179
vaqti emas, balki yaradorning umumiy ahvoli va klinik belgilari asosiy ko‘rsatma
bo‘la oladi. Asosiy urg‘u qorin yaradorlarini qancha qisqa vaqt ichida operatsiya
qilsa,
shuncha tez, yaxshi tuzalishiga imkoniyatlar ko‘payadi. Lekin yana bir
jihatni esda tutish kerak: yaradorni ahvoli qancha og‘ir bulsa,
operatsion asorat
(travma) shunchalik xavfli bulishi mumkun. Bularni ajratish uchun esa tibbiy
saralash olib boriladi, bunda yarador quyidagi guruhlarga bulinadi.
I guruh – davom etuvchi massiv qorin bushlig‘iga yoki plevra ichiga qon ketish
simptomli yaradorlarni tezkor operatsiya xonasiga yuboriladi (torakoabdaminal
jarohatida).
II guruh – aniq belgilarsiz bo‘lgan ichki qon ketishlari bo‘lgan yaradorlar,
ammo II- III daraja shokdagilar shokka qarshi terapiya olib boriladi shokni
davolash jarayonida yaradorlar 2 kategoriyaga bo‘linadi.
A) Hayot zarur bo‘lgan operatsiyalarning arterial bosimi turg‘un ko‘tarilishi (A/B
80-90 mm sim.ust.) bilan yaradorlar ahvoli yaxshilanadi.
Bunday bemorlar
operatsiya xonasiga yuboriladi.
B) Ichki qon ketishning aniq belgilarisiz bo‘lgan yaradorlar. Ular tezkor
jarrohlik davolashni talab qiladi, lekin organik funksiyalari
tiklanmagan ammo
arterial bosimi 9,3 kPa(70 mm.sim.ust) past turmoqda. Bunday bemorlar operatsiya
qilinmaydiganlar safiga kirib, konservativ davo uchun yuboriladi.
III guruh – qoniqarli ahvoldagi kechiktirib olib kelingan yaradorlar, lekin peritonit
belgilarini kuzatish va konservativ davolash uchun statsionarga yuboriladi.
IV guruh – terminal holatdagi bemorlar reanimatsiya bo‘limiga yuboriladi.
V guruh – qoringa teshib kirmaydigan jarohatli yaradorlar (ichki organlar
shikastlanishlarsiz). Bunday yaradorlarga taktika asosan tibbiy taktik holatga
bog‘liq bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, qorin devorini har bir
jarohati potensial xavfli
deb boriladi.
Shu sababdan harbiy shart-sharoitlar yo‘l qo‘ysa (jarohatlanuvchilar soni oz),
operatsiya xonasining o‘zidayoq har bir bemorning jarohati jiddiy ravishda
ko‘zdan kechirilishi lozim. Bundan ko‘zlangan
asosiy maqsad jarohatning
xususiyatini aniqlab olishdan iborat. Jarohat o‘tkir (yoki o‘tmas) tig‘li predmet
180
bilan etkazilgan bo‘lsa, jarroh dastavval jarohatga birlamchi ishlov berishi, so‘ngra
qorin bo‘shlig‘ining o‘rtasidan o‘rtacha hajmdagi
laparotomiyani amalga oshirib,
ichki organlarning ahvolini kuzatishi shart.
Jarohatlanuvchilar bilan shug‘ullanish uchun qulay shart-sharoit mavjud
bo‘lmasa, dastlabki tibbiy yordam berilib, (antibiotiklar, og‘riqni
qoldiruvchi
vositalar qo‘llanilishi) zudlik bilan jarohatlanuvchini ko‘chirmoq kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: