“Embriologiya va gistologiya”
kursining vazifalari
ga Organizmlarning individual
rivojlanishidagi asosiy bosqichlari hisoblangan: gametogenez, urchish va urug‘lanish, maydalanish
va blastulalarni shakllanishi, gastrulyatsiya, neyrulyatsiya va organogenezni boshlanishi, hamda
dastlabki (provizor) a‘zolarni yuzaga kelishi, determinatsiyalanish va induktiv jarayonlari, ularni
embrional boshqarilishi, xujayralarni tabaqalanish mexanizmlari, xujayralarni o‘zaro ta‘siri,
regeneratsiya va somatik embriogenez ontogenez davrlarini o‘rganishda zamonaviy va ekologik
uslublarni qo‘llash kabi har taraflama chuqur bilimli mutaxassis tayyorlash jarayonidagi muhim
vazifalardan biridir. Shu bilan birga fanni erishgan yutuqlarini amalda qo‘llash va foydalanishni
keng yoritishdan iboratdir.
―Embriologiya va gistologiya‖ fanidan darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil
etilishi, muammoli mashg‘ulotlar o‘tkazilishi, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil
qilinishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo‘llanmalardan samarali foydalanish,
talabalarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o‘ylantiradigan muammo savollarni ular oldiga qo‘yish,
talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo‘naltirish, erkin muloqotga
kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar fan mavzularini chuqur egallashni
ta‘minlaydi.
O‘quv-uslubiy majmua quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Individual rivojlanish biologiyasi fani sillabusi.
2.
Nazariy materiallar (ma‘ruzalar kursi)
3.
Amaliy ishlarini bajarish buyicha uslubiy ko‘rsatmalar.
4.
Talaba mustaqil ishlari buyicha materiallar (mustaqil ish topshiriqlari)
5.
Glossariy.
6.
Nazorat savollari va testlar.
7.
Informatsion-uslubiy ta‘minot.
Ilovalar:
1. Na‘munaviy va ishchi o‘quv dasturlar.
2. Ingliz va rus tilidagi xorijiy o‘quv materiallari (elektron shaklda).
3. Taqdimotlar va multimediya vositalari (elektron shaklda)
4. Qo‘shimcha didaktik materiallar
Mazkur o‘quv-o‘slubiy majmua ―Embriologiya va gistologiya‖ kursidan Vazirlikning 2017 yil
1 mart 107-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―Oliy ta‘lim o‘quv rejalari fanlarining yangi o‘quv
majmualariini tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma‖ asosida yaratilgan dastlabki o‘quv-uslubiy
majmualardan biri bo‘lganligi sababli, unda ba‘zi juz‘iy kamchiliklar, munozarali qarashlar va
atamalar uchrashi mumkin. Shunga ko‘ra majmua haqidagi fikr-mulohazalarini bildirgan
hamkasblariga muallif oldindan o‘z minnatdorchiligini bildiradi
O‘quv-uslubiy majmua zamonaviy pedtexnologiya talablariga mos ravishda ishlanib, unda
o‘quv maqsadlari, nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan.
Manzilimiz: 120100. Guliston shahri, IV mavze, Universitet,
«Biologiya» kafedrasi
Do'stlaringiz bilan baham: |