Bu regionning fizik - geografik sharoiti va landshafti h’am juda xilma-xildir. Shimoliy - g’arbiy xududlar cho’l va chala
cho’llardan iborat bo’lib, yozi quruq issiq, kishi sovuq, yog’ingarchiliqning kam bo’lishi bilan ta’riflanadi.
Tog’ oldi va tog’ xududlarida chala cho’llar, quruq cho’llar, to’qaylar, aralash va archali o’rmonlar, alp o’tloqlari h’amda
O’rta Osiyo va Kavkaz atrofida dengiz sath’idan ko’tarilgan sari iqlim h’amda tuproq sharoiti o’zgarib boradi. Joyning
absolyut balandligi qancha yuqori bo’lsa, iqlim shuncha salqin bo’ladi. Bunday h’olat faqat tuproqni emas, balki o’simliklar
dunyosini h’am o’zgartiradi. Natijada tekisliklarda o’sadigan, issiqsevar yoki kserofit o’simliklar o’rnini asta-sekin sovuqga
chidamli yoki mezofil o’simliklar egallaydi. Tabiatdagi bu h’odisa vertikal zonalliq deyiladi.
Bundan tashqari, 1969 yili ota-bola K.Z.Zokirov va P.K.Zokirovlar tamonidan o’simliklarning ekologik
klassifikatsiyasi taklif qilindi. Bunda O’rta Osiyo o’simliklari baland mintaqalar bo’yicha tarqalishiga asosan quyidagi
1. Cho’l zonasi - O’rta Osiyoning butun tekislik qismi. Dengiz sath’idan 500 - 600 m. balandlikda joylashgan.
2. Adir zonasi - Cho’l va tog’ zonalari o’rtasida joylashgan. Dengiz sath’idan 500 - 700 m. ba’zi joylari esa 1200- 1600 m
3. Tog’ zonasi - bu zona dengiz sath’idan 1200-1500 dan 2700 - 2800 m gacha bo’lgan balandliklarni
4. Yaylov zonasi - Dengiz sath’idan 2700-2800 m balandlikdan eng yuqori cho’qqilargacha bo’lgan joylar yaylov zonasi
Er - h’avo muh’itida, ya’ni quruqlik ekotizimlari uchun quyidagi xususiyatlar tegishlidir yoki ular suv muh’itidan quyidagi
45
1. Quruqlikda asosiy chegaralovchi omil - bu namlik h’isoblanadi.
2. Harorat quruqlikda suv muh’itiga nisbatan ko’proq o’zgarib turadi.
3. Tuproq organizmlar uchun asosiy tayanch vazifasini bajaradi.
4. Quruqlikda turli geografik to’siqlar (tog’lar, daryolar, cho’llar) organizmlarning erkin h’arakat qilishiga h’alaqit
beradi.
5.Substrat xarakteri - quruqlik ekotizimlari uchun muh’imdir. Tuproq h’ar xil biogen elementlarning manbai
bo’lib, yuqori taraqqiy etgan ekologik muh’itdir. Quruqlikda yuqori taraqqiy etgan o’simlik va h’ayvon taksonomik
guruh’lari uchraydi, ularning eng murakkablari ustunlik (dominantlik) qiladi.
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Gidrobiontlarning ekologik guruh’larini tah’lil qilish, suv o’simlik va
h’ayvonlarining moslanish xususiyatlarini bayon qilish, okeanlarning ekologik zonalari h’aqida tushuncha berish.
Ma’lumki, h’amma tirik organizmlar uchun suv, tuproq, h’avo - asosiy h’ayot muh’iti h’isoblanadi. Bulardan suv -
muh’it sifatida ko’pgina organizmlarga xizmat qiladi. Suv muh’itida yashovchi organizmlarga – g i d r o b i o n t l a r deb ataladi.
Dunyo okeanida suv qatlami - pelagial («re1agos» - dengiz); suv tubi - bental («benthos» - chuqurlik) deyiladi.
Pelagial organizmlar suvning ma’lum qatlamlarida faol suzishi yoki turishi mumkin. Shunga ko’ra, pelagial organizmlar
ikkita guruh’ga bo’linadi:
1. Nekton;
2. Plankton.
Chuqur joyda yashovchilar esa uchinchi guruh’ni, ya’ni 3. Bentosni h’osil qiladi, yoki aytish mumkin - yashash
muh’itiga bog’liq ravishda suv organizmlari quyidagi h’ayot shakllariga bo’linadi:
1. Nekton («nektos» - suzib yuruvchi). Bular suv qatlamida faol h’olda suzib yuruvchi, suvning chuqur joyi bilan aloqasi yo’q
h’ayvonlardir. Asosan ular yirik bo’ladi. Masalan: baliqlar, kitlar, kalmarlar. Ko’pgina dengaz baliqlari suv qatlamlarida juda
katta tezlik bilan h’arakat qiladilar. Masalan: soatiga 45 - 50; 100-110 km va qilich - baliqlar soatiga 130 km. gacha tezlikda
h’arakat qiladilar.
