Mendel qonunlari
Mendel qonunlari - irsiy belgilarning avlodlarda taqsimlanishi toʻgʻrisidagi G. Mendel yaratgan
qonuniyatlar. Mendel qonunlari Mendelning oʻzi yaratgan duragay avlodlarini genetik taxlil
qilish metodini qoʻllash orqali olib borilgan koʻp yillik (1856— 63) tadqiqotlar tufayli asoslab
beriddi. Mendel oʻz-oʻzidan changlanuvchi noʻxat oʻsimligining oʻrganilayotgan belgi boʻyicha
irsiy toza, yaʼni genotipi gomozigotali hamda fenotipiga koʻra keskin farq qiluvchi (guli qizil-
oq, doni sariq-yashil va silliq-burishgan) navlarini oʻzaro chatishtirgan.
Olingan duragay
avlodlarda ota-ona oʻsimligi belgilarining irsiylanishi va yana ajralib xilma-xillik namoyon
qilishini oʻrgangan. Olingan natijalarni statistik taxlil qilish asosida irsiyat qonunlarini ochib
bergan. Mendel organizmlarda ular belgilarining irsiylanishini taʼmin etuvchi maxsus irsiy
omillar (genlar) mavjudligi haqidagi gʻoyani ilgari surdi. Uningcha, har bir irsiy omil somatik
hujayralarda juft, jinsiy hujayralarda yakka holatda boʻladi. Har qaysi
irsiy omil dominant yoki
retsessiv allel holatda boʻlishi mumkin. Irsiy omillar ota-ona belgilarining irsiylanishi va
rivojlanishini taʼmin etadi. Mendel qonunlari
Mendel kashf etgan uchta qonunni oʻz ichiga
oladi
.
Birinchi qonun birinchi avlod duragaylarining oʻrganilayotgan belgi boʻyicha bir xilligi qonuni
yoki dominantlik qonuni deb ataladi. Mendel tajribada qizil gulli (genotipi AA) va oq gulli
(genotipi aa) boʻlgan gomozigotali noʻxat
navlarini chatishtirib, birinchi avlod (Gʻ,)
duragaylarning hammasi bir xil, yaʼni qizil gulli boʻlganligini kuzatdi. Bu holda noʻxat guli qizil
fenotiplarning hammasi bir xil — Aa (geterozigota) ge-notipga ega boʻlgan. Qizil rangni
belgilovchi gennit oq rang geni ustidan dominantlik qilishi tufayli bu ikki allel geterozigot (Aa)
holatida faqat dominant allel fenotipida namoyon boʻladi.
Ikkinchi qonun ota-ona belgilarining ikkinchi avlod (Gʻ2) duragaylarida belgilarning ajralishi,
yaʼni ajralish qonuni deyiladi. Mendel noʻxatning yuqorida koʻrsatilgan kizil gulli Gʻ,
duragaylarini oʻzaro chatishtirilganida olingan duragaylarida gul rangi boʻyicha ajralish sodir
boʻlishi tufayli olingan oʻsimliklarning 3/4
qismi qizil gulli, 1/4 qismi esa oq gulli, yaʼni ularning
miqdoriy nisbati 3:1 ga teng ekanligi aniqladi. Gʻ2 da olingan kizil va oq gulli oʻsimliklar
oʻzoʻziga chatishtirilganida esa oq gulli oʻsimliklarning barchasidan faqat oq gulli oʻsimliklar
olingan. Qizil gulli oʻsimliklarning 1/3 qismidan faqat qizil gulli, 2/3 qismidan esa qizil va oq
gulli oʻsimliklar yana 3:1 nisbatda olingan. Bu holatda naslida ajralish roʻy bermagan retsessiv
alleli oq gulli va kizil gulli oʻsimliklar gul rangi boʻyicha gomozigotali (oq — aa, qizil — AA),
naslida ajralish sodir boʻlgan, qizil gulli oʻsimliklar esa gul rangi boʻyicha
geterozigotali, yaʼni
Aa boʻlishini koʻrsatadi. Shunday qilib, Mendelning ikkinchi qonuniga binoan, retsessiv va
dominant gomozigotali genotipga ega boʻlgan organizmlar oʻz-oʻziga chatishtirilganda ular
naslida mazkur belgilar boʻyicha ajralish yuz bermaydi. Dominant geterozigot genotipli
organizmlarda esa ajralish 3:1 nisbatda sodir boʻladi; ular genotip boʻyicha 1AA:2Aa:1aa
nisbatdagi guruhlarga ajraladi. Mendelning birinchi va ikkinchi qonunlarini
bir juft belgilari
boʻyicha bir-biridan farq qiladigan organizmlarga nisbatan tatbiq qilish mumkin.
Uchinchi qonun belgilarning mustaqil irsiylanish qonuni deyiladi. Bu qonun ikki va undan ortiq
juft belgilari boʻyicha bir-biridan keskin farq qiladigan noʻxat navlarini chatishtirib olingan
duragaylar naslini genetik tahdil qilish natijasida kashf etilgan. Diduragay chatishtirish uchun
Mendel rangi va shakli, yaʼni ikki xil belgisi boʻyicha keskin farq qiladigan noʻxat navlarini
tanlab oldi. Sariq va silliq urugʻli noʻxat bilan yashil va burishgan urugli noʻxat navlarini oʻzaro
chatishtirib, duragaylarning birinchi avlodi (Gʻ,)da faqat sariq silliq urugʻli noʻxatlar oladi. Bu
noʻxat urugʻining sariq rangi (AA) va silliq shakli (VV)
dominant, yashil rangi (aa) va burishgan
shakli (vv) retsessiv boʻlishi Gʻ, duragaylarida har ikkala juft belgilar genlari geterozigot (AaVv)
holatga oʻtishi tufayli faqat dominant belgilar fenotipda namoyon boʻlishi bilan bogʻliq, Gʻ,
duragaylari birbiri bilan chatishtirilganda Gʻ2 da fenotiplar boʻyicha 4 xil urugʻli: sariq silliq
(barcha oʻsimliklarning 16 dan 9 qismi), sariq burishgan (16 dan 3 qismi), yashil silliq (16 dan
3 qismi) va yashil burishgan (16 dan 1 qismi) urugʻli oʻsimliklar olingan.
F2 duragaylari har ikki juft belgilar boʻyicha alohida taxlil qilinsa, u holda sariq va yashil
hamda sariq va burishgan urugʻli oʻsimliklar bir xil, yaʼni 3:1 nisbatda hosil boʻlishi aniqlangan.
Shunday qilib, 2 juft belgi boʻyicha bir-biridan farq qiladigan diduragay chatishtirishda 2-
avlodda har bir juft belgi boshqasidan mustaqil holda irsiylanadi. Shuning uchun ham F2 da
ajralish har bir juft belgi boʻyicha 3:1 nisbatda sodir boʻladi. Har xil juft belgilarning
irsiylanishini taʼmin etuvchi genlar noallel genlar deb nomlangan.
Genetik va sitogenetik tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida
Mendel qonunlarining
umumbiologik qonunlar ekanligi isbotlandi; irsiyat va irsiylanishning yangi qonunlari kashf
etildi; genetikada Mendelning nomi bilan ataladigan taʼlimot — mendelizm shakllandi.
Joʻra Musayev.
[1]
Manbalar