1
Iogani Gotlib Fixte 1762-yilda tug‘ilgan. Avval Iena, keyinroq Lepsig uni-
versitetlarini tugatgan. Xonadon o ‘qituvchisi bo'lib ishlagan. 1755-yilda Iena uni-
versitetida professor bo‘lgan. 1805— 1806-yillarda Erlangen va Kenigsberg univer-
sitetlarida ma’ruzalar o ‘qigan. 1810-yilda Berlin universitetining dekani bo‘lgan.
1814-yilda vafot etgan. Uning falsafiy qarashlari «Fanshunoslik» (1794), «Yopiq
savdo davlati» (1800) asarlarida bayon etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
yati shundan iboratki, u ong bilan faoliyat orasidagi o'zaro
aloqadorlik mexanizmining m ohiyatini ochib berishga harakat
qildi. U ning e ’tiro f etishicha, inson ongi bilan faoliyati birli
gining asosida doim o harakatda bo'lgan inson o'zligining ifo-
dasi «Men» yotadi. «Men» insonning fikrlash doirasida mavjud
bo'lgan barcha o'zgarishlarni o'ziga qam rab oladi, shuning
uchun ham «Men» yuksak faollikka ega bo'lgan fikrlovchi
subyektdir.
Fixtening ta ’kidlashicha, inson «M en»idan tashqarida tu r
gan «Men emas» ham borligini unutmaslik darkor. «Men emas»,
shubhasiz,«Men»ga o'z ta’sirini o'tkazadi. H atto uning maz
munini ham belgilab berishi mumkin. Faylasufning e’tiro f
etishicha, insonning fizik tabiati uning tabiiy mayllaridan tarkib
topgan. Shuning uchun ham, b a’zan «Men emas» «Men»ning
rivojlanishiga ichki stimul beradi. Xuddi shu holat, o 'z navbati
da, insonning axloqiy burchini bajarishiga to'siq bo'ladi, inson
axloqini yemiradi. Insondagi «Men emas» qancha kuchli bo'lsa,
«Men»ning axloqiy imkoniyatlari shuncha zaif bo'ladi. Shunday
qilib, Fixte inson «Men»i bilan «Men emas» orasidagi o'zaro
aloqadorlik, o 'zaro ta ’sir m exanizm ining m ohiyatini ochib
berishga harakat qiladi.
Fixtening fikriga muvofiq, «Men» bilan «Men emas»ning o'zaro
aloqadorligi ularning bir-biriga mos tushishi yoki tushmasligi in
son ongi va faoliyatining birligini ta ’minlovchi qudratli omildir.
Xuddi shu qoida Fixte dialektikasining mag'zini tashkil etadi.
Lekin, deb ta’kidlaydi faylasuf, «Men» bilan «Men emas» orasida
gi o'zaro aloqadorlik, o'zaro ta ’sir mexanizmining mohiyatini
faqat aql imkoniyatlari yordamida emas, balki uni bilishda ong-
sizlik elementlari ham ishtirok etadi. Ko'rinib turibdiki, Fixte
insonning ongi bilan faoliyati orasidagi o'zaro aloqadorlikni, o'zaro
ta’simi bilishda nafaqat onglilik, balki ongsizlik ham ishtirok etishini
e’tirof etadi.
Fixte «Men» bilan «Men emas» orasida ziddiyat mavjudligi,
o'sha ziddiyat inson ongi va faoliyati orasidagi o'zaro aloqador
lik, o'zaro ta ’sir mexanizmi o'zgarib turishi uchun ichki stimul
berishini isbotlab berdi. U «Men» bilan «Men emas» oarsidagi
o'zaro aloqadorlik, o'zaro ta ’sir mexanizmining mohiyati man-
zarasini quyidagicha ta ’riflaydi. Chunonchi:
www.ziyouz.com kutubxonasi
1.«Men»
0
‘zining mavjudligini rasman tasdiqlaydi (tezis).
2. «Men» «Men emas»ning mavjudligini rad etadi (antitezis).
3. «Men» «Men emas»ning mavjudligiga iqror bo'ladi (sin
tez).
Fixtening tushuntirishicha, «Men emas» «Men»ga o'xshash
yoki uyqash emas, balki u inson ongining, ya’ni «Men»ning
mahsulidjr. Ushbu holat inson atrofini o'rab turgan butun olam
inson ongiga bog'liq emasligidan dalolat beradi. «Men» va «Men
emas» haqida fikr-mulohaza yuritganda falsafiy fikrlash m adani
yatining turli qirralari, bir ibora bilan aytganda, inson o'zligini
ifodalovchi dastlabki subyekt «Men» haqida so'zlaymiz.
Fixtening inson ongi va faoliyati orasidagi o'zaro aloqador
lik, o'zaro ta ’sir haqida fikr-mulohazalaridan ko'rinib turibdiki,
«Men» «Men emas»ni, o'z navbatida, «Men emas» «Men»ni
vujudga keltiiadi. Doimo harakatda bo'lgan bunday g'ildirak holatni
tavsiflash uchun nemis mutafakkiri «intellektual intuitsiya» tus-
hunchasini falsafiy muomalaga kiritadi.
Intellektual intuitsiya insonning aqliy faoliyatiga ichki stimul,
quw at berib turadi. Intellektual intuitsiya inson erkinligi bilan
bog'liq. Shuning uchun ham Fixte inson erkinligining holati,
darajasini aniqlash — falsafaning eng muhim vazifalaridan biri
bo'lm og'i lozim, deb hisoblaydi va inson erkinligi namoyon
bo'lishining turli ko'rinishlarini o'zida mujassamlashtiruvchi sis-
temani yaratishga kirishadi. O'zi tuzib chiqqan ijtimoiy siste-
mani «erkinlikning dastlabki sistemasi», deb ataydi. Ushbu sis-
tem a insonni turli ijtimoiy zug'umlardan, ulaming quli, cho'risi
bo'lish kabi yaramas g'ayriinsoniy illatlardan himoya qiladi.
Fixtedagi inson erkinligi muammolari haqidagi fikrlash fran
suz m a’rifatparvarlari ta’sirida hosil bo'lgan edi. Insonning erkin-
lik tom on intilishi zaruriyatga asoslangan amaliyot natijasida
sodir bo'ldi. Nemis mutafakkirining fikricha, inson erkinligi
darajasini kishilardagi donishmandlikdan emas, balki o 'sha kishi
faoliyat ko'rsatayotgan tarixiy davr, tarixiy shart-sharoitdan
izlash lozim. Shuning uchun ham odam lar faoliyatidagi xud-
binlik, ichi qoralik sabablarini Germ aniyadagi ijtim oiy-iqti
sodiy tuzum ning qoloqligidan qidiradi. Kishilar insoniy fazilat
lari, xislatlarini yanada rivojlantirm oq uchun Germaniyadagi
ijtimoiy qoloqlikni tugatish zarur, deb hisoblaydi va m am -
www.ziyouz.com kutubxonasi
lakatda «biqiq savdo davlati» barpo etishga qaratilgan bir qa
to r takliflar, loyihalar ishlab chiqadi. Fixte ishlab chiqqan
loyihada Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o ‘ziga xos
xususiyatlarini aniqlab berish bilan birga, nemislarni ilohiy-
lashtirishga, uni boshqa millatlardan ustun qo'yishga qaratilgan
b a’zi mulohazalar ham bor edi.
Insonning aqliy faoliyati bilan uning onggi orasidagi o ‘zaro
aloqadorlik muammolari haqida nemis klassik falsafasining namo-
yandalaridan biri Shelling Fridrix Vilgelm Iozef1 ham bir talay
fikr-mulohazalarni bildirdi. Shelling ong deganda «intellektual in
tuitsiya» natijasi, hosilasini tushundi. Lekin uning fikriga ko'ra,
«intellektual intuitsiya» hamma kishiga xos xislat emas, balki mumtoz
kishilarga, ayrim talantli odamlarga xosdir, deb tushuntirdi.
Insondagi ong, eng aw alo, o'z zaruriyati uchun xizmat
qiladi. Ana shu m a’noda inson ongi erkin bo'ladi. Lekin kishi
laming erkin fikrlashi qandaydir qonun asosida sodir bo'ladi.
Boshqacharoq aytganimizda, inson erkin fikrlashi qandaydir
qonuniyat asosida ro'y beradigan jarayondir. Shellingning fikriga
ko'ra, xuddi shu jarayonda ruh bilan tabiat, subyekt bilan
obyekt, erkinlik bilan zaruriyat qo'shilib-qorilib ketadi.
Shelling ta ’limotining asosiy mavzusi — bilish jarayonidagi
obyekt bilan subyekt orasidagi o'zaro aloqadorlikni o'rganishga
qaratilgan. Uning tushuntirishicha, bilish jarayonida obyekt b i
lan subyekt aloqadorligi ayniyat qonuni asosida sodir bo'ladi.
Bu qonunga muvofiq inson aqliy faoliyati birlikdan ko'plik tomon
siljib boradi. Ana shu jarayonda inson o'zini o'zi anglaydi.
Shelling falsafasida inson erkinligi muammolari asosiy o'rin
egallaydi. Uning «Inson erkinligining mohiyati haqidagi va shu
bilan bog'liq predmetlar to'g'risidagi falsafiy tadqiqot» (1809-y.)
asarida xuddi shu muammoga katta e ’tibor berildi2.
Do'stlaringiz bilan baham: |