Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


-MAVZU. DAVLAT BYUDJETINING IJTIMOIY TA‟MINOT



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

18-MAVZU. DAVLAT BYUDJETINING IJTIMOIY TA‟MINOT 
XARAJATLARI 
 
REJA: 
 
18.1. 
Ijtimoiy ta‟minot tizimining mohiyati, vazifalari va ahamiyati 
18.2. 
O„zbekiston Respublikasida ijtimoiy ta‟minot tizimining moliyaviy 
manbalari 
18.3. 
Ijtimoiy ta‟minot xarajatlarini davlat byudjetidan mablag„ bilan 
ta‟minlash 
18.4. 
Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy ta‟minotning iqtisodiy va moliyaviy 
asoslari 
Tayanch so„z va iboralar: 
ijtimoiy yordam; ijtimoiy sug„urta; 
ijtimoiy siyosat; ijtimoiy ta‟minot;keksalar; jamiyatning ko„magiga 
ehtiyojmandlar; imtiyozlar; kompensatsiyalar; pensionerlar; nogironlar; 
voyaga etmagan bolalar; mehnatga layoqatsiz aholi; maqsadli dasturlar
 
18.1.
 
Ijtimoiy ta‟minot tizimining mohiyati, vazifalari va ahamiyati
Ijtimoiy ta‘minot doimo davlat va jamiyat hayotida markaziy va hal qiluvchi 
o‗rinni egallab kelgan. Mamlakatda yashaydigan fuqarolarda o‗z hayot 
faoliyatining ma‘lum bosqichlarida va alohida holatlarda ijtimoiy ta‘minot tizimi 
xizmatlariga ehtiyojlari yuzaga keladi. Uning holati mamlakat iqtisodiy rivojlanish 
darajasiga, mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, shuningdek, 
mehnatkashlarning hamda ma‘lum sabablarga ko‗ra ishlamaydigan aholi 
qatlamlarining ijtimoiy ahvoliga bog‗liq.
―Ijtimoiy ta‘minot‖ tushunchasining mazmuni, uning holatini belgilab 
beruvchi omillar bizning mamlakatimizda ijtimoiy ta‘minot tizimining rivojlanishi 
bilan shakllanib bordi. Iqtisodiy ta‘limotlar va fanda ―ijtimoiy ta‘minot‖ 
tushunchasining turlicha talqin etilganligini ko‗rish mumkin. Masalan, tarixan 
ancha ilgari yaratilgan rus izohli lug‗atida
1
ijtimoiy ta‘minotga ―jamiyat tomonidan 
u yoki bu shaxsga hayot uchun etarli bo‗lgan moddiy mablag‗larni taqdim etish‖ 
deb ta‘rif berilgan, ushbu ta‘rifda jamiyat a‘zolariga jamiyat tomonidan taqdim 
etiladigan yordamnnig turli shakllari ijtimoiy ta‘minot hisoblanadi, degan fikr 
ilgari surilgan. Lekin bunday yordamning shakllari va turlari turli-tuman bo‗lishi, 
turli toifadagi aholi qatlamlarini qamrab olishi, turli manbalardan mablag‗ bilan 
ta‘minlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning har bir bosqichida o‗zgarib turishi 
mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, fanda ijtimoiy ta‘minot tushunchasi 
mazmunini yoritish bo‗yicha ikkita konsepsiya shakllanganligini ko‗rish mumkin: 
iqtisodiy va huquqiy.
Iqtisodiy konsepsiya tarafdorlari ijtimoiy ta‘minotga jamiyat a‘zolari uchun 
ijtimoiy iste‘mol fondlaridan taqdim etiladigan yordamning barcha turlarini (shu 

1
Qaralsin: ОжеговС. И. Словарьрусскогоязыка. М: Русскийязык, 1984. С. 374, 670. 




252 
jumladan, bepul ta‘lim, uy-joy bilan bepul ta‘minlash, madaniyat muassasalarini 
saqlash, pensiya va nafaqalarning barcha turlari, ayrim fuqarolarga ijtimoiy, tibbiy 
yordam ko‗rsatish va turli imtiyozlar berish) kiritadilar. Bu konsepsiyaning asosini 
moddiy va moliyaviy ne‘matliklarni ijtimoiy iste‘mol fondlari orqali taqsimlash 
usuli tashkil etgan. 
Huquqiy konsepsiya vakillari ijtimoiy ta‘minot jamiyatning barcha 
a‘zolariga emas, balki uning faqat alohida qatlamlariga – davlat tomonidan 
muhofaza qilinishi lozim bo‗lgan guruhlariga qaratilishi kerakligini e‘tirof 
etganlar. Aholining bunday guruhlariga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 
turli bosqichlarida turli toifadagi fuqarolar kiritilgan. Xususan, sovet hukumati 
davrida ijtimoiy ta‘minot bilan avval yollanib ishlovchi ishchi-xizmatchilar, 
keyinroq kolxoz a‘zolari, bolalar, ko‗p bolali oilalar, yolg‗iz onalar qamrab 
olingan.
Ijtimoiy ta‘minot tushunchasini o‗rgangan olimlarning izlanishlarini 
o‗rganish shundan dalolat beradiki, ayrimlar ijtimoiy ta‘minot faqat ayrim aholi 
qatlamlariga qaratilishi kerak, deb da‘vo qilsalar, boshqalar ijtimoiy ta‘minot 
barcha aholiga qaratilgan bo‗lishi kerak, deb ta‘kidlaydilar va bepul ta‘lim hamda 
bepul tibbiy xizmat va davolash xizmatlarini ham ijtimoiy ta‘minot tizimiga 
kiritadilar. Shuningdek, bir qator olimlar ijtimoiy ta‘minot faqat davlat byudjetidan 
moliyalashtirilishi zarurligini ta‘kidlasalar, boshqalari ijtimoiy ta‘minotning 
ko‗pkanalli moliyalash manbalari shakllanganligini va ijtimoiy ta‘minot masalalari 
bilan shug‗ullanadigan bir nechta mahkama mavjudligini e‘tirof etadilar. 
Bu borada A.Vahobov va T.Malikovlarning ―Moliya‖ nomli darsliklarida 
berilgan ta‘rifga to‗xtaladigan bo‗lsak, ularning fikricha, ―iqtisodiy kategoriya 
sifatida ijtimoiy ta‘minotga quyidagicha ta‘rif berish mumkin: ... fuqarolarni 
moddiy ta‘minlash va ularga xizmat ko‗rsatish uchun milliy daromadning bir qismi 
hisobidan pul mablag‗larining ijtimoiy fondlarini shakllantiradigan va ulardan 
foydalanadigan taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta‘minot deyiladi. 
Mana shunday keng ko‗lamda, ijtimoiy ta‘minot fondlarini shakllantirish 
manbalari va ta‘minotni tashkil etishga bog‗liq bo‗lmagan holda jamiyatning 
barcha a‘zolarini tegishli tarzda ta‘minlanishini o‗z ichiga qamrab oladi‖
1

Mualliflar ijtimoiy ta‘minotning mazmuni borasida iqtisodchilar o‗rtasida yagona 
fikr mavjud emasligini haqli ravishda e‘tirof etadilar. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish