Irsiyat qonuniyatlari
Reja:
Mendel qonunlari Mendel irsiyat qonunlarining sitologik asoslari Belgilarning birikkan holda irsiylanishi
Irsiyat deganda tirik organizmlarning o‘z belgi va xususi- yatlarini kelgusi avlodlarga berish xossasi tushuniladi. Irsiyat tufayli turga xos belgi, xususiyatlarning nisbatan turg‘unligi avlodlarda saqlanadi.
O‘zgarvchanlik bu – tirik organizmlarning tashqi va ichki omillar ta’sirida o‘zgargan belgi-xususiyatlarni hosil qilishidir.
Irsiyat va o‘zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi hodisa bo‘lsa-da, bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘ladi.
Tirik organizmlarning irsiyat va o‘zgaruvchanligi bir qancha metodlar yordamida o‘rganiladi.
Belgi va xossalarning avloddan avlodga berilishi duragaylash, irsiyat va o‘zgaruvchanlikning moddiy asoslari bo‘lmish xromosomalarni sitogenetik, nuklein kislotalarning tuzilishi va funksiyasini molekulyar genetik, noyob genlar va xromosomalarni bir organizmdan boshqa organizmga ko‘chirish genetik injeneriya metodi yordamida o‘rganiladi.
Mendel qonunlari
Chex tabiyotshunosi G.Mendel duragaylash metodidan foydalanib irsiyat qonunlarini ochishga muvaffaq bo‘ldi. U o‘z tajribalarida no‘xat o‘simligining muqobil belgilari bilan farq qiluvchi navlarini chatishtirish va duragaylarning bir necha avlodlarda ayrim belgilarning irsiylanishini o‘rgandi.
Mendel tajribalarining birida no‘xatning guli qizil va oq navlarini chatishtirib, birinchi avlod duragayini olganda, ular- ning guli qizil ekanligini aniqlandi. U birinchi avlod duragaylarda muqobil belgilardan rivojlanganligini dominant, namoyon bo‘lmaganini esa retsessiv deb nomladi. Olingan tajriba natijalariga asoslanib Mendel irsiyatning birinchi qonunini ixtiro etdi. Bu birinchi avlod duragaylarning bir xillik yoki dominantlik qonuni deb ataladi. Mendel birinchi avlod duragaylarni o‘zaro chat ishtirib ikkinchi avlodda muqobil belgilar qanday rivojlan ishini tekshirdi. Ma’lum bo‘lishicha ikkinchi avlod duragaylar orasida muqobil belgilarning dominant belgili o‘simliklar, bilan bir qatorda retsessiv belgili o‘simliklar ham rivojlanishi ma’lum bo‘ldi. Lekin qizil gulli o‘simliklar oq gullilarga nisbatan uch hissa ko‘p ekanligi aniqlandi. Boshqacha qilib aytganda ikkinchi avlod duragaylarda birinchi avlod duragaylardan farqli ravishda belgilarning ajralishi kuzatildi va ular 3:1 nisbatda ekanligi aniqlandi. Yuqoridagilarga asoslanib Mendel irsiyatning, ikkinchi, ya’ni belgilarning ajralish qonunini kashf etdi.
Nima sababdan duragaylarning ikkinchi avlodidan belgilar bo‘yicha xilma-xillik ro‘y beradi degan muammoni hal etish uchun Mendel gametalarning soflik farazini ilgari surdi. Mazkur farazga binoan har bir organizmda ko‘zga ko‘rinadigan tashqi, ichki belgi, xossalardan tashqari, ularni avloddan avlodga tashib
6-rasm. No‘xat o‘simligida gul rangining irsiylanishi.
yuruvc hi irsiy omillar bo‘ladi. Bunday irsiy omillarni Mendel lotin alifbosini harflari bilan ifodalashni maqbul ko‘rdi. U domi nant belgilarning irsiy omillarini bosh harflar, retsessiv belgilarni irsiy omillarini kichik harflar bilan atashni lozim topdi. Mendel qayd etishicha duragaylar urug‘chi, changchi gullarini chatishtirish natijasida olinganligi sababli, ularda ham urug‘chi ham changchi o‘simliklarning irsiy omillari bo‘ladi. Duragaylar urchiyotganda jinsiy hujayralar — gametalarda ikki muqobil omildan faqat biri o‘rin oladi. Binobarin, gametalar sof holda bo‘ladilar. Mendelning gametalar soflik farazidan foydalanib, no‘xat o‘simligining muqobil belgili shakllarini chatishtirishdan olingan duragaylarning birinchi, ikkinchi avlodi natijalarining tahlili 6-rasmda berilgan.
Mendel tadqiqotlaridan ancha keyin 1902-yili germaniyalik olim Boveri va amerikalik tadqiqotchi Setton Mendelning gametalar soflik farazi bilan meyozda gomologik xromosomalarning jinsiy hujayralarga tarqalishi orasida to‘liq uyg‘unlik bor ekanligini e’lon qildilar va Mendelning gametalar soflik farazi to‘g‘ri ekanligini sitologik jihatdan isbotlab berdilar. Shunga ko‘ra hozirgi vaqtda u gametalar soflik nazariyasi deb yuritiladi.
Mendel o‘z tajribalari davomida faqat bir juft belgilari bilan farq qilgan o‘simliklarnigina emas, shu bilan bir qatorda ikki juft belgilari bilan farq qilgan o‘simliklarni ham chatishtirdi va ulardan olingan duragaylarning birinchi, ikkinchi va keyingi avlodlarini o‘rgandi.
Mendel tajribalarini birida no‘xatning doni sariq rang, usti tekis bo‘lgan o‘simlik bilan doni yashil, usti bujur o‘simlik xilini chatishtirdi. Bunday chatishtirishdan olingan duragaylarda donning sariq va tekis belgisi dominantlik qilgani aniqlandi. Birinchi avlod duragay o‘simligi doni yashil usti bujur no‘xat o‘simligi bilan chatishtirilganda ikkinchi avlod doni sariq, usti tekis; doni sariq usti bujur; doni yashil usti tekis; doni yashil, usti bujur no‘xat o‘simliklar olindi va ular teng miqdorda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu tajribada changchi va urug‘chi o‘simliklarning juft belgilarni ifoda qiluvchi omillar ba’zan birgalikda ayrim holatlarda bir-birlaridan ajralib mustaqil holda nasldan naslga o‘tish mumkinligi isbotlandi. Olingan tajriba yakunlarini xulosalab, Mendel belgilarning mustaqil holda irsiylanishi qo- nu nini yaratdi (7-rasm).
Shunday qilib, Mendelning birinchi va ikkinchi irsiyat qonunlari bir juft muqobil belgilari bilan farqlanuvchi mono- duragaylarda, uchinchi irsiyat qonuni esa – ikki juft muqobil belgilari bilan farqlanuvchi duragaylarda ixtiro qilinganligini ta’kidlab o‘tish joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |