38
Mavzuga oid tayanch ibora va tushunchalar: Biotsenoz, fitotsenoz, zootsenoz, landshaft, epifit, qavatlilik, fizionomiyasi,
davriylik, h’ayot shakli, biotop, dominant, edifikator, subdominant, ekonisha, topik, trofik, forik, fabrik, mutalizm,
komensalizm, yirtqichlik, parazitlik, neytralizm, antibioz, rakobatlik, amensalizm, mutalizm - simbioz, protokooperatsiya, epifit,
epifil, suktsessiya, klimaksli jamoa, birlamchi, ikkilamchi suktsessiya.
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Biotsenoz tushunchasi h’aqida, uning xillari to’g’risida tushuncha berish.
Biotsenoz tuzilmasi h’aqida tushuncha h’osil qildirish.
Bizga ma’lumki, tabiatda o’simlik va h’ayvonlar odatda jamoa h’olida yashaydilar.
Jamoa deganda - rivojlanishning turli bosqichlarida bo’lgan, bir guruh’ organizmlarning muayyan sharoitida birgalikda
yashashi tushuniladi. Bunda ular o’zaro munosabatlarda bo’ladilar.
Tirik organizmlarning bir - birlariga o’zaro ta’siri muh’itning biotik omillari deb qaralsa, ularning atrofini o’rab olgan
barcha tirik organizmlar biotsenotik muh’itni tashkil qiladi. Har bir tur normal h’ayot kechirish uchun u yakka h’olda yashay
olmaydi, balki atrofidagi boshqa tirik organizmlar bilan birgalikda h’ayot kechiradi.
Demak, «biotsenoz» (lotincha «bios» - h’ayot, «tsenoz» umumiy) deyilganda bir xil muh’itga moslashib olgan va bir
joyning o’zida birga yashaydigan barcha organizmlar tushuniladi. Bu termin nemis biologi Mebius (1877 y) tamonidan berilgan.
Agarda bir qancha tur o’simlik birgalikda qavm bo’lib yashasa - fitotsenoz (o’simliklar jamoasi), agar bir qancha tur
h’ayvonlar birgalikda qavm bo’lib yashashiga - zootsenoz (h’ayvonlar jamoasi)deyiladi.
Biotsenozning katta-kichikligi h’ar xil bo’lishi mumkin: Oddiy lishaynik dungligidan tortib to o’rmon, dasht, cho’l kabi
yirik landshaftlarni; daraxt tanasi, botqoqliklardagi moxlardan iborat dungliklar, chumoli uyasi va boshqa uchun mikrojamoa
biotsenotik guruh’lar kabi atamalar ishlatiladi.
Biotsenoz egallab turgan muh’it - biotop deyiladi, biotop - biotsenozning yashash muh’itidir. «Bios» - h’ayot; «topos» -
yashash joyi demakdir.
Biotsenoz tuzilmasi. Biotsenoz odatda tur, fazo, ekologik tuzilmalarga bo’lib o’rganiladi.
Biotsenozning tur tuzilmasi deyilganda biotsenozdagi turlarning xilma - xilligi, miqdori, ularning fenologik h’olati va
h’akazo e’tiborga olinadi.
Biotsenozning fazoviy tuzilmasi - jamoaning shakllanishi davrida bu erdagi turlar h’ar xil h’olatda joy oladilar. Ayrim turlar
- tuproqda, uning yuzasida, suvda, daraxt tanasiga yopishib (epifit), barglarida (epifil) yopishib yashashi mumkin, tarqalishi
mumkin. Buning natijasida fitotsenozning tuzilishida qavatlilik kelib chiqadi. Qavatlilik deganda, jamoadagi turlarning tuproq
yuzasiga nisbatan h’ar xil balandlikda qavatma - qavat joylanishi tushuniladi. Gidrofit jamoalarida qavatlilik suv yuzasi, suv
qatlami va er ostidagi suv zamin kabi ko’rinishlarga ajratiladi.
Biotsenozning eng muh’im xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Nam tropik o’rmonlardagi biotsenozlar turlarga
boy bo’lsa, qurg’oqchil va sovuq joylardagi biotsenozlarda turlar kam uchraydi.
Maydon birligiga to’g’ri keladigan turlar soni biotsenozning turlarga to’yinganligi deyiladi.
Yuqorida ta’kidlaganidek, o’simlik jamoasi deyilganda bir xildagi muayyan uchastkalarda guruh’ bo’lib yashayotgan
tuban va yuksak o’simliklar yig’indisi tushuniladi.
Har qanday o’simliklar jamoasi h’am turlar tarkibi, turlar o’rtasidagi o’zaro sifat va miqdor munosabatlari, qavatlilik,
gorizontal tuzilish, tashqi qiyofasi, davriyligi, h’ayot shakllarining xilma-xilligi, yashash joyi kabi xususiyatlari bilan
tavsiflanadi va bir - biridan farqlanadi.
Fitotsenozni tashkil qilishda o’simliklar orasida son jih’atdan ko’pchilikni tashkil qiluvchi yoki ko’zga yaqqol tashlanuvchi
tur ajratiladi va bu tur dominant (xukmron) tur deyiladi. Demak, ular miqdor jixatdan ko’p uchraydi. Ular asosan organik massa
to’plovchi h’amda fitotsenozning fonini va xarakterini belgilaydi.
Masalan: qarag’ayzor o’rmonlardagi oddiy qarag’ayni, O’rta Osiyo tog’larining archazorlaridagi archaning bir necha
turlarini, saksovulli cho’llarida esa saksovul va boshqa o’simliklarni ko’rish mumkin.
Edifikator turlar esa - jamoaning maxsus muh’itini h’osil qiladi. Ular jamoaning quruvchilari bo’lib, fitotsenozning
xususiyatlarini belgilab beradi. Masalan, O’zbekistonning qumli cho’llarida daraxt ko’rinishidagi edifikator tur - oq saksauldir.
Dominant turlarga nisbatan kamroq uchraydigan, ammo fitotsenozda ma’lum ah’amiyatga ega bo’lgan turlar -
subdominant turlar deb ataladi.
Biotsenozning ekologik tuzilmasi turli biotsenozlar tirik organizmlarining ma’lum ekologik guruh’lari nisbati bilan
tavsiflanib, bu uning ekologik tuzilmasini ifodalaydi.
O’xshash ekologik tuzilmaga ega bo’lgan biotsenozlar h’ar xil turlar tarkibiga ega bo’lishi mumkin. Chunki u yoki bu
ekologik o’rni, ekologiyasi o’xshash turlar tamonidan egallangan bo’lib, gurlari qarindoshlik nuqtai nazardan yaqin emas,
balki ular biotsenozlarda bir xil funktsiyalarni bajaruvchi vikar turlar deyiladi. Tabiatda ekologik vikarlik keng tarqalgan.
Biotsenozning ekologik tuzilmasi malum iqlim va landshaft sharoitlarida qonuniy ravishda shakllanadi. Masalan,
turli mintaqalardagi biotsenozlarda fitofaglar bilan saprofaglar nisbati qonuniy ravishda o’zgaradi. Biotsenozning
ekologik tuzilmasi kam jamoalardagi o’simlik va h’ayvonlarning biror - bir abiotik omilga qarab ekologik guruh’lar nisbatini
h’am bildiradi. Quyidagi jadvalda ko’l va cho’l biotsenozlaridagi namlik omili bo’yicha o’simliqlarning ekologik guruh’lari nisbati
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: