44
1.
Quruqlik va suv ekotizimlarining asosiy xususiyatlari.
2. Suv muh’itidagi h’ayot
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: pelagial, bental, gidrobiont, nekton, plankton, bentos, neyston, pleyston,
perifiton, supralitoral, litoral, sublitoral, batial, abissal, leytik, lotik, limnik, profundal zonalar, cho’l, adir tog’, yaylov zonalari.
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Quruqlik va suv ekotizimlarining asosiy xususiyatlarini bayon etish.
Suv muh’itidagi h’ayot va quruqlik ekotizimlarining suv muh’itidan farqli belgilari h’aqida fikr yuritish, talabalar ongiga
singdirish.
Evolyutsiya jarayonida quruqlikda yashovchilarda o’ziga xos anatomo - morfologik, fiziologik, xulqiy va boshqa
moslanishlar kelib chiqgan. Ularda nafas olish jarayonida kislorodni o’zlashtirish chun organlar h’osil bo’lgan. Masalan:
o’simliklarda og’izchaning bo’lishi; h’ayvonlarda o’pka va traxeya. Noqulay sharoitdan h’imoyalanish uchun murakkab
moslanishlar ishlab chiqilgan (h’ayotiy tsikllarning davriyligi va maromi, to’qimalarning tuzilishi); tuproq bilan aloqaning
o’rnatilishi (o’simlik ildizi, h’ayvonlar qoldig’i); ozuqa axtarish maqsadida h’ayvonlarda judayam kuchli h’arakatchanlikning
ishlab chiqilishi; uchuvchi h’ayvonlarning paydo bo’lishi - ular esa h’avo oqimi bilan o’simliklarning meva, urug’, changlarini bir
joydan ikkinchi joygatashiydi.
Er yuzasidagi ekotizimlar ko’p yarusli bo’lib, ular h’ar xil balandliklarda vertikal joylashgan qatlamlarga ega. Masalan,
o’rmonlarda bir necha yaruslarni ajratish mumkin:
1. Daraxtlar
2. Butalar
3. Butachalar
4. Ko’p yillik
5. Bir yillik
6. Lianalar va h’oqazo
Hayvonlar h’am o’rmonda h’ar xil yaruslarni egallab, ya’ni h’ar xil balandlikda yashaydilar. Ko’pgina qushlar o’z inlarini
erda qursa, ayrimlari daraxtlarning ustiga quradi. Har bir yarusdagi mavjud o’simlik, umurtqali va umurtqasiz h’ayvonlar
o’rtasida kuchli bog’lanishlar kuzatiladi.
Quruqlik muh’itida suv muh’iti kabi aniq ajratilgan iqlim zonallikni ko’rishimiz mumkin.
O’simlik va h’ayvonlar h’ar qaysi zona uchun xos bo’lgan sharoit bilan chambarchas bog’liq bo’ladi, chunki ular shu
erlarda yashaydilar va birinchi navbatda kompleks iqlim omillariga moslashadilar. Bu esa tuproq sharoitiga, relefiga, geografik va
joyning boshqa xususiyatlariga h’am bog’liq bo’ladi. G.Valter asosan 6 ta iqlim zonasini ajratadi.
1. Ekvator
2. Tropik
3. Quruq subtropik
4. Almashinib turuvchi
5. Mo’tadil
6. Arktik
Har bir iqlim zonasi o’zining o’simlik va h’ayvonot olami bilan tavsiflanadi. Eng boy h’ayotiyligi va h’osildorligi bilan
tropik o’rmonlar, yirik daryolarning qirg’oqlari, subtropik o’rmonlar ajralib turadi. Cho’llarda, sah’rolarda esa kam bo’ladi.
O’ziga xos o’simliklar dunyosi va landshaftiga ega bo’lgan biogeotsenozlar geografik zonallik bilan h’am chambarchas
bog’liq bo’ladi. Geografik zonallik natijasida biomlar deb ataluvchi yirik regional ekotizimlar h’osil bo’ladi. Bunday biomlarga
tundra, tayga, o’rmon, cho’l, dasht va tropik o’rmonlar misol bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: