mohiyat va hodisa (voqea), sabab va oqibat, miqdor va sifat,
imkoniyat va voqelik, tasodif va zaruriyat, erkinlik ko'rinishlarida
namoyon bo'ladi. Ushbu kategoriyalar sof aqlning turli bos
qichlarini ifodalaydi.
Gegelning fikriga ko‘ra, inson —
dunyoviy ruhning begona-
lashuvidan boshqa narsa emas. Xuddi shunday pozitsiyadan turib
inson inson bo'lib shakllanish jarayonini tahlil qildi. Insonning
inson bo'lib shakllanishida axloq hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo'ladi. Uning tushuntirishicha, axloqiy normalar, prinsiplar
insoniy munosabatlarning turli-tum an shakllaridan tashkil topa
di va dunyoviy aql xohish-irodasiga mos bo'ladi.
Kishilar xulq-
atvorini ifodalovchi turli axloqiy normalar, prinsiplar ular amaliy
faoliyati tufayli emas, balki dunyoviy ruh rivojlanishining lah-
zasi (momenti) sifatida vujudga keladi.
Gegel inson faoliyatining shakllari, individual va ijtimoiy ong,
o'zini o'zi anglash, shaxs erkinligi
haqida bir qator chuqur
dialektik qoidalami bayon qildi. Uning asarlarida insonning inson
darajasiga ko'tarilishida mehnatning roli, kishilar turmushida mehnat
qurollarining ahamiyati haqida bir talay fikr-mulohazalar bayon
etilgan. Lekin Gegel insonning shakllanish jarayoni davrlarini
ruhning rivojlanishi prizmasidan o'tkazib tahlil qildi. Chunki xuddi
o'sha ruh «ruh
haqidagi esdaliklami, uning o'z o'zidan qanday
mavjud bo'lib turganligi va qanday qilib ular o'zlarining hukm-
ronliklarini tashkil qilib turganliklarini»1 ifodalovchi yo'lni bosib
o'tishi lozim.
Gegelning mehnat to'g'risidagi qarashlari absolut ruh faoli-
yatiga, begonalashuv haqidagi mulohazalari esa anglash bilan
o'z o'zini anglash orasidagi qarama-qarshilikka borib taqaladi.
Xulosa qilib aytganda, Gegel falsafasida inson muammosi — o 'z
o'zini anglash fenomenologiyasi muammosidir.
Uning uchun
insoniylikning mohiyati o'zini o'zi anglash bilan bab-barobardir.
Inson bilan jamiyat, individ bilan davlat orasidagi o'zaro
aloqadorlik masalalari haqida fikr yuritgan Gegel — tarixda shaxs-
ning roli haqidagi subyektiv qarashlam i tanqid qildi. Uning
fikricha, buyuk shaxslar — tarixiy zaruriyatni boshqalarga qara
ganda to'la va chuqur tushunuvchi kishilardir. Lekin tarixiy zaru-
1
Гегель.
Сочинения. В 14-ти томах. Том 14. М., 1959, 434-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
riyat absolut ruhning rivojlanishiga, umumbashar tarixi esa ongda
va o'z o'zini anglash borasida
erishilgan taraqqiyotga mos
bo'lmog'i lozim. Shu qoidalarga asosan tarixiy shaxslaming faoli
yati ijtimoiy rivojlanish qonunlariga emas, balki dunyoviy ruh
taraqqiyoti qonunlariga bo'ysunmog'i darkor.
Inson muammosi Lyudvig Feyerbax1 falsafiy mushohadasi-
ning asosiy obyekti edi. U, inson muammolariga bag'ishlangan
«Yangi falsafa», «Kelajak falsafasi»ni yaratishga butun ongli umrini
baxshida etdi. Feyerbaxning fikriga muvofiq, haqiqiy falsafa, bu
antropologiya — inson haqidagi ta ’limotdir. Faylasuf uchun m od
diylik bilan m a’naviylik birligi asosini
inson tashkil etgandagina
uning haqiqiy m a’nosi namoyon bo'ladi.
Feyerbax asos solgan «Yangi falsafa» prinsiplariga muvofiq,
inson tabiatning bo'lagidir. U tabiat tufayli yashaydi. Tabiat inson-
ni boquvchi onadir. Shuning uchun inson tabiat oldida bir umrga
qarzdordir. «Yangi falsafa» tabiat insonni vujudga keltiruvchi asosiy
bazis deb hisoblaganda, insonni falsafaning yakka-yu yagona, oliy
predmetiga
aylantira borib, o 'z navbatida, antropologiyaga,
shuningdek, fiziologiyaga, universal fanga aylantiradi2.
Feyerbaxning fikriga ko'ra, tabiatning bo'lagi bo'lgan o'sha
tirik maxluqot, ya’ni inson, o'ziga xos spetsifik xususiyatlarga ega
bo'ladi. Insonning o'ziga xos xususiyatlaridan biri,
uning fikr-
mulohaza yuritishga qodir ekanligidir. Insonning o'ziga xos xu
susiyatlari haqida fikr-mulohaza yuritgan faylasuf bunday deb
yozgan edi: «Iroda, fikrlash va hissiyotda insonning oliy, ab-
salyut mohiyati va uning yashashdan maqsadi namoyon bo'ladi»3.
Insonning fikr-mulohazasi tufayli ajdodlar yaratgan intellektual
boylik avlodlarga yetkaziladi. Xuddi shu m a’noda, fikr-mulohaza
Do'stlaringiz bilan baham: