevralda O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining ―Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‗yicha tashkiliy 


42 
chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi farmoyishi qabul qilindi. Farmoyishda Soliq 
ma‘muriyatchiligi va soliqqa tortishning zamonaviy usullarini, soliqlarning to‗liq 
yig‗iluvchanligi va byudjetga o‗z vaqtida tushishi ustidan samarali nazorat 
mexanizmlarini joriy etish orqali soliq-byudjet siyosatini yanada takomillashtirish, 
byudjet jarayoni shaffofligi darajasini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar 
belgilandi. Jumladan, birinchi bosqichda – 2018-yil 1-aprel kuniga qadar 
O‗zbekiston Respublikasi soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish kontseptsiya 
loyihasini ishlab chiqish; ikkinchi bosqichda – 2018-yil 1-iyul kuniga qadar 
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahriri loyihasini ishlab chiqishni 
ta‘minlash belgilandi. Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 
yangi tahririni ishlab chiqishga xalqaro ekspert va maslahatchilarni jalb qilish 
nazarda tutildi.
Xulosa qilib aytganda, Soliq kodeksi mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal 
sur‘atlar bilan o‗sishiga, uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta‘minlashga 
qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirishga, xususan, tadbirkorlik, kichik biznes va 
fermerlik harakatining izchil rivojlanishiga kafolat va imtiyozlar beradigan 
siyosatni davom ettirishda huquqiy asos bo‗lib xizmat qiladi. U soliq tizimi va 
soliq munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va 
mutanosib rivojlantirishda soliqlarning rag‗batlantiruvchi rolini yanada kuchay-
tirish, yurtimizda islohotlarni amalga oshirish uchun ilg‗or zamonaviy soliq solish 
tizimiga mos keladigan va byudjetning daromad qismining shakllanishini barqaror 
ravishda ta‘minlaydigan hamda iqtisodiy o‗sishga ta‘sirchan omil bo‗ladigan 
samarali soliq tizimi barpo etilishini ta‘minlaydi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish