Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Travmatik toksikozni davolash. 
Oyoq-qo‘llarni ezilishdan ozod qilishdan so‘ng, urush vaqtida harbiy dala 
sharoitidan kelib chiqqan holda elastik bint bilan o‘rash, immobilizatsiya qilish, 
shikastlangan sohalarni sovitish, sirkulyar novokainli blokada qilish kerak. Oyoq-
qo‘llar shishi orta borib, to‘qimalar ishemiyasi va ezilish belgilari kamaymaydigan 
bo‘lsa bo‘ylama yunalishda fassiyalarni kesish bilan uzun-uzun, keng (lampas) 
kesmalari qilinadi. Tinchlik davrida va urush vaqtida evakuatsion etaplarni 
ta’minoti, vaziyati, funksiyalaridan kelib chiqqan holda giperbarik oksigenatsiya, 
nekrektomiya, yoki oyoq-qo‘llarning amputatsiyasi amalga oshiriladi. Yaradorga, 
shikastlanuvchiga narkotik anealgetiklar, antigistamin vositalar buyuriladi, 
gemodez, 
poliglyukin, 
reopoliglyukin, 
periston 
vena 
ichiga 
quyiladi. 


182 
Gemodinamika buzilganda noradrenalin, mezaton, dopamin yuboriladi, qon, 
plazma quyiladi. Intoksikatsiya va buyraklarning shikastlanish belgilari ortib borsa 
infuzion terapiyaning hajmi kuniga 3-4 l gacha oshadi, vitaminlar, antibiotiklar, 
tomirlarni kengaytiruvchi vositalar yuboriladi. Diurezning 40-50 ml/s dan 
kamaymasligi ta’minlanadi. Anuriyada gemodializ, gemosorbsiya qilinadi. 
X.
 JAROHATLAR
Jarohat
 
deb
 
teri yoki shilliq qavatlar, ba’zan esa chuqur joylashgan to‘qimalar 
yoki ichki organlar butunligining mexanik buzilishiga aytiladi. Jarohatning xavfi 
quyidagilarga bog‘liq: yo‘qotilgan qonning miqdoriga, travmatik shokning 
rivojlanish darajasiga, mahalliy yoki umumiy infeksiya rivojlanganligiga, hayot 
uchun zarur organlarning shikastlanganligiga. 
Klinikasi: 
umumiy o‘zgarishlar: o‘tkir anemiya, shok, infeksiya, a’zolar hayot 
faoliyatining buzilishi; mahalliy o‘zgarishlar: og‘riq, qon ketishi, jarohat 
chekkalarining ochilib turishi. Jarohatdan qon ketishi: to‘qimalarning ajratuvchi 
asboblar kanchalik o‘tkir bo‘lsa, jarohatdan qon ketishi shunchalik kuchli bo‘ladi, 
shikastlanishlarda har doim ham qon ketishi tashqi bo‘lavermaydi.
 
Og‘riqning kuchi quidagi omillarga bog‘liq: shikastlangan retseptor va nerv 
tutamlarining soniga, shikastlangan organizmning reaktivligiga, jarohat etkazuvchi 
qurolning xarakteriga va jarohatning etkazilish tezligiga.
 
Jarohatlar tasnifi: 
To‘qimalar shikastlanishining xarakteriga qarab: 
1. o‘q otuvchi qurol bilan 
etkazilgan jarohat, sanchilgan, kesilgan, chopilgan, lat egan, ezilgan, yirtilgan, 
shilingan, tirnalgan, tishlangan, zaharlangan va aralash jarohatlar (76-rasm). 
76-rasm. 


183 
Kesilgan Chopilgan Tishlangan yirtilgan 
Aralash Tirnalgan Zaharlangan O‘q tekkan Lat egan 
 
Chuqurligiga qarab: 
yuzaki, ichki a’zolarning shikastlanishi bo‘lmagan, 
bo‘shliqlarga teshib kiruvi jarohat, ichki a’zolarning shikastlanishi bo‘lgan, 
bo‘shliqlarga teshib kiruvi jarohat. 
Sababiga ko‘ra: 
operatsion, tasodifiy. 
Joylashishiga ko‘ra:
yuz sohasining, boshning, bo‘yinning, ko‘krak qafasining, 
qorinning, oyoq yoki qullarning jarohatlari. 
Infitsirlanganlik darajasiga qarab:
infitsirlangan, aseptik.
 
Vaqtiga qarab:
yangi, kechikkan. 
Bitish usuliga qarab:
birlamchi tortilish bilan bituvchi va ikkilamchi tortilish bilan 
bituvchi jarohatlar. 
Jarohat kanalining xarateriga ko‘ra:
teshib o‘tuvchi, tegib o‘tuvchi, ko‘r. 
Jarohatning bitish fazalari:
gidratatsiya (og‘riq, temperatura, shish, infiltratsiya), 
regeneratsiya yoki degidratatsiya. 
Jarohatning yomon bitishi sabablari: 
Umumiy:
immun sistemasining etarli rivojlanmaganligi, gipovitaminoz, surunkali 
yallig‘lanish kasalliklari, qandli diabet, yurak va buyrak etishmovchiligi. 
Mahalliy:
yirik qon-tomirlarning shikastlanishi, jarohatda yot jismlarning bo‘lishi, 
jarohatda nekrotik to‘qimalarning bo‘lishi, suyak bo‘laklari, virulent 
mikroorganizmlar. 
Jarohatlar bitishining 2 turi tafovut qilinadi:
jarohatning bilamchi bitishi (5-6 
kun), jarohatning ikkilamchi bitishi. 


184 
Jarohatlar bitish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar:
biriktiruvchi to‘qima 
hujayralari (fibroblastlar, fibrotsitlar), suv va elektrolit balansi bilan bog‘liq asosiy 
oraliq substansiya, kollagen tolalar. 
3-9 kunlarda jarohat chekkalarining ochilib ketishi xirurgik infeksiya bilan bog‘liq 
bo‘lmay, balki quyidagilarga bog‘liq:
gipoproteinemiya, gipovitaminoz, suv-
elektroli balansining buzilishi, qon fibrinolitik sistemasidagi buzilishlar, organizm 
immunobiologik kuchlarining holati. 
Jarohatlarning ikkilamchi bitishi sabablari: 
Mahaliy:
jarohat chekkalari hayotga layoqatligining yo‘qolishi, jarohat 
chekkalarining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi, katta bo‘shliq, qontalash mavjudligi, 
virulent infeksiya mavjudligi. 
Umumiy:
kaxeksiya, gipo- yoki avitaminoz, modda almashinuvini buzulishi, 
infeksion kasalliklar. 
Granulyasion to‘qima qavatlari:
leykotsitar-nekrotik (leykotsitlar), qon tomirlar 
(poliblastlar va kollagen tolalar), vertikal qon tomirlar qavati (fibroblastlar, 
hujayralararo moddalar). 
Kelloid chandiqlarning sabablari:
nerv, endokrin sistemalaridagi buzilishlar, 
mahalliy qon aylanish etishmovchiligi. 
Jarohatlar bo‘linadi:
aseptik, bakterial – ifloslangan, infitsirlangan – 
yallig‘lanishning klinik manzarasi paydo bo‘ladi, yiringli. 
Ikkilamchi infitsirlanish:
bu shikastlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatishda va 
davolash jarayonida aseptika qoidalari buzilishining natijasidir! Harbiy dala 
sharoitida yoki ko‘chadagi travmatizmda hamshiralik jarayonini rejalashtirishda bu 
holatni e’tiborga olish lozim. 
Jarohatni davolashdan maqsad:
shikastlangan a’zo va to‘qimalarning birlamchi 
holatini, faoliyatini tiklash, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish. 
Aseptik, infitsirlangan va yiringli jarohatlarni davolash usullari turlicha: 
shikastlanuvchining murojat qilish vaqtiga, jarohat turiga, jarohatga tushgan 
mikroorganizmlarning virulentligiga. 


185 
Jarohatlarni davolashda qo‘llaniladi:
operatsiya va qayta bog‘lash usullari, 
mahalliy va umumiy medikamentoz, fizioterapevtik muolajalar, davolovchi badan 
tarbiya. 
Turli xil jarohatlarni davolash:
operatsion jarohatlarni (drenajlash, Redon drenaji), 
tasodifiy jarohatlarni (jarohatga birlamchi xirurgik ishlovi, jarohat infeksiyasi 
bo‘lganda ikkilamchi xirurgik ishlov berish, birlamchi – kechiktirilgan choklar), 
infitsirlangan va yiringli jarohatlarni davolash. 
Jarohatlarga birlamchi xirurgik ishlov berishning qadam-baqadam bosqichlari:
antiseptik bilan jarohat atrofiga ishlov berish, anesteziya, antiseptiklar bilan 
yuvish, gemostaz, reviziya, yot jismlarni olib tashlash, jarohatni kesib kengaytirish, 
chekkalari va tubini kesib olib tashlash, antiseptik moddalar bilan yuvib tozalash, 
qavatma-qavat choklar qo‘yish, aseptik bog‘lam qo‘yish.
 
Yiringli va infitsirlangan jarohatlarni davolashda quyidagi chok turlari tafovut 
qilinadi: 

Birlamchi – kechiktirilgan choklar jarohatga birlamchi ishlov berishdan
2-4 kundan keyin qo‘yiladi. 

Ikkilamchi – erta choklar granulyasion to‘qima paydo bo‘lgan jarohatga 2
haftadan keyin qo‘yiladi. 

Ikkilamchi – kechki choklar 3-4 hafta yoki undan kechroq qo‘yiladi. 
Jarohatlarni 
davolashda 
qo‘llaniladi: 
kimyooterapiya 
– 
antibiotiklar, 
sulfanilamidlar, lazeroterapiya geliy-neon lazer, SO
2
, lazer, oksigenobaroterapiya, 
aeroterapevtik qurilmadagi abakterial muhitlarda, immunologik ko‘rsatgichlardagi 
o‘zgarishlarga asosan immunoterapiya, dietoterapiya – yuqori kaloriyali 
oziqlantirish, ba’zi toksinlarni tanlab chiqarish – gemosorbsiya, plazmoferez. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish