5
MA’RUZALAR KURSI
1-MAVZU: EMBRIOLOGIYA VA GISTOLOGIYA FANIGA KIRISH.
Asosiy savollar:
1. Embriologiya fanining mazmuni.
2. Embriologiya fanining o‘rganish metodlari.
2. Embriologiya fanining rivojlanish tarixi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
:
preformizm, epigenez, ovistlar,
animalkulistlar, «solib qo‘yish nazariyasi».
1- savol bo’yicha o’quv maqsadi:
Embriologiya qonuniyatlari
negizida tarixiy
taraqqiyot yotishi haqida fundamyontal bilimlar berish, ushbu fanning boshqa fanlar orasida
tutgan o‘rni va organiq dunyoni bilish, o‘rganish va tafakkur qilishdagi rolini ochib berish va
undan amalda foydalanish asosiy vazifadir. Undan tashqari bu fan yutuqlaridan tibbiyot
qishloq xo‘jaligi,
chorvachilik, baliqchilik sohalaridagi ayrim dolzarb masalalarni hal
etishda katta ahamiyatga egaligini uqtirish.
1- savol bayoni:
Embriologiya (embrio- embrion, logos- ta‘limot)
embrion
rivojlanishi to‘g‘risidagi fandir. Lekin bunday ta‘rif bu fan mazmunini to‘liq aks ettirmaydi,
chunki u embrion davridagi o‘zgarishlarnigina o‘rganmaydi. Bu fan asosida rivojlanish
qonuniyatlarini o‘rganish, organiq dunyoning taraqqiy
etishi haqidagi evolyutsion
tushunchalarni hosil qilish va materialistik dunyoqarashni shakllanishiga yordam beradi.
Shunga ko‘ra uni organizm individual taraqqiyotining qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan deb
ta‘riflash kerak bo‘ladi.
Individual rivojlanish biologiyasi fanining bir qator tadqiqot metodlari mavjud:
tasviriy metodda individning rivojlanishi vaqtida yuz beradigan o‘zgarishlar kuzatiladi.
Ularni bayon etish chog‘ishtirma - morfologik va eksperimyontal
metodlarning vujudga
kelishida zaruriy shart – sharoit bo‘ladi.
Chog‘ishtirma - morfologik metodda har - xil hayvonlarning embrional bosqichlari
bir- biri bilan taqqoslanadi. Uning yordamida har - xil tur
hayvonlarning taraqqiyot
bosqichlari o‘rtasidagi o‘xshashlik aniqlanadi. Natijada tasviriy metodning ahamiyati
anchagina ortadi.
Eksperimyontal metod individning rivojlanishini sun'iy o‘zgartirilgan
sharoitda yoki
uning qismlari o‘rtasidagi tipik o‘zaro munosabatlarni buzilgan sharoitda o‘rganishdan
iboratdir. Keyingi organlarning boshlang‘ichlari ular uchun embrionda odatdan tashqari
bo‘lgan joyga ko‘chirib o‘tkazish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Eksperimyontal tekshirish inson
foydasiga shakl hosil qiluvchi protsesslarning o‘zgarishlari uchun keng imkoniyatlar beradi.
Yuqoridagi metodlardan foydalangan holda inson o‘z oldida turgan muhim vazifalarni
hal etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Individual rivojlanishni to‘liq o‘rganish
orqali undan
qishloq xo‘jaligining turli sohalarida keng foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: