PEDAGOGIKA
2017, 3-son
118
biznes sohasida ta’lim bо‘yicha kengash.
Ta’lim bu yerda uchta texnologiya bо‘yicha amalga oshiriladi:
yо‘riqnoma (instruktaj) orqali ta’lim (past daraja);
о‘qituvchi rahbarligidagi ta’lim (о‘rta daraja);
mustaqil ta’lim (yuqori daraja).
О‘quv dasturlariga imtihon olinadigan fanlar, qо‘shimcha kurslar,
talabaning о‘z qiziqishlarini aks ettiradigan va iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq
holda, tezkor moslashish imkonini beradigan mashg‘ulotlar kiritiladi.
Kollejlarda о‘qitish kursini о‘tagandan keyin beriladigan malaka
(kvalifikatsiya)lar yagona davlat standartlariga mos kelishi lozim. Ta’lim
muassasalari tiplari turlicha bо‘lishiga qaramay, yagona imtihon talablari amal
qiladi.
Avval aytganimizdek, AQSHda ikki yillik kollejlar keng tarqalgan. Ular о‘rta,
kasbiy-texnik va oliy ta’limning rivojlanish tendensiyalariga jiddiy ta’sir
о‘tkazmoqda. Ikki yillik kollejlarning turli tiplari mavjud: yuniorlar va texnik
kollejlar, texnik institutlar. Texnik institutlar bir yoki bir necha sohada kasbiy
tayyorgarlikni amalga oshiradi. Texnik kollejlar 18dan 30 yoshgacha bо‘lgan
о‘quvchilar kontingenti bilan ishlaydi. Yuniorlar kollejlari 17-18 yoshlilar bilan
ham umumiy, ham kasbiy ta’lim sohasida ishlaydi.
Ta’lim muassasalarining yana bir tipi – Amerika kommunal kollejlari turli
yosh va mutaxassislikdagi kishilar ta’limini amalga oshiradi.
Amerika kommunal kollejlarida ta’lim mazmuni turlicha. U umumta’lim
dasturlarini о‘z ichiga oladi (korreksion va asosiy kasbiy-texnik dasturlar, uzluksiz
umumiy va kasbiy ta’lim dasturlari, qiziqishiga kо‘ra, qо‘shimcha ta’lim
dasturlari, shuningdek, tо‘rt yillik kollej va universitetlarda о‘qish uchun
tayyorgarlikka yо‘naltirilgan dasturlar). Amerika kommunal kollejlarining о‘rta
maktab bilan aloqasi о‘rta maktab о‘quvchilariga taklif qilinadigan о‘tish kasbiy-
texnik dasturlar orqali amalga oshiriladi. Kollejlarning kо‘pchilik talabalari
tо‘liqsiz о‘quv kuni dasturlari bо‘yicha shug‘ullanadi.
Amerika kommunal kollejlari bitiruvchilariga san’at assotsiati, amaliy
fanlar assotsiati diplomi beriladi, shuningdek ularga kasbiy tayyorlik haqida
guvohnoma va ixtisoslik haqida guvohnoma berilishi mumkin. Kasbiy tayyorlik
haqida guvohnoma assotsiat darajasiga da’vo qilmasdan ish topish istagida
bо‘lganlarga beriladi. Bunda tayyorgarlik olti oy va undan kо‘proq davom etadi.
Ixtisoslik haqida guvohnoma kurslarni (6 oydan kо‘p bо‘lmagan)
Do'stlaringiz bilan baham: |