PEDAGOGIKA
2017, 3-son
127
Jumladan, Guliston davlat universiteti kafedralari qoshida tashkil etilgan
“Yosh olimlar” maktablari о‘z tarkibiga uzluksiz ta’lim tizimi bо‘yicha maktab
о‘quvchilari, akademik litsey va universitet talabalarini biriktirgan. Bunday
maktabning tо‘garaklardan afzalligi shundaki, unda mashg‘ulotlar noan’anaviy
tarzda: bahs-munozara, didaktik va rolli о‘yinlar hamda noan’anaviy tarbiya
darslari kо‘rinishida amalga oshiriladi. Bu yerda о‘quvchi va talabaga о‘zaro
munosabatga kirisha olish hamda ular ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini namoyon eta
olishlari uchun tо‘liq shart-sharoit hamda erkinlik yaratib berilgan.
Guliston davlat universitetida ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini
oshirish maqsadida universitet “Yosh olimlar” kengashi tashkil etilgan.
Kafedralarda tashkil etilgan “Yosh olimlar” maktabi hamda “Kichik
maktab”larga bо‘lingan. “Yosh olimlar” maktabi hamda “Kichik maktab”larning
a’zolari kafedraning bosh ilmiy tadqiqot muammosi asosida ishlab chiqilgan
ilmiy mavzular bо‘yicha tadqiqotchilik faoliyatlarini olib boradi. Tabiiyki, ishlab
chiqilgan mavzular kafedra mutaxassis-olimlarining tadqiqot ishlariga oid
bо‘ladi. Har bir mavzu bо‘yicha ilmiy rahbarlar tayinlanadi. Bunda muammo
rahbari о‘z ixtiyoridagi mavzular rahbarlari bilan ilmiy tadqiqot ishlarining
borishini nazorat va tahlil qilish maqsadida yillik reja tuzadi. Olib borilgan
tadqiqot ishlari seminarlarda muhokama qilinadi va tegishli tadbirlar о‘tkazilib,
ulardan hosil bо‘lgan xulosalar bо‘yicha maxsus shaklda ilmiy ishlar prorektori
huzuridagi “Yosh olimlar” kengashiga axborot berib boriladi.
Yuqoridagi ilmiy tadqiqot ishlarini rejalashtirishga bо‘lgan talablarni
e’tiborga olib, har bir yо‘nalish bо‘yicha joriy va istiqbolli rejalar ishlab chiqilishi
kerak. Ushbu rejalarning amalga oshishini muammo rahbari nazorat qilib boradi
va har bir mavzu bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishi monitoringi yuritilib, uning
natijalari tahlil qilinadi. Bunda ilmiy tadqiqot ishini samarali amalga oshirish
kо‘rsatkichlariga qat’iy amal qilish zarur, aks holda samarasiz, dolzarb bо‘lmagan
ishlanmalar vujudga kelishi mumkin.
Amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqot ishlari haqida muntazam axborot olish
va ma’lumotlar bazasini yaratish tadqiqotni ilmiy asosda hamda samarali tashkil
qilishni kafolatlaydi. Bu nafaqat ilmiy tadqiqot ishining reja bо‘yicha borishini
kafolatlaydi, balki mazkur sohaning keyingi bosqichida qilinadigan ishlarga
tavsiyalar berishga ham asos bо‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: