14-amaliy mashg’ulot.Gastrulyatsiya. Gastrulyatsiya usullari va ularni organizm taraqqiyoti darajasiga bog’liqligi.
Mezoderma xosil bo’lish usullari. Gastrulyatsiya.Morula yoki blastuladan keyin, ya'ni embrionning bir qavatlilik davridan keyin embrionning ikki qavatlik davri boshlanadi. Embrionning ikki qavatlik davri gastrula deb, bu jarayonning o’zi esa gastrulyatsiya deb ataladi.Har xil hayvonlarning blastulalari ham bir-biridan farq qiladi. Blastulani tashkil etuvchi blastomerlar yopishqoq modda hosil qilib bir-biriga yopishib turadi. Ba'zi hayvonlarda blastomerlarning sochihb ketmasligini blastula qobig’i boshqaradi.
Morula yoki blastuladan keyin, ya'ni embrionning bir qavatlilik davridan keyin embrionning ikki qavatlik davri boshlanadi. Embrionning ikki qavatlik davri gastrula deb, bu jarayonning o’zi esa gastrulyasiya deb ataladi. Gastmlyasiya grekcha gaster - qorincha degan ma'noni bildiradi. Bu qavatlar embrion varaqlari yoki qavatlari deb ataladi. Bu qavatiarning tashqisi ektoderma (ectos - tashqi, derma - teri), ichkisini esa entoderma (entos - ichki) qavatlar deb nomlanadi. Ikki qavatli embrion bosqichini deyarli hamma ko’p hujayrali hayvonlar bosib o’tadi.
Gastrulyasiya jarayoni embrionning blastula yoki morula davrining davomi hisoblanadLBlastulaning ma'lum tipigagastrulyasiyaning ham ma'lum tipi mos keladLGastrulyasiyankigquyidagi tiplariimavjud:
1. Ichga botib kirish - invaginasiya. Bu seloblastuladan keyin sodir bo’ladi. Bunda blastulaning vegetativ qutbi blastosel bo’shlig’iga botib kiradi. Asta-sekinlik bilan u animal qutbga yetadi va embrion ikki qavatli bo’lib qoladi. Vegetativ qutbdagi blastomerlar blastosel bo’shlig’iga botib kirishi tufayli bu bo’shliq yo’qoladi va uning-o’rnida boshqa bo’shliq-biriamchi ichak bo’shlig’i yoki gastrosel bo’shlig’i hosil bo’ladi (56-rasm).
2. Immigrasiya. Bunda ayrim blastomeriar blastostosel bo’shlig’iga ko’chib (qaynab) chiqadi va bu blastomerlardan entoderma hosil bo’ladi. Agar blastomerlar bir qutbdan ko’chsa, buni unipolyarli, blastulaning hamma joyidan ko’chsa multipolyarli, ikki qutbdan ko’chsa bipolyarli immigrasiya deb ataladi. Birlamchi holat gidromeduzalarda, ikkinchisi sarkomeduzalarda va ba'zi bulutlarda sodir bo’ladi. Gastrulyasyaning bu turini 1884 yilda LLMechnikov aniqlagan.