iiHimkinki, bolalar tevarak-atrofni m o’ljal olishga o ‘rganayotganlaridayoq oddiy
lutlium.-luilardan murakkabroq, tevarak-atrof tushunchalariga o ‘ta boshlaydilar.
Illuming nutqlaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so'zlari (biror
ptalm clni ko'rsatib, aytib) «yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi
Icrminlar bilan. almashinishi buning yaqqol guvohi bo'la oladi.
Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig'ini aniqlay
bilishi boshlang'ich bilimlarning rivojlanishidir.
Bolaning tabiatni, atrofni yanada
ko'proq o'rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u
«oldinda», «oldin», «orasida», «orqada» va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning
bulardan foydalanishining hammasi «yonida», «yaqinida», «yonma-yon» kabi
tushunchalarni yaxshi egalianishining natijasidir. Predmetlarning «birin-ketin»,
«ketma-ket»
qo'shilishi
bolalarda bir guruh
predmetlarning joylashuvini
aniqlashga yordam beradi. Masalan, hamma o'yinchoqlar ketma-ket turibdi,
lekin
quyon oldinda, matryoshkalar o'rtada, qo'g'irchoq esa oxirgi o'rinda turibdi.
Bola tevarak-atrofda joylashgan obyektlar o'rnini aniqlashga (oriyentirovka
qilishga) o'rganayotganida «yonma-yon» so'zining m a’nosiga keyinroq tushunadi,
yoki «o'rtada», «orasida» kabilarni o'rganib bo'lgach, keyinroq «atrofida»,
«chetida», yoki «yonidan», yana keyinroq borib bola bu so'zlarni atroflicha
tushuna boshlaydi va chap tarafdami yoki o'ng tarafdami, farqlay boshlaydi. Lekin
bolalarga tevarak-atrofni m o'ljal olishga o'rgatish ishini turli yo'llar va
yo'llanm alar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak. Tevarak-atrofni
anglash psixo-fiziologik mexanizmga ham bog'liqdir, u inson ongidagi ko'rish,
eshitish, so'zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida
dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Avniqsa, bunda harakatlanuvchi
analizatorlar
va ichki his-tuyg'ularining roli ahamiyatlidir. Bolalarning tevarak-atrof haqidagi
lug'atlarining boyib borishi ularning tevarak-atrofni tushunishida ikkinchi signal
sistemasining tenglashuvini ta’minlaydi. Chet ellarda bolalarni yoshligidan,
maktabgacha ta 'lim yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak-atrofii o'rgatishda,
umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga bog'lab olib boriladi. Bu esa
bolaning tevarak-atrofni o ’zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir.
105
K o 'rib id ro k qilish va o‘lchash asosida fazoni id ro k etish. Tevarak-atrofni
idrok qilish biror bir m o'ljal asosida foydalana
bilishni talab qiladi, bola ilk
yoshidan boshlab o'zining sezgilari orqali idrok qiladi. y a ’ni tanasining tomonlari
bilan m o'ljal qiladi. M aktabgacha ta'lim yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini
so'zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda - orqada, yuqoriga - pastga. chapga -
o ‘ngga kabi. Yosh bolada tevarak-atrofni idrok qilishda bolaning o ‘z tanasi asosiy
m arkaz boTib hisoblanadi va u o ‘zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali
m o‘ljal oladi. Keyinroq borib unga yana bir sistem a qo ‘shiladi.
Bu nutqda
ifodalashdir, y a ’ni so‘zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni o'zig a tegishlilarni
sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini m ustahkam lash natijasida bo'ladi,
yuqoriga, pastga, oldinga. orqaga, o ‘ngga, chapga kabi. Shunday qilib, bog‘cha
yoshi tevarak-atrofning tomonlarini, nomlarini so‘z bilan belgilash sistemasi
davridir. M asalan, “ B ay ro q ch ag a q a ra b y u r ” o ‘yini.
M a q sad : Bu o 'y in bolaning xotirasini, diqqatini rivojlantiradi.
Bolalarning
fazoviy tasavvurlari mustahkamlanadi.
0 ‘y in n in g borishi: Tarbiyachi m ashg‘ulotni boshlashdan oldin xonaning
turli joylariga bayroqchalarni qo‘yib chiqadi. Tarbiyachi bir bolaga topshiriq
beradi. “ Shkafga borib, chapga, chapga 6 qadam yur va uchburchak shaklidagi
bayroqchani o l” bola topshiriqni bajarib, bayroqchani topadi. Bolalar bunday
topshiriqni osongina bajarsalar, topshiriqlar murakkablashtiriladi. Masalan "8
qadam
oldinga yur, o'n g g a buril, 4 qadam yur, chapga buril. U yerda to‘rtburchak
shakldagi bayroqchani topasan. O 'yin bir necha m arta takrorlanadi.
Y ana bir o ‘yin « K unduzi kim q a y e rd a ishlaydi?» o ‘yinini boshlagach,
tarbiyachi: ’’Kunduz - shunday vaqtki, bunda ham m a kishilar ishlaydi. B a'zilar
chiroyli buyum lar qiladilar, uy quradilar, m eva va sabzavot yetishtiradilar,
fabrika
va zavodlarda ishlaydilar. Yaxshi mehnat kishini go'zal qiladi va xursand qiladi.
Mana, biz ham shahar ko'chalariga boramiz, kim qanday ishlayotganini ko;ramiz.
Kunduzi ko‘chalarda odamlar. mashinalar ko‘p, ko‘cha harakati qoidalariga rioya
qilish kerak. Qani. eslab ko'ringlar, ko'chadan o'tavogganda qanday qoidalarga
riova qilish kerak? K o'chada o'zini qanday tutish kerak?’’deb aytadi. Shahar
106
f
I
ko'chalari bo'ylab sayohatdan so‘ng tarbiyachi illyustratsivadan foydalanib,
bolalar olgan bilimlari va tasavvurlarini kengaytiradi.
N azorat uchun savol va top sh iriq lar:
1. H ar bir yosh guruhida fazoni idrok etishning o 'zig a xos xususiyatlarini
misollar asosida tushuntiring.
2. K o‘rib idrok qilish va o ’lchash asosida fazoni
idrok etishda qanday
o’yinlardan foydalaniladi?
3.M aktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak-atrofni o ‘rganishning
ahamiyati qanday?
T o p sh iriq la r: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak-atrofni
o ‘rganishni “Q anday’’ texnologiyasi asosida taqqoslang va taqdimot tayyorlang.
A dabiyotlar:
1. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Касимова Х.И. Мактабгача тарбия
ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. - Т.:
Укитувчи, 1995 й.
2. Jum ayev М. M aktabgacha yoshdagi bolalarda m atem atik tasavvurlarni
shakllantirish m etodikasi va nazariyasi. - Т., 2007.
VAQT HAQIDA TUSHUNCHA
T ayanch so‘z va iboralar:
Do'stlaringiz bilan baham: