www.ziyouz.com
kutubxonasi
71
Meyluchjoni tutishni va butun urug‘i bilan qirib tashlashni buyurdi. Keksa Tongyuquq
ko‘zlari yonib turgan la'nati shoqolga tikilib qaradi, lekin sotqin bu sokin sharmandalikka
chiday bilmadi...
Saltanat xavf ostida qoldi...»
102
Odatda o‘zing biladigan narsalardan boshqalar ham xabardor deb o‘ylaysan kishi,
shuning uchun ham ularga har tomonlama e'tibor qaratmaysan, masalan, o‘z
qaydlaringga. Ba'zi o‘rinlarda men ham shunday qilganimni angladim: so‘nggi ikki yil
ichida hayotimda ro‘y bergan voqealarni hamma bilishi kerak deb o‘yladim va shundan
buyon qaydlarimdagi mantiq yoki batafsillikka u qadar e'tibor qaratmaydigan bo‘ldim:
ular ma'lum bir vaqtdagi kayfiyatimning in'ikosi edi xolos. Lekin hayotning mantiq bilan
ishi yo‘q, u o‘z yo‘lida davom etaveradi. Shundan bo‘lsa kerak, saltanatlarning barbod
bo‘lishi, tsivilizatsiyalararo to‘qnashuv kabi yirik masalalar qolib, arzimas shaxsiy
voqealar, hatto voqeadan ham kichkina narsalar to‘g‘risida gap boshlanadi. Bu menga
«Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r» degan maqolni eslatadi.
Fionadan ayrilganim ko‘nglimni qattiq og‘ritib yurgan kunlarning birida biror joyga
sayohatga chiqishga qaror qildim. Sayyohlik agentligi Venaga borishni taklif qildi. Ha,
ado bo‘lgan saltanatlardan birining poytaxtiga. Har kimning tasavvuri turlicha bo‘lgani
kabi, men ham Venani musulmonchasiga tasavvur qilardim. Lekin hammaning xohish-
istagi har xil. Siz bu kompleks sayohat nima ekanini bilasiz: avtobusdagilar unga
o‘tirgandan boshlab, bir-biri bilan tanishishga tushib ketishadi, oqibatda bu tanishuv bir
shisha o‘rta sifatli nemis vinosidan otib olgach, allaqanday xira do‘stlikka aylanadi va
oqibatda mast-alastlarning «Doktor Gesler, Postgas, 14» pansionida bitta o‘ringa yotib
uxlab qolish bilan yakunlanadi. Buni tan olish qiyin, lekin undan ham qiyini ularni
ayblayotganing va o‘zing ham xuddi shunday ekanligingda.
Yakka o‘zim Venaning dabdabali va uncha keng bo‘lmagan tosh ko‘chalaridan Hukmdor
uylari, bog‘, favvoralar, Opera teatrini tomosha qilib borarkanman, Domen-Platsga kelib
qoldim, u yerda yoshlar breyk tushayotgan va boshlarida aylanib o‘ynashayotgandi.
Yaqin atrofdagi ibodatxonada qo‘ng‘iroqlar chalina boshlandi, lekin hech kim unga quloq
tutmasdi. Vahimali musiqa uni bosib tushar va yoshlar «Ole, ole!» deya qichqirishardi.
Bob Marli «Sen bilan qisilib qolishni istayman» qo‘shig‘ini kuylar, to‘planganlar orasida
yaponlar va hindlar, turklar va avstriyaliklar, britaniyalik va kariblik, meksikalik va
sloven, xitoy va rus, yahudiy va lo‘lilar bor edi.
Men ibodatxonaga kirdim. Pasxa bayramiga bag‘ishlangan marosim boshlanish arafasida
edi. Aslida men bu marosimda qatnashishga emas, bu joylarni tomosha qilishga
kelgandim, lekin eshik og‘asi mendan marosimga keldingizmi, deb so‘raganida, «ha»
deb yuboribman. Men yolg‘on gapirgandim, lekin endi ichkariga kirib bo‘lgandim.
Cherkovda nimalar bo‘lganini sizga aytmoqchi emasman. Bu juda kitobiy va ma'naviy bir
narsaga o‘xshab qoladi. Aksincha, yepiskop bu dunyoni tark etgan O'g‘il haqida kuyinib
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |