PEDAGOGIKA 2017, 3-son 125 Talabalar tomonidan ta’lim jarayonida ilmiy tadqiqot ishlariga
yо‘naltirishga yetarli e’tibor berilmasligi tо‘g‘risidagi fikrlar bildirilgan. Bundan
shunday xulosa qilish mumkinki, tegishli kafedralarda talabalarning
tadqiqotchilik faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratilmaydi va talabalarning mavjud
intellektual salohiyatidan foydalanilmaydi.
Talabalar ilmiy-ijodiy ishlariga qо‘yilgan talablarga ma’muriyat tomonidan
e’tibor berilmasligi tо‘g‘risida fikr bildirgan bо‘lib, buning sababini bilish uchun
о‘tkazilgan suhbatlar talabalarning notо‘g‘ri tasavvurda ekanligi tо‘g‘risidagi
xulosaga kelishimizga sabab bо‘ldi, ya’ni qо‘yilgan savol bо‘yicha talabalar
ma’muriyatning yondashuvini bevosita о‘zlari ishtirokidagi jarayon deb qabul
qilishgan. Bunda ular ma’muriy-boshqaruv tizimida ilmiy-ijodiy ishlarni
kuchaytirish, olib borish, talabalarni tadqiqot ishlariga kengroq jalb etish kabi
ma’muriy-ta’minot ishlariga (zarur moddiy-texnik ta’minot), me’yoriy-joriy
hujjatlarning ishlab chiqilishi va ijrosiga e’tibor bermaganliklari ma’lum bо‘ldi.
Oliy о‘quv yurti rahbariyati tomonidan talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga
jalb etishga yuzaki yoki jiddiy qaralishini aniqlashga oid bo‘lgan savol
talabalarning rahbariyatga munosabatini bilishga qaratilgan bо‘lib, olingan
natija bu holatni ijobiy baholashga, nazarimizda yetarli emas.
Ilmiy tadqiqot ishiga jalb etishda ilmiy uyushmalar faoliyatining sustligi,
shuningdek, guruh rahbarlarining talabalarni ilmiy-ijodiy ishlarga jalb etishga oid
bilim va tajribasining yetishmasligi tо‘g‘risida bildirilgan munosabat va fan
о‘qituvchilarining talabalarni ilmiy-ijodiy ishlarga jalb etishga oid bilim va
tajribalarining kamligi tо‘g‘risidagi fikrlarni ancha munozarali holat deb baholash
mumkin, chunki guruh rahbarlari hamda fan о‘qituvchilarining bilimi va tajribasi
yetarli emasligi bu shuncha pedagogik xodimlar tomonidan tadqiqot ishlari olib
borilmayotganligi yoki tadqiqotchilik faoliyatiga dastlab fan о‘qituvchilarning
о‘zlarini jalb etish zarurligi tо‘g‘risidagi xulosaga olib keladi. Bu esa oliy ta’lim
muassasasi fan о‘qituvchisining salohiyati qay darajada ekanligi tо‘g‘risida
tashvishli xulosani beradi.
Bо‘lajak о‘qituvchilarni mutaxassis sifatida tayyorlashda amaldagi о‘quv
rejalarida nazariy pedagogik yо‘nalish ustuvor, psixologik va ilmiy-amaliy hamda
metodik yо‘nalish ancha nochor. Bu hol sirtdan qaraganda mutaxassis
tayyorlash ishiga ilmiy talablar asosida yondashilayotgandek kо‘rinsa-da, aslida,
tayyor qoliplarga moslashish va talabalarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga
yо‘naltirilmayotganligini ifodalaydi. Oliy maktablarni bitirib chiqayotgan yosh
mutaxassislarning kasbiy-shaxsiy sifatlari va tadqiqotchilik kо‘nikmalari alohida