Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/70
Sana17.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#68512
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
Bog'liq
leksiy ekalogiya

 

 

A 



B 

 

Biotik aloqalarning 

Turlari 

Orgnizmga 

ta’sir 

natijasi 

Organizmga 

ta’sir 

natijasi 

 

 

 

Neytralizm 



 

Raqobat - 



 

konkurentsiya 

 

 



 

Amensalizm 



 

Parazitizm- 



 

tekinxo’rlik 

 

 



 

Yirtqichlik- 



 

xishnichestvo 

 

 



 

 

Kommensalizm 



 

Mutalizm 



 

Antibioz 



 

Protokooperatsiya 



 

Yuqorida keltirilgan jadval asosida biotik aloqa turlarini aloh’ida - aloh’ida ko’rib chiqamiz. 

1. Neytralizm. 

İkki  turning  birga  yashashida  ular  bir  -  birlariga  na  salbiy  na  ijobiy  ta’sir  ko’rsatadi  yoki  aytish 

mumkin – na foyda yoki na zarar ko’radi. Masalan: O’rmonda  kiyik va olmaxon birga yashab,  bir - biriga deyarli  aloqasi  



 

40 


yo’q.  Lekin  o’rmonlarning  qurg’oqchilik  natijasida  zararlanishi  yoki  zararkunandalar  bilan  zararlansa  bu  h’ar  bir  tur 

uchun bir xil darajada bo’lmasa h’am ta’sir qiladi. 

2. Raqobat – konkurentsiya. Ozuqa va yashash joyi yaqin bo’lgan turlar o’rtasidagi munosabatdir.  

«Konkurere»    -   lotincha   qochish,    ya’ni    bir    xil    sharoitda   yashab    raqiblik    qiluvchi organizmlardan biri - bu 

konkurent h’isoblanadi. 

Bir xil sharoitda yashagan ikkita turning bittasi ertami yoki kechmi siqib chiqariladi. Bu umumiy ekologik qoidalardan 

biri h’isoblanadi va konkurentlik qonuni deyiladi. 

Ch. Darvin – konkurentsiya yashash uchun kurashning asosiy qismlaridan biri deb asoslagan va u turlar evolyutsiyasida 

katta rol o’ynashini ko’rsatgan.                       

Konkureniiyada tashqi muh’it sharoitiga yaxshi moslashgan turlar engib chiqadi. 

Raqobat turlar ichida va turlararo bo’lishi mumkin. Turlar ichidagi kurash kuchli bo’lib, uning asosida tabiiy tanlash 

va tur h’osil bo’lish kabi jarayonlar yotadi. 

3.  Amensalizm. 

İkki turning birga yashashi bittasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ikkinchisi esa na fonda,   na zarar ko’radi.  

Masalan:  Daraxt  soyasida o’sgan  o’simlik  zarar ko’radi. Lekin daraxtning o’zi uchun uning qo’shnichiligi ah’amiyatsizdir, 

farqsizdir. Bu h’ol ko’pincha o’simliklarda uchraydi. 

4. Parazitizm  -  tekinxo’rlik.  Bunda  bir  organizm  ikkinchi  tirik  organizmdan  faqat  ovqat  manbai  sifatidagina  emas, 

balki  doimiy  yoki  vaqtinchalik  yashash  joyi,  oziqlanadigan  joy  sifatida  foydalaniladi.  Bir  tur  (parazit)  ikkinchi 

organizmdagi  (xo’jayin)  ozuqa  moddalar  yoki  uning  to’qimalari  h’isobiga  h’ayot  kechiradi.  Parazitning  tashqi  muh’it  bilan 

aloqasi asosan xo’jayin orqali amalga oshadi. Ular uchun qulaylik doimo mo’l ozuqa bilan ta’minlaganligidadir. Bu o’z navbatida 

tez o’sishga va ko’payishga sabab bo’ladi. Parazitlar o’z xo’jayinini o’ldirmasdan, faqat uni h’oldan toydiradi. 

Parazitlar: endo -  va  ekto -  (ichki va tashqi) parazitlarga bo’linadi. 

Endoparazitlar – organ, to’qima, xujayralarda yashaydi. 

Ektoparazitlar - xo’jayin tana yuzasida (kana, bit, burga, chivin) yashaydi. 

O’simliklar orasida - to’liq va chala parazitlar ajratiladi. Chirmovuq va shumg’iyalar to’liq parazit  h’isoblansa,  omela, 

pogremok, ochankalar chala parazit, ya’ni o’zi mustaqil h’olda fotosintez qila oladi, lekin suv va mineral moldalarni xo’jayin 

o’simlikdan oladi. 

5. Yirtqichlik. Organizmlar o’rtasida keng tarqalgan biotik munosabatlarning muh’im bir turi - yirtkichlik h’isoblanadi. 

Bunda  bir  tur  ikkinchi  bir  turni  yo’q  qiladi,  ya’ni  eb  qo’yadi.  Yirtqichlik  faqatgina  h’ayvonlarda  kuzatilibgina  qolmay,   

balki  o’simliklarda  h’am  sodir  bo’ladi.  Bu  xasharotxo’r  o’simliklarda  h’am  sodir  bo’ladi.  Masalan:  xasharotxo’r 

o’simliklardan nenetens, aldrovanda, rosyanka va boshqalarning xasharotlarga bo’lgan munosabatlarida yaqqol ko’rinadi. 

Yirtqichlik  va  tekinxo’rlikning  asosiy  ekologik  roli  shundan  iboratki:  birinchidan,  oziqlanish  jarayonida  h’ayvonlar 

bir - birlari bilan oziqlanib, tirik organizmlar modda aylanishi uchun zarur sharoit yaratadi. 

İkkinchidan, h’ayvonlarning soni 

ma’lum miqdorda saqlanadi. Masalan: AQSh da Arizona shtatida kiyiklarni saqlab qolish uchun, bo’rilarning h’ammasini yo’q 

qilishadi.  Natijada  kiyiklar  soni  ko’payadi,  ammo  u  oziqlanadigan  o’simliklarning  yo’qolishi  bilan  ovqat  etishmay 

qoladi h’amda kiyiklar h’am xalok bo’la boshladi. 

Demak, tabiatda kiyiklar h’am, bo’rilar h’am, o’simliklar h’am ma’lum bir muvozanatda saqlanib turilishi kerak. 

Yirtqichlar  -  birinchidan  populyatsiya  uchun  foydasiz  turlar,  ya’ni  kasallangan,  qari  kuchsiz  turlar  bilan  oziqlanadi. 

Ko’payish  qobiliyatiga  ega  bo’lganlarni  eyishmaydi.  Kasallik  tarqatuvchilarning  sonini  va  kasallik  tarqalib  ketishini 

kamaytiradi,  ya’ni  sanitarlik  vazifasini  bajaradi. 

İkkinchidan,  h’amma  turlarni  eydiganlari  bor  bo’lib,  bu  bilan  qurbonlar 

populyatsiyasining o’sish potentsiali keskin buziladi. 

6. Kommensalizm. 

İjrbiy ravishdagi o’zaro ta’sirning eng oddiy tipidir. Organizmlarning biri qandaydir foyda ko’rib bu 

h’ol ikkinchi organizm uchun uncha zarar keltirmasa - kommensalizm turidagi aloqa kelib chiqadi. 

O’simliklarning  epifit  h’ayot  kechirishi,  yirik  sut  emizuvchi  h’ayvonlar  tamonidan  maxsus  ilashuvchi  o’simtalarga  ega 

bo’lgan  meva  va  urug’larning  tarqalishi,  akula  terisiga  yopishib  olib  undan  qolgan  ozuqa  qoldiqlari  bilan  oziqlanib  h’ayot 

kechiruvchi  prilipala  baliqi,  nepetens  o’simligining  ko’zachasi  ichida  shirasi  bo’ladi,  bu  shirada,  ko’zachaning  ichida 

ninachi va chivinlarning lichinkalari yashaydi. Ular ko’zachaga tushgan h’asharotlarning lichinkalari bilan ovqatlanadi. 

7. Mutalizm. Organizmlar orasidagi aloqalar h’ar ikkala organizm uchun foyda keltirsa mutalistik munosabatlar kelib 

chiqadi.  Har  ikki  organizm  uchun  foydali  h’isoblangan  bunday  o’zaro  munosabatlar  simbiotik  munosabatlar  deb  qaraladi. 

Masalan:  lishayniklar  tanasidagi  suv  o’tlar  bilan  zamburug’larni,  dukkakli  o’simliklar  ildizida  yashovchi  tuganak  bakteriyalarni 

gulli o’simliklar va zamburug’ gifalarining birgalikda h’ayoti kabilarni olish mumkin. 

Hayvonlar  olamida  esa  molyuska  chig’anog’iga kirib,  ichida  yashovchi  qisqichbaqani,  chumoli  iniga kirib yashovchi 

ba’zi  qo’ng’izlarni,  chumoli  va  o’simlik  bitlarini  olish  mumkin.  Hayvonlar  va  o’simliklar  orasida  esa  h’ayvonlarning 

o’simliklarni changlatishda ishtirok etishi va meva h’amda urug’larni tarqatishi kabilar kiradi. 

8.  Antibioz.  Bunda  bir  organizm  ajratgan  zah’arli  moddalarning  ikkinchi  organizmga  ta’sir  etishi  tushuniladi.  Masalan, 

bakteriya, zamburug’larning turli xil antibiotiklarni, gulli o’simliklarning esa gazsimon va suyuq h’oldagi antibiotik moddalarni 

ajratishini  aytish  mumkin.  Bu  moddalar  ta’sirida  o’sish  to’xtaydi.  Bakteriyalarni  qiradigan  bunday  moddalar  fitontsidlar  deb 

ataladi. 

9.  Protokooperaiiya.  Bunda  h’am  ikkala  organizm  o’zaro  ta’sirdan  foyda  ko’radi.  Masalan,  dengizdagi  krablar  va 

kovakichaklilar. 

Kovakichaklilar krablarning elkasiga yopishib oladi (ayrim h’ollarda krablarning o’zlari ularni elkasiga «o’tkazib» oladi). 

Kovakichaklilar  krabni  dushmanlardan  h’imoya  qiladi,  chunki  ularning  otuvchi  h’ujayrasi  bo’ladi  va  o’z  navbatida  esa 

krablardan ovqat oladi va transport sifatida foydalanadi. 

Umuman  olganimizda,  turlar  orasidagi  salbiy  va  ijobiy  o’zaro  ta’sir  tabiatda  bir-birini  tenglashtirib  turadi,  h’amda  bu 

ikkala o’zaro ta’sirning tiplari turlarning evolyutsiyasi va ekologik tizim turg’unligida teng miqdorda muh’imdir. 

 



 

41 


4  -  asosiy  savol  bo’yicha  o’qituvchining  maqsadi:  Suktsessiya  tushunchasi  ma’nosi  va  bu  jarayonning  moh’iyatini 

ochib berish. Suktsessiya xillarini talabalar ongiga singdirish.  

 

Biror - bir jamoani bir necha yillar davomida kuzatilsa, uning o’zgarishlarining guvoh’i bo’lish mumkin. Bunda yashash 



sharoiti, organizmlar guruxi, jamoaning tuzilish tarkibi va organizmlarning o’zaro munosabat xususiyatlari o’zgaradi. 

Jamoaning ma’lum vaqt o’tishi bilan birining ikkinchisi bilan almashinish h’odisasi - suktsessiya («suktsedo» - kimning 

yoki nimaning izidan borish demakdir) deyiladi. 

Jamoadagi o’zgarishlarning ikki asosiy turi ajratiladi: 

1.  Tsiklik.           

2.  Asta - sekin boradigan o’zgarishlar. 

 

1.  Tsiklik  o’zgarishlar  -  tashqi   muh’itning  sutkalik   mavsumiy   va   ko’p   yillik  davriy  o’zgarishlarida  h’amda 



organizmlardagi  endogen  maromlarda  namoyon  bo’ladi. Nafas  olish, fotosintez,  modda  almashinishining  o’zgarishi,  gullarning 

ochilishi va yumilishi, gulli o’simliklarda changlatuvchi h’asharotlarning ko’rish jadalligi, yirtqich h’ayvonlarning sutkaning h’ar 

xil vaqtlarida ovga chiqishi va h’okazolar bunga misol bo’ladi. 

2.  Asta  -  sekin  o’zgarishlar  natijasida  bir  jamoa  ikkinchisi  bilan  almashinadi.  Bunday  o’zgarishlarning  sababi 

jamoaga  uzoq  vaqt  davomida  tashkdridan  ma’lum  bir  yo’nalishdagi  omilning  ta’siri  natijasidir.  Biotsenozlardagi  bunday 

almashinish - ekzogenetik almashinish deb ataladi. 

Agarda  jamoa  h’ayot  yo’q  (qurib  qolgan  ko’l  va  dengizlar,  qumli  yotqiziqlar,  yalong’och  qoyalar)  joyda  rivojlansa, 

boshlansa - birlamchi suktsessiya deb ataladi. Bir jamoaning ikkinchisi bilan almashinishi esa - ikkilamchi suktsessiya deyiladi. 

Bu esa yashash sharoitining keskin o’zgarishi eki jamoa tarkibida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lishi natijasida kelib chiqadi. 

Birlamchi  suktsessiyada  tasodifiy  kelib  qolgan  o’simlik  urug’lari  unib  rivojlanadi.  Bu  xol  -qandaydir  h’ayvon  turlarining 

h’am  kelishiga  olib  keladi.  Yosh  individlar  egallagan  maydon  kengayadi.  O’simliklarning  vegetativ  yoki  urug’  yordamida 

ko’payishi, yangilanish boshlanadi. Shu paytda h’ayvonlar h’am ko’payadi. 

Asta - sekin o’zgaruvchi ikkilamchi suktsessiyalarga misol qilib suv h’avzasining o’t bosishi, dasht jamoasining o’rmon 

bilan almashinishi kabilarni ko’rsatish mumkin. 

Suktsessiya  jarayonini  dastlabki  o’rgangan,  birinchi  marta  suktsessiya  nazariyasini  ishlab  chiqqan  ekolog,  ingliz  - 

amerika  fitotsenologlar  maktabining  vakillaridan  biri  Frederik  Klements  (1916)  h’isoblanadi.  Uning  ta’kidlashicha  - 

suktsessiya natijasida mustaqil o’simliklar h’osil bo’ladi, undan keyin jamoada deyarli sezilarli o’zgarish bo’lmaydi. Hamda buni 

oxirgi  h’osil  bo’lishi  -  klimaks  deb  ataydi.  Klimaksli  jamoalarning  tarkibini  aniqlovchi  omil  -  bu  faqat  iqlim  deydi.  Demak, 

klimaks - suktsessiyaning oxirgi, yakunlovchi stadiyasi

 

deyiladi. 



Bunday  monoklimaks  nazariyasidan  ko’pchilik  ekolog  olimlar  -  masalan,  Tensli  voz  kechib,  poliklimaks  maktabining 

vakillari  quyidagi  h’olatni  tan  oladilar;  ya’ni  klimaksni  shu  maydondagi  bitta  yoki  bir  qancha  omillar  yordamida  aniqlash 

mumkin: bularga iqlim, tuproq sharoiti, yomg’ir va h’okazolarni olish mumkin. 

Hakikatan h’am, dala sharoitida mustaxkam klimaksli jamoani ajratish juda qiyin. Biz faqatgina suktsessiyaning tezligi 

ma’lum bir satxgacha tushib ketishini sezishimiz mumkin, undan keyin xech qanday o’zgarishni sezmaymiz. Lekin dengiz suv 

o’tlari  suktsessiyada  klimaksga  chelish  uchun  bir  necha  yillar  sarf  bo’ladi.  Bo’sh  quruq  qolgan  joylarda  klimaksli  stadiya  - 

boskichga  kelish  uchun  100  -  300  yil  kerak  bo’ladi,  lekin  bu  davr  ichida  yong’in  yoki  dovulning  bo’lish  eh’timoli  shunchalik 

yuqoriki (Angliyada bo’ron 70 yidad bir marta bo’ladi), demak, suktsessiya h’ech qachon tugamasligi, o’zining oxirgi bosqichiga 

etmasligi mumkin. Suktsessiya jarayonini misollar bilan ko’rib chiqiladi. 


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish