Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

Internet 
resurs 
manbalaridagi 
ma‟lumotlarda,
masalan 
jamoat 
ensiklopediyasida ―ijtimoiy ta‘minot- keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo‗lgan va 
boquvchisini yo‗qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‗rsatish 
bo‗yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi bo‗lib, 
ijtimoiy himoyaning muhim tarmog‗i hisoblanadi‖
2
, deb ta‘riflangan. 
Ijtimoiy ta‘minot tushunchasining talqiniga bo‗lgan qarashlarni inobatga 
olgan holda, uning u yoki bu yordam turini ijtimoiy ta‘minotga tegishli ekanligini 

1
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik. T.: ―NOSHIR‖, 2011. 449-bet 


2
Manba: https://uz.wikipedia.org/ 


253 
belgilab beruvchi asosiy zamonaviy mezonlarini (belgilarini) aniqlab olish lozim. 
Fikrimizcha, bunday belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1) 
moliyalashtirish manbalari:
barcha olimlar va tadqiqotchilarning fikriga 
qo‗shilgan holda, ijtimoiy ta‘minot davlat tomonidan shakllantiriladigan maxsus 
jamg‗armalar hisobidan amalga oshirilishi lozim. Haqiqatan ham, bugungi kunda 
O‗zbekiston Respublikasida ijtimoiy ta‘minotni mablag‗ bilan ta‘minlash quyidagi 
manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda: byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‗armasi, Bandlikka ko‗maklashish davlat jamg‗armasi, davlat byudjeti 
(respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar), kasaba uyushmalarining mablag‗lari 
(Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining ijtimoiy sug‗urta byudjeti). 
2) ijtimoiy ta‟minot bilan qamrab olingan fuqarolar guruhlari: 
huquqiy 
jihatdan ―har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‗qotganda, shuningdek 
boquvchisidan mahrum bo‗lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda 
ijtimoiy ta‘minot olish huquqiga ega‖
1
. Fuqarolarning bu huquqlari davlatimiz 
Konstitutsiyasi bilan mustahkamlab qo‗yilgan. Konstitutsiyamizning ushbu 
huquqlarni belgilab bergan 39-moddasining mazmunidan ham ko‗rinib turibdiki, 
ijtimoiy ta‘minot fuqarolarning alohida toifalariga: qariyalar, nogironlar, 
bolalikdan nogironlar, boquvchisini yo‗qotgan fuqarolar, vaqtinchalik mehnat 
qobiliyatini yo‗qotgan fuqarolar, homilador ayollar, vaqtincha ishsiz maqomi 
berilgan fuqarolar, ijtimoiy yordamga muhtoj yolg‗iz fuqarolarga qaratiladi. 
Ijtimoiy ta‘minotning mazmunini shakllantirishda yana shuni inobatga olish 
kerakki, ijtimoiy ta‘minot rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi davlatning 
ijtimoiy siyosati yo‗nalishlarini aks ettiradi. Ijtimoiy siyosatdagi ustuvorliklarning 
o‗zgarishi ijtimoiy ta‘minotning ham usullari va shakllarining o‗zgarishiga olib 
keladi. Xususan, taraqqiyotning ma‘lum davrlarida (70-80-yillarda) ijtimoiy 
siyosat aholining son jihatdan ko‗payishini rag‗batlantirishga qaratilgan edi, shu 
sababli bu davrda ijtimoiy ta‘minot orqali ko‗p bolali onalarga nafaqalar joriy 
etilgan. Mustaqillik davrida esa bu boradagi ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni 
muhofaza qilish, tug‗ish yoshidagi ayollarni sog‗lomlashtirish, ―sog‗lom ona – 
sog‗lom bola‖ tamoyilini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash va 
fuqarolarga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishga qaratilgan. Ijtimoiy 
ta‘minotning shakl va usullari ham shu maqsadga bo‗ysundirilgan. Bu maqsadlar 
yo‗lida insonlarning mehnati va sog‗lig‗i muhofaza qilinadi, oilalar, onalar va 
bolalar, nogironlar va keksa yoshdagi fuqarolar davlat tomonidan qo‗llab-

1
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 39-modda. 


Ijtimoiy ta‟minot turlarining
ko‗pligini e‘tirof etgan holda, har bir turining 
asosiy maqsadi
– fuqarolarning alohida toifalarining ijtimoiy ahvolini jamiyatning boshqa a‘zolarining 
holatiga yaqinlashtirish, ular orasidagi ijtimoiy farqlarni kamaytirish, yuqori moddiy 
xarajatlarni yohud qo‗shimcha jismoniy, ruhiy va ma‘naviy harakatlarni talab qiluvchi turli 
hayotiy hodisalar tufayli yordamga muhtoj bo‗lib qolgan fuqarolarni qo‗llab-quvatlashdan 
iborat. 


254 
quvvatlanadi, ijtimoiy xizmatlar tizimi rivojlantiriladi, davlat pensiyalari, nafaqalar 
va ijtimoiy himoyaning boshqa kafolatlari o‗rnatiladi.
Shunday qilib, 
ijtimoiy ta‟minot -
davlat ijtimoiy siyosatining namoyon 
bo‗lish shakli bo‗lib, aholining alohida toifalarini moddiy ta‘minlashga qaratilgan, 
rivojlanishning muayyan bosqichida davlat tomonidan ijtimoiy ahamiyatli deb 
topilgan holatlarda ularning ijtimoiy holatini jamiyatning boshqa a‘zolariga 
nisbatan tenglashtirishga yo‗naltirilgan, davlat byudjeti va boshqa maxsus 
maqsadli jamg‗armalar hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar 
tizimidir. 
Ushbu ta‘rifdan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda bugungi kunda 
ijtimoiy ta‘minot tizimiga quyidagilar kiradi (18.1-rasm): 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish