A n V a r c h o r iy e V


Immanuil Kant 1724-yilda Kenigsberg shahrida hunarmand oilasida tug‘ilgan



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

1 Immanuil Kant 1724-yilda Kenigsberg shahrida hunarmand oilasida tug‘ilgan.
Umumiy o ‘rta ma’lumotni ona shahrida olgan. Kenigsberg universitetining falsafa
fakultetini tugatgan va to‘qqiz yil xonadon o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 1755-yilda
Kenigsberg universitetida magistrlik dissertatsiyasi qilgan va o ‘sha yildan e’tiboran
privat-dotsent bo'lib ish boshlagan. 1770-yilda Kenigsberg universiteti mantiq va
metafizika kafedrasini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun professorlik disser-
tatsiyasini himoya qilgan. 1779-yildan e ’tiboran Berlinda faoliyat ko‘rsatgan. 1784-
yilda vafot etgan. Uning inson to‘g‘risidagi qarashlari «Antropologiya», «Sof aqlni
tanqid» kabi asarlarida bayon etilgan.
2 Кант И. Сочинения. В шести томах. Том 4(2), М., 1965, 361-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


inson shaxsi vujudga kela boshlaganligidan dalolat beradi. Mash­
hur nemis faylasufi ushbu muammoning yechimiga oid to'la va 
aniq fikr bayon qilmagan bo'lsada, o'zini o'zi anglash — 
shaxs shakllanish jarayonining eng muhim elementi ekanligini 
ta ’kidlaganligi, ushbu muammoni kun tartibiga qo'yganligining 
o'zi katta ahamiyatga molikdir.
Ikkinchisi: «Shaxs» degan tushunchani ishlatgan vaqtda nimani 
inobatga olmoq zarur? Ushbu tushuncha insonning yaxlitligini, 
yoki uning m a’lum bir muhim tomonini ifodalaydimi? «Shaxs» 
deganda inson borlig'ining tabiiy asoslari haqida gapirish kerakmi? 
degan savollardir. Ushbu savollarga javob beigan Kant, shaxs 
deganda, eng awalo, inson borlig'ining tabiiy asoslari haqida fikr 
yuritmoq darkor, deb qaradi. Bunday mulohazalami «Antropologi- 
ya» asarining «Shaxsning xarakteri» bo'limida ko'rishimiz mumkin.
Kant inson strukturasini tabiiy va ijtimoiy tomonlarga bo'lib 
o'rganishni taklif etadi. U antropotsentrizm prinsi plariga qarshi 
chiqish, insonga ta ’rif berganda uch muhim elementga alohida 
e ’tibor berish zarur ekanligini ta ’kidladi: «1. Tirik mavjudot 
sifatida insonda hayvoniy alomatlam ing borligi. 2. Tirik va aqlli 
mavjudot sifatida unda insoniylik alomatlarining borligi. 3. Aqlli 
mavjudot va shuning bilan birga unda fikr-mulohazalarni singdirish 
imkoniyati mavjud bo'lgan shaxs alomatlari borligi»1.
Inson shaxsini ifodalovchi turli alom atlam i har tomonlama 
tahlil qilgan Kant uning faoliyatidagi axloqiy cheklashlaming 
o 'm i, bunday cheklashlaming turli qonunlarda ifodalanishi, ushbu 
qonunlam ing jamiyat a ’zolari kundalik faoliyatida o'z ifodasini 
topishiga alohida e ’tibor berdi. Inson turli nomaqbul ishlar
hatto ba’zan jinoiy ishlar ham qilib qo'yishi mumkin ekan­
ligini Kant rad etmadi. Axloqiy qoidalarga rioya qilmaslik oqi- 
batida turli to'qnashuvlar vujudga kelishi mumkin ekanligini ham
tan oldi. Shuning bilan birga Kant inson axloqsizligini qattiq 
qoraladi. Kishilardan axloqiy norma va jamiyat oldidagi mas’uliyat, 
burchlarini bajarish zarur ekanligini talab qildi. Uning inson 
konsepsiyasida axloqiy poklik jamiyat a’zolari faoliyatining asosiy 
mezonidir. Lekin Kant axloqiy yetuklikda turli cheklashlar, m an 
qilishlami absolutlashtirdi. Buning natijasida inson faoliyati real 
shart-sharoitlar ta ’siri ostida emas, balki individual ongga alo- 
qador bo'lgan axloqiy talablar, qoidalar ta ’sirida sodir bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kant insonning o'zini o ‘zi bilish borasidagi faoliyatini qadrlaydi. 
O'zini o'zi bilish jarayonining inson faoliyati doirasiga kiritilishi 
Kantning falsafaga qo'shgan eng muhim hissalaridan biri edi. U 
birinchi marta bilish murakkab jarayon ekanligini tushuntirib, ush­
bu jarayonning o'ziga xos qonuniyatlari bor ekanligini isbotlab 
berdi. Birinchi marta bilinishi zarur bo'lgan substansiyaning ifodasi 
va strukturasini emas, biluvchini, ya’ni bilishga intilayotgan sub- 
yektning o'zini o'zi bilishda hal qiluvchi omil ekanligini dalillab 
berdi. Bunday holatni uning «Sof aqlni tanqid», «Prolegomenlar», 
«Muhokama qobiliyatini tanqid» asarlarida ko'rish mumkin.
Inson o'zini o'zi bilishda bilim hal qiluvchi ahamiyatga ega 
ekanligini isbotladi. Kant inson bilimlarini ikki tuiga: tajribadan 
hosil bo'lgan bilimlar (apasteriori); tajribagacha mavjud bo'lgan 
yoki unga bog'liq boim agan bilimlar (apriori)ga bo'ldi. Bilimlar- 
ning ichki strukturasini chuqur tahlil qilib, bilimlar ikki: empirik 
va transendental darajalarda namoyon bo'ladi, deb tushuntirdi. 
Empirik bilimlar inson individual xususiyatlariga bog'liq bo'lsa, 
transendental bilimlar insonning umumiy holatiga, uning kelib 
chiqishiga, u yashayotgan muhitga bog'liq bo'ladi, deb hisoblaydi.
Kantning tushuntirishicha, nazariy falsafaning asosiy vazifasi
— tabiat, jamiyat, insonni bilishdan iboratgina emas, balki 
insonning olamni bilish borasidagi intellektual faoliyati qonun­
larini aniqlash, o'sha qonunlar chegarasini belgilab berishdan 
iboratdir. U o'z falsafasini transsendental falsafa, o'zi yaratgan 
metodni esa tanqidiy metod, deb atadi. XVII asr ratsionaliz- 
mining dogmatik m etodidan Kant yaratgan tanqidiy analiz 
metodining asosiy farqi shundaki, bu metod, eng aw alo, in­
son faoliyatini, uning turli qobiliyatlari, malakalarini o'rganishga 
qaratilganligidir. Shunday qilib, buyuk nemis faylasufi Kant inson 
faoliyatini o'rganishning metodologik asoslarini yaratdi.
Nemis klassik falsafasining yirik vakillaridan biri Fixte Ioga- 
ni G otlibning1 inson to'g'risidagi fikr-mulohazalari boshqalarni- 
kidan keskin farq qiladi. Fixte falsafasining o'ziga xos xususi-

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish