263
o‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz fuqarolarga uyda xizmat ko‗rsatish xarajatlari
ham kiradi.
O‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz fuqarolarga uyda xizmat ko‗rsatish
―Yolg‗iz qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam
ko‗rsatish xizmati‖ tomonidan tashkil qilinadi. Ushbu xizmat tuman va shahar
Bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tarkibiy
tuzilmasi hisoblanadi va yolg‗iz fuqarolarga xizmat ko‗rsatuvchi ijtimoiy
xodimlardan tashkil topadi.
Ijtimoiy yordam ko„rsatish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
-
fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari va sog‗liqni saqlash
muassasalari bilan birgalikda uyida o‗zgalar parvarishiga muhtoj, yolg‗iz
fuqarolarni aniqlash va hisobini yuritish;
-
yolg‗iz fuqarolarga homiylik yordamlarini ko‗rsatish maqsadida ularning
ilgari ishlagan mehnat jamoalari, jamoat birlashmalari va fuqarolarning o‗zini o‗zi
boshqarish organlari bilan aloqalarini olib borish;
-
yolg‗iz fuqarolarni internat-uylariga joylashtirish uchun ko‗maklashish.
Tuman yoki shahar bo‗yicha Uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmatida
qayd etilgan yolg‗iz fuqarolarga ushbu bo‗linmaning ijtimoiy xodimlari tomonidan
bevosita quyidagi ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatiladi:
-
zarur oziq-ovqat, sanoat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga etkazib
berish;
-
uy-joy ashyolari va kiyim-kechaklarni yuvish, kimyoviy tozalashga
topshirish, ta‘mirlash va ularni etkazib berish;
-
zarur tibbiy yordam ko‗rsatish ishlarida, uy-joyni tozalashda, xonadon
ichidagi santexnik jihozlarni ta‘mirlashda ko‗maklashish;
-
qarindosh va do‗stlar bilan yozishmalar olib borish bilan bog‗liq iltimoslar
va boshqa turdagi bir martalik topshiriqlarni bajarish.
Tuman (shahar) Bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish markazlari o‗zlarida ro‗yxatda turuvchi yolg‗iz fuqarolarga uyda ijtimoiy
xizmat ko‗rsatish ishlari bo‗yicha har haftalik monitoring olib boradi va ijtimoiy
xodimlarning xizmat ko‗rsatish faoliyatiga baho beradi. Shuningdek, Markazlar
yolg‗iz fuqarolarga uyda ijtimoiy xizmat ko‗rsatish bo‗yicha har chorak yakunida
tegishliligiga ko‗ra Qoraqalpog‗iston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga, ular esa o‗z navbatida O‗zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ma‘lumot
taqdim etib boradi.
O‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam
ko‗rsatish haqidagi Nizom
1
bilan Ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmati tomonidan
xizmat ko‗rsatiladigan yolg‗iz fuqarolar toifalari belgilangan bo‗lib, unga ko‗ra
1
O‗zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011 yil 1 iyuldagi 38-B-son
buyrug‘iga ilova
265
belgilanadi.Ijtimoiy xodimlarga yo‗l haqi uchun kompensatsiya to‗lovlari
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda joriy qilinadi.
Ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmatining ta‘minot xarajatlari o‗rnatilgan
tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Qoraqalpog‗iston Respublikasi
va mahalliy byudjet mablag‗lari hisobidan ijtimoiy ta‘minotga ajratilgan
mablag‗lar doirasida amalga oshiriladi.Smeta xarajatlarida ijtimoiy yordam
ko‗rsatish xizmati faoliyatini amalga oshirish uchun ish haqi va unga
tenglashtirilgan to‗lovlar, kantselyariya jihozlari va boshqa inventarlarga bo‗lgan
ish beruvchilarning ajratmalari hamda o‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz
pensionerlar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda eng zarur
mollarni xarid qilish bilan bog‗liq xarajatlar ko‗zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: