168
To‘qima elastlikligidan ortiq kuch ta’sirida uzilish ro‘y beradi. Terining
elastikligi kuchli bo‘lganligi uchun teri uzilishi kam uchraydi. Teri osti yog‘
to‘qimasi, mushak, fassiya, paylar va boylamlar uzilishi ko‘proq uchraydi. Uzilish
sohasida og‘riq, shish va qon quyilishlar kuzatiladi. Uzilishlar to‘liq yoki to‘liq
bo‘lmagan bo‘ladi. Hamshiralik jarayonida davolash rejasini tuzishda to‘liq
uzilishlarni operativ (shoshilinch) davolanishini hisobga olish kerak.
ShOK TASNIFI:
1. Kelib chiqishiga ko‘ra: gipovolemik (travmatik, kuyish, operatsion,
gemorragik); anafilaktik, kardiogen, infeksion-toksik, septik.
2. Og‘irlik darajasiga ko‘ra: kompensirlashgan, dekompensirlashgan, paralitik.
3. Rivojlanish vaqtiga ko‘ra: birlamchi, erta; ikkilamchi, kechki yoki toksik.
4. Davrlariga ko‘ra: erektil va torpid.
TRAVMATIK ShOK
Travmatik shok – aylanuvchi qon hajmini va
kapillyar qon aylanishini
keskin susayishi bilan kechuvchi shok. Mikrotsirkulyasiyaning keskin kamayishi
natijasida hayotiy zarur to‘qima va a’zolardagi gipoksiya holatidan o‘lim holati
vujudga keladi (Fine ta’rifiga ko‘ra uchta «G» – gipovolemiya,
gipotenziya,
gipoksiya).
Erektil davr
– shokning boshlanish vaqtida bo‘lib, kuchli og‘riq va
bemorning psixik bezovtalanishi bilan kechadi. Bu davr qisqa muddatli bir necha
soniyalardan yarim soatgacha davom etishi mumkin. N. I. Pirogov bu davrni
quidagicha tariflagan: «agarda
shikastlangan, bemorda qiyqiriq eshitilsa, yuzlari
cho‘zinchoq, o‘tkir, oqargan bo‘lib qolsa
va tortishishlar kuzatilsa, pulsini
tezlashishi va taranglashishi kuzatilsa, nafas olishi qisqa va yuzaki bo‘lsa,
shikastlanishning qanday bo‘lishiga qaramay davolashga shoshilish kerak».
Torpid davrni
– N.I.Pirogov quidagicha tasvirlaydi: «bog‘lov punktida qo‘l
yoki oyog‘i uzilgan qotib qolgan bemor qimirlamay yotibdi:
u baqirmaydi va
tovush chiqarmaydi, shikoyat qilmaydi, hech qanday harakat qilmaydi va harakatni
talab qilmaydi; tanasi sovuq, yuzi o‘liknikidek oqargan;
qarashi uzoqqa taqalgan,
pulsi ipdek bo‘lib zo‘rg‘a paypaslanadi. Berilgan savollarga javob bermaydi yoki
169
shivirlash bilan javob beradi, nafas olishi ham juda sust eshitiladi.
Jarohat va teri
sezuvchanlikni yo‘qotgan, agarda osilib turgan katta nerv tomiri biror narsa bilan
ta’sirlansa bemor yuzidagi mimik mushaklarni qisqarishi bilan javob beradi.
Bazilarida bunday holat o‘limgacha davom etadi».
Do'stlaringiz bilan baham: