Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/70
Sana17.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#68512
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
Bog'liq
leksiy ekalogiya

Ko’l biotsenozi 

Cho’l biotsenozi 

Gidrofitlar,      

  Gidatofitlar, 

Gigrofitlar 

Sklerofitlar, Kserofitlar, 

Sukkulentlar 




 

39 


Shunday qilib, biron - bir ekologik guruh’lar vakillarining ishtiroki va ko’p bo’lishi ushbu biotopning ma’lum darajada fizik 

- kimyoviy xususiyatlarini tavsiflab beradi. 

2  -asosiy  savol  bo’yicha  o’qituvchining  maqsadi:  Turning  ekologik  o’rnini  talabalarga  tushuntirish.  V.N.  Beklemishev 

tasnifiga ko’ra ekonisha xillarini bayon etish. 

Biotsenozda  organizmlar  bir  -  birlari  bilan  bog’liq  bo’ladilar.  Bu  bog’lanishlar  jamoadagi  yashash  sharoitini  va  ularning 

ovqatlanish yo’llarini belgilaydi. Jamoada h’ar bir turning o’zaro aloqasi, tashqi muh’itga bo’lgan talabi, ta’siri - shu turning ekologik 

o’rni yoki ekologik nishasi deyiladi. Turning ekologik o’rni tushunchasini  fanga D. Grinell kiritgan bo’lib, u ma’lum bir turning 

barcha abiotik va biotik omillar majmuiga bo’lgan munosabati, ya’ni h’amjamoada tutgan o’rnini ko’rsatadi. Ekotizimdagi turning 

faoliyati  asosan  oziqlanishdan  iborat  bo’lgani  uchun  ekologik  o’rnini  -  ozuqa  o’rni  deyish  h’am  mumkin.  Hayvonlar  orasida 

o’simliklarga  nisbatan  ekologik  o’rin  yaxshi  ifodalanadi.  Ammo  biogeotsenozlarda  o’simliklar  h’am  ekologik  o’ringa  ega. 

O’simliklarda  ekologik  o’rinlarga  ajratish  belgilari  quyidagilar  h’isoblanadi:  turning  h’ar  xil  balandlikda  bo’lishi,  ildizlarning 

tuproqning turli qatlamlariga kirib borishi, turli vaqtlarda gullashi, changlashuvchining xilma - xilligi va h’akazo. 

Dashtdagi  biotsenozlarda  yirik  va  mayda  sut  emizuvchilar  o’t  o’simliklar  bilan  oziqlanadi.  Bular  tuyoqlilar  (otlar, 

qo’ylar,  antilopalar,  saygoklar)  va  kemiruvchilar  (sugurlar,  yumronqoziqlar,  sichqonsimonlarning  ko’pchilik  vakillari). 

Bularning h’ammasi biotsenozda bitta funktsional guruh’, ya’ni o’txo’r h’ayvonlarni tashkil qiladi. 

Kuzatishlar  shuni  ko’rsatadiki,  o’simlik  massasini  iste’mol  qilishda  ularning  roli  bir  xil  emas  ekan,  balki  ular  oziqlanishi 

uchun o’simlik qoplamining turli tarkibiy qismlaridan foydalanadi. Yirik tuyoqlilar to’yimli, nisbatan baland bo’yli o’simliklarni 

yulib  oladi.  Shu  erda  yashovchi  sugurlar  tuyoqlilarning  ketidan  ular  emagan  siyrak  va  ezilgan  o’tlarni  iste’mol  qiladi. 

Yumronqoziqlar  esa  tuyoqlilar,  sugurlardan  qolgan  o’simliklarni  yig’adilar.  Shunday  qilib,  h’amjamoa  h’osil  qiluvchi  shu  uch 

guruh’ o’txo’r h’ayvonlar o’rtasida o’simliklar qoplami biomassasidan  foydalanishda  funktsiyalarning  bo’lib  olinishi  kuzatiladi. 

Ushbu  h’ayvonlar  o’rtasida  raqobat  ko’rinishidagi  munosabatlar  kuzatilmaydi.  Chunki  ular  o’simliklar  qoplamining 

turlicha tarkibidan foydalanadi. 

V.N. Beklemishev bo’yicha ekologik o’rin (ekonisha) to’rt toifaga bo’linadi: trofik, topik, forik va fabrik. 

Trofik aloqa bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishida namoyon bo’ladi. 

Topik  aloqa  bir  tur  tamonidan  ikkinchi  turning  yashash  sharoiti  o’zgartirilishida  namoyon  bo’ladi.  Daraxt  tanasida 

lishayniklarning yashashi, o’rmondagi daraxtlar tamonidan shu erlarda o’suvchilar h’ayotiga ko’rsatiladigan ta’sirlarda bu yaqqol 

namoyon bo’ladi, 

Forik aloqa bir turning tarqalishiga ikkinchi turning ta’sir etishida ko’rinadi. Ko’pchilik h’ayvonlar tamonidan o’simlik urug’ 

va  mevalarining  tarqalishi  bunga  misoldir.  Bunda  h’ayvonlar  asosiy  tashuvchi  rolini  o’ynaydi.  Hayvonlar  yordamida 

o’simliklarning  urug’,  sporalari  va  changlarining  tarqalishi  mumkin.  Bunga  –  zooxoriya  deyiladi.  Boshqa  mayda 

h’ayvonlarning tarqalishiga esa – foreziya  deyiladi. 

Fabrik  aloqa  esa  bir  turning  o’ziga  in  qurish  uchun  boshqa  turning  qoldiqlaridan  foydalanishida  namoyon  bo’ladi. 

Masalan,  qushlar  in  qurish  uchun  daraxt  barglari,  shoxchalarini  tashib  keladi,  h’ayvonlarning  jun  va  patlaridan  foydalanib  in 

quradi. 


3-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Jamoada turlar orasida bo’ladigan o’zaro munosabatlarni tushuntirish va 

moh’iyatini yoritib berish.  

Tirik organizmlar birgaliqda yashar ekan, ularning o’zaro turlicha biotik aloqalarda bo’lishi h’am tabiiydir. Bunday aloqalar 

natijasiga ko’ra u yoki bu organizm uchun ularning foydali yoki zararli ekanligi h’aqida xulosa chiqarish mumkin. 

Agarda aloqalar ikkita organizmdan biriga foydali bo’lsa “+” belgisi, aksincha, zararli bo’lsa “-” belgisi bilan,  h’ar ikki 

organizm uchun befarq bo’lsa 0 (nol) bilan belgilanib, biotik aloqalarni quyidagicha turkumlash mumkin (jadval – 2). 

                            Jadval  - 2.  Biotik aloqa turlari 


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish