159
Moliya vazirligi G‗aznachiligi markaziy apparatining
tashkiliy tuzilishi -
rasmda ko‗rsatilgan bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasi moliya vaziriga zarur
hollarda G‗aznachilikning markaziy apparati va uning bo‗linmalari tuzilmasiga
moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida o‗zgartishlar
kiritish huquqi berilgan.
G‗aznachilikning tashkiliy tuzilmasi O‗zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi G‗aznachiligining Davlat byudjetining g‗azna ijrosi bo‗yicha amalga
oshiriladigan faoliyatiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liqdir. Jumladan, O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G‗aznachiligi Markaziy
apparati tuzilmasiga
shunday yirik boshqarmalardan biri ―Amaliyot boshqarmasi‖, ―Metodologiya,
moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi‖ va ―Davlat byudjetining
g‗azna ijrosi tahlili va nazorati boshqarmasi‖ singari boshqarmalar kiradi.
PQ-594-son Qaror bilan shuningdek, G‗aznachilik hududiy bo‗linmalarining
tashkiliy tuzilishi ham tasdiqlangan.
Moliya
vazirligi
G‗aznachiligi
to‗g‗risidagi
Nizomga
muvofiq,
G‗aznachilikning hududiy bo‗linmalari quyidagi ishlarni bajaradi:
byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan
boshqa to‗lovlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq byudjet tashkilotlari
tomonidan naqd pul mablag‗lari bilan to‗lanadigan boshqa to‗lovlarni to‗lash
uchun g‗aznachilikning bank hisob raqamlariga mablag‗lar o‗tkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga sudning qarori
bo‗yicha yagona g‗aznachilik hisobraqamidan yoki g‗aznachilikning
boshqa
hisobraqamlaridan mablag‗lar o‗tkazadi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining
noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida fuqarolarga yoki yuridik
shaxslarga etkazilgan zararni qoplash uchun mablag‗lar o‗tkazadi;
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida
g‗aznachilik hisobraqamlarida mablag‗larning harakati to‗g‗risidagi
axborotni
elektron shaklda taqdim etadi;
byudjetdan mablag‗ oluvchilarga ular uchun g‗aznachilikda yoki uning
hududiy bo‗linmalarida ochilgan shaxsiy hisobraqamlaridan ko‗chirmalar, ularning
xarajatlarini qoplashga byudjet mablag‗lari o‗tkazilganligini tasdiqlaydigan to‗lov
hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi;
manbalar bo‗yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobini
yuritadi;
moliya organlarining topshirig‗i bo‗yicha yuqori byudjetlarda nazarda
tutilgan rejali dotatsiyalar, subventsiyalar, byudjet ssudalari summasini va boshqa
to‗lovlarni quyi byudjetlarning shaxsiy g‗aznachilik hisobraqamlariga o‗tkazadi;
byudjet tashkilotlari va buyurtmachilarning
shartnomalari xarajatlar
smetasida ko‗rsatilgan summalar doirasida va maqsadlarga muvofiq tuzilishi
ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni ro‗yxatdan o‗tkazadi;
byudjetdan
mablag‗
oluvchilar
nomidan
ro‗yxatga
olingan
shartnomalarda yoki boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan summalar doirasida
160
tovarlarni
etkazib
beruvchilar
(ishlarni
bajaruvchilar,
xizmatlar
ko‗rsatuvchilar)ning bevosita bank hisobraqamlariga to‗lovlarni amalga oshiradi;
byudjet tashkilotlarini, jumladan, mudofaa
va xavfsizlik tuzilmalarini
moliyalashtirishga
yo‗naltiriladigan
byudjet
mablag‗laridan
foydalanishni
maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan
tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta‘minlanishini, ularning maqsadga
muvofiqligi va narx-navo echimini hamda qoidaga ko‗ra, vositachilik
xizmatlaridan voz
kechishni nazarda tutadi;
schyot-fakturalar va tovarlar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi,
xizmatlar ko‗rsatilishi) holatini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar asosida byudjet
mablag‗i oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi va boshqa
ishlarni amalga oshiradi.
Bugungi kunda davlat byudjeti g‗azna ijrosini tashkil etish borasidagi
Prezident Qarorlarining ijrosi doirasida Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro
moliya tashkilotlarining qarz mablag‗larini jalb etgan
holda davlat byudjetining
barcha daromadlarini yagona g‗azna hisobraqamiga jamlash va undan xarajatlar
to‗lovini amalga oshirish imkonini beruvchi davlat byudjeti g‗azna ijrosining
yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish bo‗yicha chora-tadbirlar
kompleksi ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: