Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


-rasm. G„aznachilik markaziy apparatining tashkiliy tuzilishi



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

 
13.3-rasm. G„aznachilik markaziy apparatining tashkiliy tuzilishi
1
 

1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-


tadbirlari to‘g‘risida‖gi PQ-594-son (28.02.2007) Qarori ilovasidan keltirildi 
G‟aznachilik boshlig„i – vazir o‟rinbosari 
G‟aznachilik 
boshlig„ining 
I-o‟rinbosari 
Qoraqalpog„iston 
Respublikasi va hududiy 
g„aznachilik bo‟linmalari
G‟aznachilik 
boshlig„ining o‟rinbosari 
– Amaliyot boshqarmasi 
boshlig„i 
Metodologiya, 
moliyaviy resurslarni 
tartibga solish va 
hisoblar boshqarmasi 
Davlat 
byudjetining 
g‗azna ijrosi 
metodologiyasi 
bo‘limi 
Moliyaviy 
resurslarni tartibga 
solish bo‘limi 
Ichki va tashqi 
qarz bo‘yicha 
hisoblar bo‘limi 
Davlat byudjeti 
g‗azna ijrosining 
yig‗ma tahlil 
bo‘limi 
G‘aznachilik 
operatsiyalarini 
nazorat qilish 
bo‘limi 
Buxgalteriya hisobi 
va hisoboti bo‘limi 
Davlat byudjeti g‗azna 
ijrosi tahlili va nazorati 
boshqarmasi 
Yuridik majburiyatlar 
va narx monitoringi 
bo‘limi 
Moliyaviy 
majburiyatlar va 
to‘lovlar bo‘limi 
Mudofaa 
organlariyuridikva 
moliyaviy 
majburiyatlarini 
ro‘yxatga olish va 
to‘lovlar bo‘limi 
Yuristkonsultant 
Ish yurituvchi
Amaliyot 
boshqarmasi
Huquqni muhofaza 
qiluvchi 
organlaryuridikva 
moliyaviy 
majburiyatlarini 
ro‘yxatga olish va 
to‘lovlar bo‘limi 


159 
Moliya vazirligi G‗aznachiligi markaziy apparatining tashkiliy tuzilishi -
rasmda ko‗rsatilgan bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasi moliya vaziriga zarur 
hollarda G‗aznachilikning markaziy apparati va uning bo‗linmalari tuzilmasiga 
moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida o‗zgartishlar 
kiritish huquqi berilgan. 
G‗aznachilikning tashkiliy tuzilmasi O‗zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi G‗aznachiligining Davlat byudjetining g‗azna ijrosi bo‗yicha amalga 
oshiriladigan faoliyatiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liqdir. Jumladan, O‗zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi G‗aznachiligi Markaziy apparati tuzilmasiga 
shunday yirik boshqarmalardan biri ―Amaliyot boshqarmasi‖, ―Metodologiya, 
moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi‖ va ―Davlat byudjetining 
g‗azna ijrosi tahlili va nazorati boshqarmasi‖ singari boshqarmalar kiradi.
PQ-594-son Qaror bilan shuningdek, G‗aznachilik hududiy bo‗linmalarining 
tashkiliy tuzilishi ham tasdiqlangan. 
Moliya 
vazirligi 
G‗aznachiligi 
to‗g‗risidagi 
Nizomga 
muvofiq, 
G‗aznachilikning hududiy bo‗linmalari quyidagi ishlarni bajaradi: 

byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan 
boshqa to‗lovlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq byudjet tashkilotlari 
tomonidan naqd pul mablag‗lari bilan to‗lanadigan boshqa to‗lovlarni to‗lash 
uchun g‗aznachilikning bank hisob raqamlariga mablag‗lar o‗tkazadi; 

yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga sudning qarori 
bo‗yicha yagona g‗aznachilik hisobraqamidan yoki g‗aznachilikning boshqa 
hisobraqamlaridan mablag‗lar o‗tkazadi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining 
noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida fuqarolarga yoki yuridik 
shaxslarga etkazilgan zararni qoplash uchun mablag‗lar o‗tkazadi; 

O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida 
g‗aznachilik hisobraqamlarida mablag‗larning harakati to‗g‗risidagi axborotni 
elektron shaklda taqdim etadi; 

byudjetdan mablag‗ oluvchilarga ular uchun g‗aznachilikda yoki uning 
hududiy bo‗linmalarida ochilgan shaxsiy hisobraqamlaridan ko‗chirmalar, ularning 
xarajatlarini qoplashga byudjet mablag‗lari o‗tkazilganligini tasdiqlaydigan to‗lov 
hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi; 

manbalar bo‗yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobini 
yuritadi; 

moliya organlarining topshirig‗i bo‗yicha yuqori byudjetlarda nazarda 
tutilgan rejali dotatsiyalar, subventsiyalar, byudjet ssudalari summasini va boshqa 
to‗lovlarni quyi byudjetlarning shaxsiy g‗aznachilik hisobraqamlariga o‗tkazadi; 

byudjet tashkilotlari va buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar 
smetasida ko‗rsatilgan summalar doirasida va maqsadlarga muvofiq tuzilishi 
ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni ro‗yxatdan o‗tkazadi; 

byudjetdan 
mablag‗ 
oluvchilar 
nomidan 
ro‗yxatga 
olingan 
shartnomalarda yoki boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan summalar doirasida 


160 
tovarlarni 
etkazib 
beruvchilar 
(ishlarni 
bajaruvchilar, 
xizmatlar 
ko‗rsatuvchilar)ning bevosita bank hisobraqamlariga to‗lovlarni amalga oshiradi; 

byudjet tashkilotlarini, jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini 
moliyalashtirishga 
yo‗naltiriladigan 
byudjet 
mablag‗laridan 
foydalanishni 
maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan 
tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta‘minlanishini, ularning maqsadga 
muvofiqligi va narx-navo echimini hamda qoidaga ko‗ra, vositachilik 
xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi; 

schyot-fakturalar va tovarlar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi, 
xizmatlar ko‗rsatilishi) holatini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar asosida byudjet 
mablag‗i oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi va boshqa 
ishlarni amalga oshiradi. 
Bugungi kunda davlat byudjeti g‗azna ijrosini tashkil etish borasidagi 
Prezident Qarorlarining ijrosi doirasida Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro 
moliya tashkilotlarining qarz mablag‗larini jalb etgan holda davlat byudjetining 
barcha daromadlarini yagona g‗azna hisobraqamiga jamlash va undan xarajatlar 
to‗lovini amalga oshirish imkonini beruvchi davlat byudjeti g‗azna ijrosining 
yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish bo‗yicha chora-tadbirlar 
kompleksi ishlab chiqildi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish