www.ziyouz.com
kutubxonasi
70
«So‘g‘ddan kelgan Manixey Shahzoda e'tiqodi kuchliroq bo‘lgan o‘z tilmochi Berke bilan
munozara qilib turardi. Berke Shahzodaga tegishli barcha narsani, xususan «Nom»ning
tarjimasini ham olib, bir joyga to‘pladi va ustidan o‘t qo‘ydi. Olov tillari yuqoriga
o‘rlaganda, Berke uning atrofida pichirlab, har xil so‘zlar aytib, qo‘ng‘iroq va do‘mbira
chalib, o‘yinga tusha boshladi. Birdan u aqlu hushini yo‘qotib, g‘alati ovozlar chiqara
boshladi va nogoh yerga yumalab tushdi-yu, o‘lib qoldi. Kitob o‘t ichida qoldi, sahifalari
gurillab yona boshladi. Shahzoda hech qachon bu kabi ajoyib manzarani ko‘rmagan edi.
Yerda Berkening o‘ligi yotardi...»
Li boshqa bir xitoycha yozilgan qog‘ozni tortib chiqardi va betartib o‘qiy ketdi:
«Ko‘k O'g‘li Suntzyun o‘zining ikkiyuzlamachi xizmatchilari Chjan Kuy va Lyu Syan tufayli
Bilga-Hoqonning Otukendagi saroyida nimalar sodir bo‘layotganini juda yaxshi bilardi.
Uning ularni asirga olayotganlaridan jahli chiqardi. Bu ularning avvalgi va'dalariga qarshi
bo‘lib, o‘ziga nisbatan o‘ta hurmatsizlik ham edi. Vaziyatning birgina afzal tomoni
ularning haliyam u yerda turib, o‘z ishlarini davom ettirishayotgani bo‘lib, bu Suantzyun
asosiy dushmani haqida ko‘proq narsa bilishi mumkinligini anglatardi. Shunga qaramay,
xizmatkorlar urush ochish fursati yetgani haqida xabar jo‘natishgandi.
Ko‘k O'g‘li isyonchilarga qarshi qanday kurashish kerakligini bilardi. U turklarning elchisi
Meyluchjoni Otuken o‘rmoniga yuboradi. Meyluchjo o‘z ishidan va uni amalga oshirgach,
evaziga nima olishidan yaxshi xabardor edi...»
101
«Tongyuquq ularning elchisi Meyluchjo ortiga qaytib kelgani va eng avval Hukmdor bilan
ko‘rishganini eshitgan zahoti hammasini tushundi. Avval uning o‘zi Xitoy hukumati
tomonidan xuddi shunaqa ish uchun yuborilgan, lekin o‘z odamlarini sotgan emasdi.
Aksincha, u hamma narsani dashtning asosiy dushmanlariga qarshi ko‘targan va hozir
ko‘k turklar saltanati dengiz osha kengayib bormoqda. Uning hayotdagi vazifasi tulkilarni
izlab topish, ta'qib etish va ovlashdan iborat edi, ayni paytda u tulkilarning yana qayta
bo‘rilar mulkida ekanini his etdi.
Har daqiqa u Meyluchjoning huzuriga kelishini intiqib kutar, chunki saltanat bir qo‘lsiz
ham saltanat, hatto ikkinchi qo‘li yo‘q bo‘lsa ham saltanat, lekin boshsiz saltanat
saltanat emasdir. Meyluchjo Chan'andaligida bunga o‘qitilgandi. Biroq, Dono Tongyuquq
Hukmdorning ahvolini bilish uchun odam yuborib, Pankul boshliq saralangan qo‘shinni
qo‘qqisdan boshlanadigan hujumga tayyor turishini buyurdi.
Dono Tongyuquq Buyuk Qaytaruvni boshlab nechog‘li to‘g‘ri ish qilganini yana bir karra
his etdi.
Xonasida o‘tirarkan, eshik og‘asi ichkari kirib, Ko‘k O'g‘li janobi oliylarining elchisi kutib
turganini aytdi. Shan'anda ildiz yozgan barcha gaplar Tongyuquqning g‘azabini
qo‘zg‘atgandi, biroq u Meyluchjoga kirishga izn berdi. Lekin u ichkariga kirmasidan
burun, elchilar va Bilga-Hoqonning jallodlari o‘tovga bostirib kirishdi va Tongyuquq haq
bo‘lib chiqdi. Dasht Hukmdori zaharlangandi. U hayot uchun kurashar ekan, zudlik bilan
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |