Zinserl.)
kabi turlari ko‘kalamzorlashtirishda manzarali o ‘simliklari
sifatida foydalanish uchun tavsiya qilinadi.
PIROKANTA (PYRACANTHA)TURKUM I
Bu
turkumning bittagina
Qizil pirokanta (Pyracantha coscinea
Roem.)
turi bor. U tikanli buta bo‘lib, b o ‘yi 2-2,5 m ga yetadi.
Novdalari sertuk, barglari cho‘ziq, ellipssimon yoki lansetsimon, b o ‘yi 4
sm gacha, po‘sti qalin,
yaltiroq, to‘q yashil b o ‘lib, kuzda tiniq qizil
rangga kiradi. Gullari mayda bo‘lib, to‘pgul hosil qiladi.
Ular oq yoki sariq pushti. Toshkent shahri sharoitlarida apreldan to
may
oyigacha gullab turadi, nektarli o‘simlik. Mevasi sharsimon, qizil,
diametri 5-6 mm.
Ular avgustda yetiladi. Bu buta urug‘idan ko‘payadi. Urug‘lari
kelgusi yilning bahorigacha tupida
saqlanadi.
U yorug‘sevar,
qurg‘oqchilikka
chidamli, yer tanlamaydigan o ‘simlik. Pirokanta
yovvoyi holda Qrimda va Kavkazda tarqalgan. U nihoyatda chiroyli
o‘simlik, ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanish
uchun hamda yashil
to‘siq va ihota daraxtzorlari barpo etish uchun ekish tavsiya etiladi.
M USHM ULA (M ESPILUS) TURK UM I
Bu turkumda ikkita
oddiy m ushmula (M espilus germanica L.) va
yaponiya mushmulasi (Mespilus japonica L.)
turlari va bir necha
duragay shakllari bor. Bu sershox va serbarg o ‘simlik bo‘lib, bo‘yi 3-6
m, diametri 20 sm ga yetadi. Po‘stlog‘i qo‘ng‘ir yoki kul rangda.
Barglari cho‘ziq-ellipssimon, bo‘yi 14 sm, eni 7 sm,
yuz tomoni xira,
to‘q yashil, orqa tomoni xira-yashil rangda. Barg yozib bo‘lgandan
so‘ng gullaydi. Gullari yirik, oq, diametri 5 sm bo‘lib, kalta novdalar
uchida to‘da-to‘da joylashadi.
Mevasi ko‘p, sariq yoki qizg'ish rangda, diametri 4 sm dan 7 sm
gacha.
Bu buta soyaga, qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamli. Unumdor,
ayniqsa, ohakli yerlarda yaxshi o ‘sadi. Undan chiroyli yashil to ‘siq
yaratish mumkin. Shu maqsadda mamlakatning janubiy hududlarida
ekiladi. MDH ning janubida - Kavkaz va Markaziy Osiyoda tarqalgan
bo‘lib, Yevropa qismida sovuqdan zararlanadi.
U Eronda va K ichik
Osiyoning sharqi-janubida ham uchraydi.
Yog‘ochi juda qattiq bo‘lib, duradgorlikda ishlatiladi. Bargi
po‘stlog‘i va xom mevalari tarkibida oshlovchi moddalar bor. M evasi
yirik bo‘lib, iste’mol
qilinadi, tarkibida tishni qamashtiruvchi m oddalar
b o iib , ular ichak-oshqozon kasalliklariga foydali ta’sir etadi, ayniqsa,
oshqozonning yalligianishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: