PEDAGOGIKA
2017, 3-son
46
xafagarchilik (p=,033), aybdorlik hissi (p=,000) atrofdagilarga nisbatan
dushmanlik munosabati (p=,000) va agressiyaning umumiy kо‘rinishlari (p=,000)
orasida ahamiyatli farqlar kuzatildi. Yuqorida keltirilgan matematik tahlil
shundan guvohlik beradiki, 13 yoshdagi bolalarda agressiya shakllari 15
yoshdagilarga nisbatan yuqori. 13 yoshdagi bolalarda boshqa yosh bosqichlariga
nisbatan
agressivlik
holatlari
kо‘proq
namoyon
bо‘lishini
va
bu
kо‘rsatkichlarning yuqoriligi boladagi “о‘tish inqirozi”ning eng shiddatli
kechayotgan davriga tо‘g‘ri kelishini anglash mumkin. О‘smirlik yoshidagi
agressiv xulq-atvorning о‘ziga xos xususiyatlari kattalar nufuzining yо‘qolishi
fonida tengdoshlari guruhiga tobe bо‘lish hisoblanadi. Bu yoshda agressiv
bо‘lish kо‘pincha “kuchli bо‘lish yoki shunday tuyulish”ni anglatadi. О‘smir
agressiv xatti-harakatlari negizida о‘z shaxsini tasdiqlash, “Men”ini namoyon
etishga qiziqish ustunlik qiladi. Ular jamiyatda va dо‘stlari orasida о‘z о‘rinlariga
ega bо‘lish maqsadida ham agressiv harakatlarni amalga oshirishlari
mumkinligini kо‘rishimiz mumkin. Shuningdek, kichik о‘smirlarda (11-13 yosh)
muloqot malakasining sust rivojlangani, о‘z hissiyotlarini namoyon qilishda
ijtimoiy me’yor kо‘nikmasidan chetga chiqishlari natijasida ham yuqoridagi kabi
tafovut kelib chiqqan bо‘lishi mumkin.
Sinaluvchilarda jismoniy agressiyaning yuqoriligi ular nizoli vaziyatlar
tug‘ilgan paytda jismoniy kuch ishlatish orqali muammoni hal etishga urinishlari
hamda jismoniy kuchga tayanib harakat qilishlaridan dalolat beradi.
Shuningdek, autoagressiya – о‘zi va atrof-muhit о‘rtasidagi munosabatlarda
kuzatiladigan aybdorlik hissi о‘z-о‘ziga qarshi qaratilgan xatti-harakat, ya’ni
о‘zini о‘zi ayblash ham sinaluvchilarda yuqori darajada namoyon bо‘lishi
aniqlandi. Sinaluvchilarda shubhalanuvchanlik, ya’ni ishonchsizlikka moyillik,
odamlar bilan ehtiyot bо‘lib munosabat о‘rnatish, atrofdagi insonlar bilan
muomala-munosabatda bо‘lishdan qochish, ular menga zarar yetkazishi
mumkin degan tasavvurning mavjudligi kuzatildi.
1-jadvaldagi dushmanlik munosabati atrofidagilarga nisbatan bо‘lib,
metodikada xafagarchilik va shubhalanuvchanlik indekslarini о‘z ichiga oladi.
Demak,
matematik
statistik
ma’lumotlarda
ham
xafagarchilik,
shubhalanuvchanlik va atrofidagilarga dushmanlik munosabati oralarida ishonch
darajasi musbat munosabatdaligi aniqlangan. Atrofdagilarga nisbatan
dushmanlik
munosabatining
ortishi
bolada
xafagarchilik
va
shubhalanuvchanlikni ham orttiradi.
Olingan empirik natijalar о‘g‘il va qiz bolalarda yosh jihatdan turlicha
tafovutlarni kо‘rsatdi. 2-jadvalda 9-sinf о‘quvchilaridagi gender tafovutlarni
kо‘rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |