154
oshirish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi
PQ-721-son Qarori (01.11.2007)
qabulqilinib, unda davlat moliyasini boshqarishni isloh etish loyihasini
yangiishtirokchi – Osiyo taraqqiyot banki bilan birga amalga oshirish belgilandi.
Umuman olganda, davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlarini amalga
oshirish maqsadlariga hukumatimiz tomonidan ajratilgan mablag‗lardan tashqari,
Jahon banki tomonidan – 14,2 mln. dollarlik kredit mablag‗lari, Yaponiya
hukumati tomonidan – 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan – 2,8 mln. dollar va
Islom taraqqiyot banki tomonidan – 0,2 mln. dollarlik grantlar ajratilishi ko‗zda
tutilgan.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish
strategiyasining asosiy yo‗nalishlaridan biri – byudjet tizimining to‗liq
shaffofligini ta‘minlash maqsadida byudjet mablag‗larini ularning oluvchilariga
etkazishda kechikishlarga, qarzdorlikka yo‗l qo‗ymaslik, byudjet mablag‗laridan
maqsadsiz foydalanish holatlariga barham berish, byudjetlararo munosabatlar
samaradorligini oshirgan holda hokimiyatlarning turli darajalaridagi byudjetlarning
hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamg‗armalarning daromad va xarajatlari
hisobraqamlarini G‗aznachilikka o‗tkazishdan iborat.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat byudjetining g‗azna ijrosi
mexanizmlarini O‗zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning
moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish,
davlat moliyasining holati to‗g‗risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini
beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta‘minlaydi. G‗aznachilik
tizimi davlat byudjetini ijro etishning samarali va amaliy mexanizmi hisoblanib,
unda davlat daromadlari va xarajatlari bo‗yicha barcha operatsiyalar G‗aznachilik
tomonidan amalga oshiriladi.
Muhtaram Prezidentimiz bu borada shunday degan edilar: ―Davlatning
xazinasi, uning daromad va buromadini, bugungi va ertangi kunini belgilaydigan
boylik qaerda saqlanadi, kim uni himoyalaydi? Albatta, Moliya vazirligi. Shu
ma‘noda, agar menga qolsa, Moliya vazirligini Xazina vazirligi deb atagan
bo‗lardim‖
1
.
Davlat byudjetining g‗azna ijrosi deganda davlat byudjeti va byudjetdan
tashqari jamg‗armalarning mablag‗lari to‗planadigan va ushbu mablag‗lar
doirasida aniq belgilangan yo‗nalishlar bo‗yicha xarajatlar amalga oshiriladigan
yagona g‗azna hisobraqam orqali davlat byudjetini ijro etish hamda davlat
moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi.
G‗aznachilik byudjet tashkilotlarning va byudjetdan mablag‗ oluvchilarning
majburiyatlarini ro‗yxatga oladi, mol etkazib beruvchilar tomonidan ularga
mahsulotlar etkazib berilganidan va xizmatlar ko‗rsatilgandan so‗ng, byudjet
tashkilotlarining va byudjetdan mablag‗ oluvchilarning nomidan va ularning
topshirig‗iga asosan G‗aznachilik vakolatni o‗z zimmasiga oladi va byudjet
1
I.Karimov ―Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida‖. T.: O‘zbekiston.
2005 y.
285-bet
155
mablag‗larining maqsadli ishlatilishini ta‘minlash asosida taqdim qilingan hujjatlar
bo‗yicha to‗lovni amalga oshiradi.
G‗aznachilikning rivojlanishi byudjet ijrosida ishtirok etuvchi barcha
darajadagi moliya va soliq organlarining faoliyatini umumlashtiradi, yangi
sharoitlarda ularning butun faoliyati davlat moliyaviy mablag‗larini yagona davlat
xazinasida jamlashga qaratiladi.
Har qanday davlat va jamiyatning o‗z oldiga qo‗ygan maqsad va vazifalarini
bajarish uchun kuchli ijtimoiy himoya, ta‘lim, sog‗liqni saqlash, mudofaa hamda
boshqaruv organlarini saqlab turish zarurbo‗ladi. Buning uchun rivojlangan
byudjet tizimini yaratish, mamlakat hududidagi mavjud daromad manbalari va
xarajat yo‗nalishlari haqida aniq asoslangan tahliliy malumotlarga ega bo‗lish talab
etiladi. Davr talabidan kelib chiqib, davlat byudjetining o‗rta va uzoq istiqboldagi
rivojlanish yo‗nalishlarini belgilab olish uchun ushbu malumotlarni aniq va o‗z
vaqtida taminlab beruvchi mexanizm sifatida G‗aznachilik organlari oldiga davlat
byudjeti g‗azna ijrosini tashkil qilish, davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi
va hisobotini yuritish, davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‗plash, qayta
ishlash va tahlil qilish, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasining davlat ichki va
tashqi qarzlariga xizmat ko‗rsatish, O‗zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish
kabi muhim vazifalar yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: