Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


-rasm. Ijtimoiy ta‟minot xizmatlari



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

18.1-rasm. Ijtimoiy ta‟minot xizmatlari
1
 

barcha turdagi pensiyalar; 

ijtimoiy nafaqalar; 

turli kompensatsion to‗lovlar; 

fuqarolarning alohida toifalariga tibbiy yordam va davolash xizmatlari; 

fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar; 

1
Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida . – T.: Iqtisodiyot, 2013. B.185. 


barcha turdagi pensiyalar, ijtimoiy 
nafaqalar, turli kompensatsion 
to‘lovlar 
fuqarolarning alohida toifalariga 
tibbiy yordam va davolash 
xizmatlari 
fuqarolarning alohida toifalariga 
imtiyozlar 
uy-internatlarda keksa va mehnatga 
layoqatsiz fuqarolarga qarash va 
xizmat ko‘rsatish 
nogironlarni ortopediya-protez 
buyumlar va harakatlanish vositalari 
bilan ta‘minlash 
bolalar uylari, internatlar va boshqa 
muassasalarda bolalarga qarash va 
ularni tarbiyalash 
nogironlarni ishlab chiqarish va 
kasbiy reabilitatsiya qilish 
aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari 
ko‘rsatish 
imtiyozli aholi qatlamlarini dori-
darmonlar bilan ta‘minlash 
uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va 
boshqalar 
Ijtimoiy ta‟minot xizmatlari


255 

uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va 
xizmat ko‗rsatish; 

nogironlarni ortopediya-protez buyumlar va harakatlanish vositalari bilan 
ta‘minlash; 

bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va 
ularni tarbiyalash; 

nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish; 

aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‗rsatish; 

imtiyozli aholi qatlamlarini dori-darmonlar bilan ta‘minlash; 

uyda ijtimoiy xizmat ko‗rsatish va boshqalar. 
Bu xizmatlarning ayrimlari byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi 
hisobidan moliyalashtirilsa (masalan: yoshga doir, boquvchisini yo‗qotganlik va 
nogironlik pensiyalari, bola tug‗ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn 
marosimlari uchun nafaqa kabi), ayrimlari (masalan: qariyalar va nogironlar 
uylarini saqlash, bepul ortopediya-protezlash vositalari bilan ta‘minlash, uyda 
ijtimoiy yordam ko‗rsatish kabi) davlat byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy 
byudjetlar) hisobidan, boshqa birlari (masalan, aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari 
ko‗rsatish) kasaba uyushmalari hisobidan mablag‗ bilan ta‘minlanadi.
Ijtimoiy ta‘minot tushunchasini yoritishga bag‗ishlangan fikrlarimizni 
nihoyasiga etkazib shuni ta‘kidlaymizki, bepul ta‘lim, uy-joy bilan bepul 
ta‘minlash kabi ijtimoiy yordam turlari, garchi aholining ijtimoiy ahvolini 
engillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar sirasiga kirsa-da, ijtimoiy ta‘minot 
tarkibiga kirmaydi, balki davlatning ijtimoiy kafolatlarini ta‘minlash chora-
tadbirlari 
qatorida 
davlat 
byudjeti 
va 
boshqa 
davlat 
mablag‗laridan 
moliyalashtiriladi. 
Ijtimoiy ta‘minot tizimining zarurligi va ahamiyati uning funksiyalarida 
namoyon bo‗ladi. Iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda ijtimoiy ta‘minotning 
quyidagi funksiyalarni bajarishi ko‗rsatilgan: 
iqtisodiy, siyosiy, demografik, 
ijtimoiy-reabilitatsion funksiyalar.
Ijtimoiy ta‟minotningiqtisodiy funksiyasi
fuqarolarning qiyin hayotiy 
holatlarda moddiy qo‗llab-quvvatlanishida, fuqarolarga mehnat qobiliyatini qayta 
tiklab olish uchun moddiy yordam berilishi natijasida mehnat unumdorligining 
oshishi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki berishda namoyon bo‗ladi. 
Ijtimoiy ta‟minotning siyosiy funksiyasi
aholining turli ijtimoiy qatlamlari 
ijtimoiy holati darajasini bir-biriga yaqinlashtirish, har bir insonga munosib hayot 
kechirish uchun sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ijtimoiy 
munosabatlarni barqarorlashtirishga qaratilgan. 
Demografik funksiyasi
mamlakat aholisining son jihatdan o‗sishini 
rag‗batlantirish, sog‗lom avlodni etishtirish, fuqarolarning umr ko‗rish 
davomiyligini oshirish kabilarga qaratilgan.
Ijtimoiy ta‟minotning ijtimoiy-reabilitatsion funksiyasi 
keksa va mehnat 
qobiliyati bo‗lmagan fuqarolarning o‗ziga xos spetsifik ehtiyojlarini qondirish 
bilan bog‗liq bo‗lib, ularning huquqiy maqomini saqlash va sog‗lig‗ini muhofaza 


256 
qilish uchun qulay sharoitlarni yaratishda namoyon bo‗ladi. Amalda bu 
funksiyaning namoyon bo‗lishini fuqarolarning ayrim toifalarini qariyalar uylarida 
saqlash, boshqa bir toifadagilarni ortopediya-protezlash vositalari bilan ta‘minlash, 
uchinchilariga uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatishda ko‗rish mumkin. 
Bizning fikrimizcha, ijtimoiy ta‘minot yana bir, bizning nazarimizda juda 
muhim funksiya – 
ijtimoiy himoyalash funksiyasini
bajaradi. Jamiyat, o‗z 
fuqarolariga ijtimoiy ta‘minotni taqdim etar ekan, birinchi navbatda o‗z oldiga 
ularni ijtimoiy himoya qilishdek o‗ta muhim vazifani qo‗yadi, zero qiyin hayotiy 
holatlarda ularni himoyalash, turli (moddiy, jismoniy, ruhiy, yosh bilan, oilaviy 
vaziyat bilan bog‗liq) muammolarni hal qilishda yordam berish ijtimoiy 
ta‘minotning zarurligi va ahamiyatini belgilab beradi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish