167
tasdiqlash va ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi to‗g‗risida Nizom‖
1
bugungi kunda
byudjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish
tartibini belgilab beradi.
Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi Davlat byudjeti xarajatlarining
iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo‗yicha, 4 guruh xarajatlarining
to‗liq yoyilmasini va hisob-kitoblarni o‗z ichiga olgan holdagi ilova bilan
birgalikda tuziladi.
Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo‗lib, smetaning prognoz hisob-
kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi.
Xarajatlar smetasini tuzish bo‗yicha ishlarni tashkil etish davomida
O‗zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‗iston Respublikasi vazirliklari, idoralari,
tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‗limlari o‗zlariga bo‗ysunuvchi
tashkilotlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi sessiyasining byudjetni tuzish
tartibi va muddati to‗g‗risidagi qaroridan va moliya organining ushbu masala
bo‗yicha ko‗rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi
va muddatlari to‗g‗risida ko‗rsatmalar beradilar.
Buning uchun O‗zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‗iston Respublikasi
vazirliklari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‗limlari
o‗zlariga qarashli tashkilotlarning rahbarlari hamda tegishli xodimlari kengashini
chaqiradilar va xarajatlar smetasini tuzish tartibi va muddatlari to‗g‗risida yo‗l-
yo‗riqlar ko‗rsatadilar, ularga tashkilotlarning moliyaviy-xo‗jalik faoliyatiga va
ularga xarajatlar smetasini tuzish masalalari bo‗yicha qonunchilik talablarini
tushuntiradilar, byudjet mablag‗lari bo‗yicha xarajatlar smetasi hisob-kitoblarini
albatta qonunchilikka muvofiq kelishi, xarajat qilishda moliya intizomiga, iqtisod
qilish tartibiga rioya qilish haqida ko‗rsatmalar beradilar, shuningdek xarajatlar
smetasini tuzish hamda blankalarni to‗ldirish texnikasi masalalari bo‗yicha yo‗l-
yo‗riqlar ko‗rsatadilar.
Bir vaqtning o‗zida o‗zlariga qarashli tashkilotlarga ijtimoiy rivojlanishning
iqtisodiy ko‗rsatkichlari asosida (sinflar, o‗quvchilar, bolalar, shifoxonalarda joy-
kunlar, bola-kunlar soni va boshqalar) kelgusi yil uchun ishlab chiqarish
ko‗rsatkichlarini yozma ravishda xabar qiladilar.
Xarajatlar smetasi bo‗yicha xarajatlarni hisoblab chiqish mablag‗larga
bo‗lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‗rsatkichlarini va
iqtisod qilishning qat‘iy tartibini amalga oshirishni hisobga olgan holda amalga
oshirilishi shart.
Xarajatlarni hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qilish kerak:
O‗zbekiston Respublikasi qonunlari va O‗zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari, O‗zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va
farmoyishlari, shuningdek Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
tegishli hokimiyatlarning ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul
1
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 19 noyabrda 2157-son bilan ro‘yxatga olingan.
171
faoliyatining boshlanishi mo‗ljallanayotgan muddatlardan kelib chiqqan holda
hisoblanadi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, smeta xarajatlari quyidagi xarajat guruhlari
bo‗yicha rejalashtiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: