191
mumkin. To‘qimalar qora rangdagi sinuvchan holatga keladi. Kuyish o‘z o‘zidan
bitishi kuzatilmaydi. Nekrektomiya va amputatsiyalar qilinadi.
Kuyishlar tinchlik davrida ham, ayniqsa urush davrida ham ko‘p
uchrashini
hisobga olib hamshiralik jarayoni rejalashtiriladi. Harbiy vaziyatda ham bu
choralarni ahamiyati katta. Evakuatsiya bilan birgalikda favquloddagi vaziyatlarda
ham quyidagi yordam turlarini bajarish kerak.
Kuyishda birinchi yordam:
jabrlangan bemorni olovdan ozod etish,
ustidagi
yonayotgan kiyimlarini o‘chirish yoki echib olish, kuygan sohani sovuq suv
oqimida og‘riqlar to‘xtagunicha sovitish, aseptik yoki maxsus bog‘lam qo‘yish,
og‘riqsizlantiruvchi tadbirlarni qo‘llash.
Birinchi shifokorlik yordamini ko‘rsatish.
Kuygan jarohatlarni
davolash birlamchi
xirurgik ishlov berishdan boshlanadi. Kuygan jarohat furatsillin oqimi bilan
yuviladi, pufakchalar asosidan teshiladi va suyuqlikni chiqarib tashlanadi. Ajralgan
epidermis qavati olib tashlanmaydi.
Birinchi shifokorlik yordam ko‘rsatish.
Jarohatga yog‘li-furatsillinli yoki 0,5%
yodopironli bog‘lam qo‘yiladi. Og‘riq qoldiruvchilar in’eksiyalari: analgin,
baralgin, narkotik analgetiklar. Bemor zudlik bilan ixtisoslashtirilgan kuyish
markazlariga yuboriladi.
Davolash.
I darajada – 5% sintomitsinli bog‘lamlar qo‘yiladi. Yuz sohasidagi
kuyishlar «ochiq» yo‘li bilan davolanadi (baliq yog‘i, oblepixa yog‘i).
II-IIIA
darajada – mayda pufakchalar ko‘chirilmaydi, katta pufakchalar asosida teshiladi
va suyuqlik chiqarib tashlanadi. Sintomitsin va levomekol malhamlari, yog‘li-
furatsillinli aralashmalar bilan bog‘lanadi. II-darajali kuyishlar 2 hafta davomida
tuzaladi.
III A darajada kuyishlar 3-4- hafta davomida tuzaladi. Qo‘l
va oyoqlar kuyishida
«yopiq» usulda davolanadi. Tananing keng qismlari kuyganda: yuz, badan «ochiq»
usulda maxsus aeroterapevtik uskunalarda davolash ishlari olib boriladi. III B-4 -
darajadagi chuqur kuyishlarda nekrektomiya qilinadi. Nekroektomiyadan keyingi
hosil bo‘lgan granulyasion to‘qimani teri autotransplantati bilan yopiladi, yani
autodermoplastika qilinadi. Teri 2 mm qalinlikda sog‘ sohalardan: son, elka, qorin
192
old devori, beldan maxsus asbob – «Dermatom» yordamida olinadi. Olingan teri
maxsus uskuna «Perforator»
yordamida teshilib, granulyasiyalashgan jarohatga
o‘tkaziladi.
Kuyishdagi asoratlar: bo‘g‘imlarda kontrakturalar, kelloid chandiqlar,
trofik
yaralar hosil bo‘lishi, IV darajada ko‘mirlanish natijasida bemorlar nogiron bo‘lib
qolishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: