PEDAGOGIKA
2017, 3-son
116
qaralmoqda.
Shu
bilan
birga,
ta’limning
yakunlovchi
bosqichida
ixtisoslashtirishning kuchayishi kuzatilmoqda.
Aralash (kombinatsiyalangan) ishlab chiqarish – oliy ta’lim muassasasi
ta’limi keng tarqalmoqda, u, ayniqsa, AQSH oliy maktabi uchun xarakterli. U turli
kо‘rinishlarga ega, ammo ular mohiyatni о‘zgartirmaydi. Chunonchi, GFRda
boshqaruv kadrlarini tayyorlash о‘quv dasturlarining katta qismi “sendvich-
prinsip” bо‘yicha qurilgan, bunda qisqa muddatli kurslar davrlari korxonalarda
ishlash bosqichlari bilan almashinadi. Nazariy tayyorgarlik bilan ishlab
chiqarishda tо‘laqonli ishning semestrlar bо‘yicha almashishini nazarda
tutadigan “sendvich-kurslar” Buyuk Britaniyaning muhandislik ta’lim
muassasalarida ham qо‘llanadi
1
.
Tayyorgarlikning aralash shaklida ishlab chiqarish malakasini izchil oshirish
imkoniyatidan foydalaniladi. Masalan, Lion (Fransiya) amaliy fanlar milliy
instituti talabalari ta’lim jarayonini ishchi, texnik (dastlabki 2 yil – yо‘naltiruvchi
sikl), nihoyat, muhandis-stajor (ta’limda ixtisoslashuv bilan bir paytda)
vazifalarini bajarish bilan almashtirib boradi.
Xorijiy mamlakatlarda kasbiy-texnik ta’limni qurishning ayrim qismlari
tavsifiga tо‘xtalamiz.
Xorijiy mamlakatlarda kasbiy ta’lim keyingi yillarda keskin о‘zgardi. Fan va
texnika rivoji, yangi texnik ishlanmalar, texnologiyalar va mehnatni hamda
ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllari qо‘llanishi xodimlarning
kasbiy tayyorlanganligiga talablarni keskin oshirib yubordi.
Bolgariyada umumxalq muhokamasidan keyin “Ta’limni rivojlantirish
haqida tezislar” qabul qilindiki, ular ta’lim tizimini rivojlantirish istiqbollarini
belgilab berdi. Ta’limni yangilash uchun Bolgariya iqtisodiy va siyosiy
strukturalarini qayta qurish kuchli turtki bо‘ldi. Bunda yangi tipdagi о‘rta
maktabga – 12 yillik ta’lim kо‘zda tutilgan yagona о‘rta siyosiy maktabga katta
о‘rin berildi. Yagona о‘rta siyosiy maktab uch bosqichdan iborat. Birinchi
bosqich davomiyligi – о‘n yil. О‘qitish 6 yoshdan boshlanadi. Birinchi bosqichda
keng umumta’lim tayyorgarlik beriladi, mehnatga qiziqish shakllantiriladi.
Ikkinchi va uchinchi bosqichlar davomiyligi – 2 yil (11- va 12-sinflar). Bunda
о‘quvchilar keng politexnik yо‘nalishda kasb asoslarini о‘rganadi, asta-sekinlik
bilan muayyan mutaxassislikni egallaydi. Bosqichni tamomlaganidan keyin
1
Sendvich – kurslar haqida yana qarang:
Ashirboyev S.
Talabalarni pedagogik faoliyatga
tayyorlash taktikasi // Pedagogik ta’lim, 2014, 1-son. – B. 31.
Do'stlaringiz bilan baham: |