5.2. Tibbiy demografiya va aholining tabiiy harakati
Demografiya – (yunoncha demos – aholi, grafiya – o‘rganaman)
aholi va uning rivajlanishi haqidagi fan. Demografik statistika aholining
84
soni, tarkibi, tug‘ilishi, o‘limi, ko‘payishi, harakati haqidagi asosiy
qonuniyatlarni o‘rganadi. Demografik ma’lumotlar aholining tibbiy
yordamga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun, uni rejalashtirishda katta
ahamiyatga ega (muqim shifoxonadagi o‘rinlar soni, poliklinikadagi
lavozimlar, shtatlar, yasli, sanatoriyalardagi o‘rinlar soni, vrachlar va
o‘rta tibbiyot xodimlarining, dorixonalarning soni va boshqalar). Aholi,
sog‘liqni saqlash muassasalar uchun bevosita sog‘lomlashtirish ishlari
olib boriladigan obyekt hisoblanadi.Aholini o‘rganish ikki yo‘nalishda
olib boriladi:
1.
Aholini statikasi, boshqacha qilib aytganda aholining ma’lum bir
vaqtda olingan soni, tarkibi (jinsi, yoshi, kasbi, mashg‘uloti, oilaviy
ahvoli, millati, tili, ma’lumoti), turar joyi, geografik joylanishi, zichligi
haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
2.
Aholi dinamikasi (harakati) - aholi sonining o‘zgarashi. U o‘z
navbatida ikki xil bo‘ladi:
a) mexanik harakat;
b) tabiiy harakat (tug‘ilish va o‘lim natijasida).
Aholi dinamikasi (harakati)
.
Aholining ichida tabiiy va mexanik
(migratsiya jarayonlari) harakat farqlanadi. Aholining tabiiy harakati
deganda, asosiy demografik jarayon tug‘ilish va o‘limning natijasida
ma’lum bir territoriyada aholi sonining o‘zgarishi tushuniladi.
Migratsiya deganda esa aholining bir davlat ichida yoki bir
davlatdan ikkinchi davlatga mexanik ravishdagi harakati tushuniladi.
Migratsiyaning har xil formalari bo‘lib birinchi navbatda tashqi
migratsiya – davlatlararo va ichki migratsiya – bir davlatning ichidagi
harakat tushuniladi. Ichki migratsiya ham ikki xil bo‘ladi. Masalan:
doimiy yashash joyini o‘zgartirish natijasidagi harakat va mavsumiy
migratsiya – aholining ma’lum bir vaqtdagi (mavsumdagi) harakati va
boshqalar.
Migratsiya
jarayonlari
katta
ijtimoiy-gigienik
va
epidemiologik ahamiyatga ega:
a) aholining mexanik harakati ma’lum bir territoriyada aholining
son jihatdan ko‘payishiga, boshqa bir territoriyada esa kamayishiga,
aholining yoshi, jinsi, kasbi bo‘yicha tarkibini o‘zgarishiga olib keladi.
Bu esa o‘z navbatida sog‘liqni saqlashmuassasalarining faoliyatiniko‘rib
chiqishni talab etadi;
b) aholining mexanik harakati, ayniqsa davlatlararo migratsiyasi
natijasida u yoki bu davlatda Yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga olib
keladi.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |