*
Nazarova Barno Alijan xoji qizi,
pedagogika fanlari nomzodi, Qori Niyoziy nomidagi
О‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti mustaqil-izlanuvchisi.
E-mail:
1967.baxtiyor@mail.ru
B. Nazarova
*
BAHS, MUNOZARA
PEDAGOGIKA
2017, 3-son
122
Talabalarning tadqiqotchilik layoqatini tarbiyalash hamda yanada
takomillashtirish, ularda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish ishtiyoqini
yanada kuchaytirish, mustaqil fikr yuritish kо‘nikmalarini shakllantirish orqali
salohiyatli, qо‘yilgan muammoni hal qila olish layoqatiga ega yetuk
mutaxassislarni tayyorlash oliy ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalardan
hisoblanadi.
Layoqat bu qobiliyat taraqqiyotining dastlabki sharti sifatida namoyon
bо‘ladigan miya tuzilishining sezgi organlari va harakatlarning morfologik hamda
funksional xususiyati. Layoqat qobiliyatning tabiiy zaminidir
1
.
Tadqiqotlarimiz natijalari shuni kо‘rsatadiki, oliy ta’lim jarayonida borliq
haqida ma’lumot, tushuncha hosil qilibgina qolmay, ana shu dunyoni о‘zi anglab
yetish uchun sharoit, imkoniyat yaratish zarur.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida tadqiqotchi ilmiy faoliyatining
quyidagicha shakllanganlik darajalari aniqlandi:
1.
Past daraja: mustaqil ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish qiyin kechadi,
boshqaruv kо‘nikmalarining rivoji past darajada bо‘ladi;
2.
О‘rtacha daraja: ilmiy faoliyatni boshqarish borasida ongli kо‘nikma
namoyon bо‘ladi;
3.
Yuqori daraja: mustaqil ilmiy faoliyatida aniqlik, maqsadga moslik, ilmiy
tadqiqotchilik faoliyatini bir muncha yuqori darajada qurishga imkon beradigan
boshqaruv kо‘nikmalariga ega bо‘lish va uni tanqidiy baholay olish namoyon
bо‘ladi.
Yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga tayyorlash, ilm-fanning
jamiyat taraqqiyotiga hissa qо‘shadigan muhim yо‘nalishlarini tadqiq etish
kо‘nikma va malakalarini shakllantirish, fundamental qiymatga ega bо‘lgan
natijalarni qо‘lga kiritish uchun oliy ta’lim muassasasida tadqiqotlarga tizimli va
izchil yondashishni yо‘lga qо‘yish maqsadga muvofiq.
Oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb
etish ularning tafakkur doirasini kengaytirish, ilmiy dunyoqarashlarini
chuqurlashtirish, jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini anglab yetishlariga yordam
beradi. Eng asosiysi, jamiyatda bunday shaxslar safining kengayishi bilan
sog‘lom fikrli, tabiat va jamiyat manfaatlarini himoya qiluvchi fuqarolar
shakllantiriladi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini har
tomonlama о‘rganish, xususan, Guliston, Samarqand, Buxoro davlat
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006.
– Т. 2. – Б. 483.
Do'stlaringiz bilan baham: |