2. Plankton («planktos» - adashib yuruvchilar). Bular tez faol h’arakatlanmaydigan organizmlar. Ular oqimga qarshi tura
olmaydilar. Suv qatlamida uning oqimi yoki to’lqinlari ta’sirida h’arakatlanadi. Bular asosan mayda h’ayvonlar -
zooplankton, (kichik qisqichbaqasimonlar) bir h’ujayrali suv o’tlari - fitoplanktonlardir (yashil, ko’k-yashil, diatom suv o’tlari).
Plankton organizmlar suv yuzasida yoki chuqurlikda h’attoqi tubida joylashadilar.
Suv yuzasida joylashganlari:
Z. Neyston (suzuvchi) masalan: chivinlar, uning lichinkalari kiradi;
4. Tanasining yarim qismi suvda, qolgan yarmi suv yuzasida joylashganlari esa Pleyston nomini olganlar. Bunga misol qilib
ryaskani olish mumkin.
Plankton organizmlari xajmi jixatidan h’am farqlanadi:
Nannoplankton - judayam kichik (judayam kichik suv o’tlari va bakteriyalar kiradi).
Mikroplankton - kichik (ko’pchilik suv o’tlari, sodad h’ayvonlar)
Mezoplankton -o’rtacha (uzunligi 1sm dan oshmaydigan h’ayvon va o’simliklar)
Makroplankton - yirik (meduzalar, krevetkalar)
Megaplankton - judayam yirik (yirik bir metrdan oshiq keladigan h’ayvonlar)
5. Bentos («benthos" - chuqurlik). Suvning tubida yopishib va o’rmalab yurib yashaydigan organizmlar.
Ular h’am 2 ga bo’linadi:
1. Fitobentos
2. Zoobentoslarga.
Dengiz fitobentoslari asosan bakteriya va suv o’tlari (diatom, yashil, qizil, qo’ng’ir)dan iborat. Dengiz tubining qoyali
va tosh maydonchalarida fitobentoslar juda ko’p bo’ladi. Masalan: laminariya, fukuslar. Ayrim h’ollarda 1 m joyda 30 kg gacha
biomassa h’osil qiladi.
Chuchuk suvlarda qirg’oqdan ichkariga tomon fitobentos poyaslari aniq ko’rinib turadi. Masalan: 1 - poyasda
yarim botiq o’simliklar (qamish, rogoz, osoqa); 2 - poyasda botiq o’simliklar ya’ni suzuvchi barglari bilan (kubushka, kuvshinka,
ryaskalar, vodoqraslar); 3 - poyasda esa botib o’suvchi o’simliklar - rdestlar, elodeyalarni ko’rish mumkin ekan.
Chuchuk suv h’avzalarida zoobentoslar dengiz, okeanlarga qaraganda kam uchraydi. Bular asosan - soddalilar,
chuvalchanglar, molyuskalar, h’asharotlarning lichinkalari h’isoblanadi.
1. Perifiton («peri» - atrofida, oldida). Bular yuksak o’simliklarning poyasiga yopishib ko’tariluvchi molyuska, kolovratka,
gidra va boshqalar h’isoblanadi.
Suv organizmlarining ekologik plastikligi.
Suv organizmlari erdagilarga qaraganda kam ekologik plastiklikga ega, chunki suv turg’un muh’it h’isoblanadi. Dengiz
o’simlik va h’ayvonlari eng kam plastiklikga egadir. Ular suvning sho’rlanishi va h’aroratning o’zgarishilarini judayam sezadilar.
Yuqori ekologik plastiklikga ega bo’lgan gidrobnontlar keng tarqalgandir. Masalan: Elodeya. Ekologik plastikligi tor
organizm tipik stenoterm - lotos (nilufar) o’simligi h’isoblanadi. U faqat yaxshi isigan kichik suv h’avzalarida o’sadi.
Suv o’simliklarining moslanish xususiyatlari.
Suv o’simliklarining ekologiyasi, erda o’sadiganlardan keskin farq qiladi. Birinchi navbatda ularning ildiz tizimi,
o’tkazuvchi to’qimalari kuchsiz taraqqiy etgan.
İldiz tizimi substratda yopishib, o’simlikni suvda ushlab turishga xizmat qiladi,
mineral oziqlanish va suv bilan ta’minlamaydi. Ularning oziqlanishi butun tanasi orqali sodir bo’ladi. Kuchli taraqqiy etgan
ildizpoyasi (ayrim turlarda), vegetativ ko’payish va oziq moddalarni to’plash maqsadida xizmat qiladi. Mexanik to’qimalari
kuchsiz rivojlangan. Barg, poya, ildizlarida h’avo bilan to’lgan h’ujayra oraliqlari, bo’shliqlari mavjud. Shuning uchun h’am
ular suv yuzasida oson suzib yuradi.
46
Suv h’ayvonlarining moslanish xususnyatlari.
O’simliklarga qaraganda h’ayvonlarning suv muh’itiga moslashuvi yanayam xilma-xildir. Ularning ichida anatomo -
morfologik, fiziologik, h’ulq - atvor va boshqa moslashuv belgilarini ajratish mumkin.
Suv qatlamlarida uchraydigan h’ayvonlarda birinchi navbatda suzishini tezlashtiradigan, suv oqimiga qarshi tura oladigan
moslanishlar mavjud. Suv tubidagilarda esa aksincha: suv yuziga chiqmaslik, kuchli oqadigan suvlarda h’am tubida o’zini ushlab
tura olishi kabilar rivojlangan.
Faqat suv muh’itidagina - h’arakatsiz, sutstratga yopishib yashaydigan h’ayvonlarni ko’rish mumkin. Ularga tana
tuzilishining o’ziga xos ekanligi, (tana zichligi suvning zichligidan katta), maxsus moslamalarning (substratga yopishib turishi
uchun) bo’lishi xarakterlidir.
Suvda tovush h’avodagiga nisbatan tez tarqaladi. Shuning uchun h’am kuz yordamida mo’ljal olishdan ko’ra
gidrobiontlar uchun tovush yordamida mo’ljal olish afzal h’isoblanadi. Hayvonlar judayam nozik to’lqin uzunliklari o’zgarishini
h’am sezar ekan. Masalan: meduzalar, baliqlar, qisqichbaqasimonlar, molyuskalar, sutemizuvchilar tovush chiqarish orqali
aloqada bo’ladilar. Ba’zi bir gidrobiontlar ozuqa topishda aks sadodan foydalanadilar.
Okeanlarning ekologik zonalari.
Suv muh’itida gorizontal, ayniqsa vertikal h’oldagi zonallik xarakterli h’isoblanadi. Yuqorida qayd etilgani kabi suv
qatlami – pelagial zona, okean tubi – bental zona deb ataladi. Bental zona o’z navbatida supralitoral, litoral, sublitoral, batial,
abissal zonalarga bo’linadi. Supralitoral – okeanlarning qirg’oqi h’isoblanadi. Litoral zonaning yuqori qismi,
ya’ni suv tulkini eng yuqori ko’tarilib boradigan joylardan iborat bo’lib, bu erlarda quruqlikda va okeanda yashaydigan
organizmlar tarqalgan.
Litoral – dengizning qirg’oq tubi h’isoblanadi va suv qaytgan vaqtda qurib qoladi. Bu zonaga suvning pasayishi chegarasi
bilan eng yuqori ko’tarilishi oralig’i deb qarash mumkin. Bu zonada yashovchi organizmlar sutka davomida 2 marta suv bilan
ta’minlanib, 2 marta undan h’oli bo’ladi. Chegarasi 40 - 50 m chuqurlikgacha boradi.
Harorat va suvning sho’rlanishi keskin o’zgarib turadi, suv pasayganda quyosh nurlari bu zonaga tik tushadi.
Sublitoral - okeanning qirg’oq bo’yi h’isoblanadi. U litoral zona bilan qo’shilgan h’olda 40 - 50 m. dan 200 m. gacha va
undan chuqurroq joylarni egallaydi. Bu erlar bentos suv o’tlari va sanoat uchun ah’amiyatli umurtqasiz h’ayvonlarga boy
h’isoblanadi.
Batial – 200 - 2000 m. gacha qiyalikdagi chuqurliklarni egallab olgan, ya’ni nerit va abissal zonalar oralig’ini tashkil
etadi. Bu zonaning yuqori qismiga kuchsiz yorug’lik tushishi, quyi qismiga esa mutlaqo ko’zga ko’rinadigan nurlarning etib
bormasligi bilan xarakterlanadi. Harorat va suvning sho’rlanishi h’am o’zgarib turadi. Nerit zonaga nisbatan shag’al,
chig’anoqlardan iborat h’amda loy qatlami bilan ajralib turadi.
Abissal – dunyo okeanining tubiga to’g’ri keluvchi dengizning 2000 m. dan ortiq chuqurliklarini egallaydi. Bu
zonada suvning h’arakati judayam sekin, h’arorat 0°S atrofida. mutlaqo yorug’lik tushmaydi. Shuning uchun yashil o’simliklar
bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: